1. Kadrlar bo’limimining menejeri Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari


Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari


Download 102.47 Kb.
bet2/6
Sana02.06.2024
Hajmi102.47 Kb.
#1838184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshqaruv kadrlarni tashkil qilish jarayoni. Zamonaviy menejerning portreti

1 Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari


Menejer - bu boshqaruv faoliyati bilan shug'ullanuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ma'lum turlari bo'yicha qarorlar qabul qilish vakolatlarga ega bo'lgan odamdir. Menejerlar tashkilotda har xil o'rinlarni egallaydilar (direktor, guruh rahbari, ishlarning ma'lum turlarining tashkilotchisi, boshliq, mudir va h.k.), judayam bir xil bo'lmagan masalalarni yechadilar, har xil vazifalarni bajaradilar.
Tashkilot menejersiz mavjud bo'lishi mumkin emas, chunki ular quyidagi vazifalarni bajaradilar:

  • tashkilotdagi alohida operatsiyalar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatadilar;

  • tashkilot tomonidan o'zining asosiy belgilanishini bajarilishini ta'minlaydilar;

  • tashkilot yoki bo'linma jamoasiga rahbarlikni amalga oshiradilar;

  • obro'si, yuqori kasbiy mahorati va ijobiy hissiyotlaridan foydalangan holda qo'l ostidagilarni o'zining orqasidan olib borishga qodir yetakchi rolida bo'ladilar;

  • tashkilot faoliyatining strategiyasini ishlab chiqadilar;

  • tashkilot faoliyatining natijalari uchun javobgarlikka ega bo'ladilar;

  • tashkilotga tegishli bo'lgan shaxslar yoki idoralarning mafaatlarini ta'minlaydilar;

  • tashkilotning tashqi muhit (hokimiyat, sheriklar va h.k.) bilan aloqasi bo'yicha asosiy bo'g'in rolini bajaradilar;

  • jamoani tashkil qiladilar va uni rivojlanishini kerakli yo'lga yo'naltiradilar, yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo'lgan holda, jamoa a' zolarini tarbiyalaydilar;

  • hozirgi sharoitlardagi fanning rolini tushunuvchi, u yoki bu kashfiyot yoki "nou-xau" ni baholashni biluvchi va ularning darhol ishlab chiqarish (tijorat)ga tadbiq etuvchi innovator rolida bo'ladilar;

  • g'oyani ishlab chiqadilar, undagi kuchli va zaif tomonlarini topadilar, muammoning mohiyatiga qarashga, haqiqatgacha surishtirib bilishga intiladilar;

  • qilinganlarni tahlil qiladilar, baholaydilar, ishlarining holatini yaxshilash bo'yicha tadbirlarni belgilaydilar va amalga oshiradilar; tashkilotni har xil tadbirlarda nomoyon qiladilar.

Menejerning vazifalari va ular amalga oshirilayotgan vaziyatlar turli tumandir, shunga qaramasdan uchta asosiylarni ajratish mumkin.
Birinchidan, menejer tashkilotning asosiy vazifalarini belgilaydi, resurslarni taqsimlash masalalarini hal qiladi, joriy tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi, bunda u qabul qilingan qarorning oqibatlari uchun javobgarlikka ega bo'ladi. Shuning uchun menejer nafaqat qarorning eng yaxshi variantini tanlashi, balki o'zi rahbarlik qilayotgan jamoani ma'lum yo'nalishga olib borishga jazm qilishi kerak.
Ikkinchidan, menejer ichki va tashqi muhit haqidagi axborotlarni to'playdi, ularni tarqatadi va nihoyat tashkilotning maqsadl arini tushuntirib beradi. Menejerning ishining natijasi uning qancha axborotga ega bo'lishiga bog'liqdir.
Uchinchidan, menejer tashkilotning ichidagi va tashqarisidagi munosabatlarni shakllantiruvchi, tashkilot a'zolarini maqsadlarga erishishga undovchi, ularning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi, tashkilotning vakili sifatida harakat qiluvchi rahbar sifatida bo'ladi. U odamlar orqasidan borishga tayyor bo'lgan kishi bo'lishi kerak.
Menejerlarning tashkilotdagi o'rniga, ular tomonidan hal qilinadigan vazifalarga ko'ra ushbu vazifalar ularga ko'proq yoki kamroq darajada mos bo'lishlari mumkin. Ammo har bir menejer albatta qarorlar qabul qiladi, axborotlar bilan ishlaydi va tashkilot(bo'linma)ning rahbari bo'ladi.
Menejerlarni an'anviy ravishda uchta darajaga: qo'yi, o'rta, yuqoriga bo'ladilar (6.1 rasm)
Quyi darajadagi menejerlar(kichik boshliqlar) bevosita ishchilar va boshqa xodimlarga (boshqaruvchilarga emas) rahbarlik qiladilar. Ularning zo'raki ishi bitta vazifadan boshqasiga tez tez o'tish bilan ta'riflanadi. Qarorlarni amalga oshirish uchun vaqtli davr g'oyatda qisqadir.
O'rtacha darajadagi menejerlari kichik boshliqlarning ishini muvofiqlash tiradilar va nazorat qiladilar. Ular odatda tashkilotdagi yirik bo'linmalarni boshqaradilar va yuqori va quyi darajalardagi rahbarlar o'rtasidagi o'ziga xos bufer bo'ladilar.
Yuqori darajadagi menejerlar umuman tashkilot uchun qarorlar qabul qilishga javob beradilar. Ularning ishi aniq yakunlanishga ega emas, katta tavakkalchilikka ega. Bu bo'g'in menejerlari boshqa bo'g'inlar menejerlariga qaraganda ancha kamroqdir. Ularning mehnati yuqori baholanadi, qoidaga ko'ra yaxshi haq to'lanadi.




Download 102.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling