1. Kadrlar bo’limimining menejeri Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari


Xersey va Blansharlarning vaziyatli yetakchilik modeli


Download 102.47 Kb.
bet5/6
Sana02.06.2024
Hajmi102.47 Kb.
#1838184
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Boshqaruv kadrlarni tashkil qilish jarayoni. Zamonaviy menejerning portreti

Xersey va Blansharlarning vaziyatli yetakchilik modeli Ergashuvchilarni pishib yetilganligi modelning asosiy omillaridan biri bo'ladi, u o'z ichiga kasbiylik va psixiologik tashkil qiluvchilarni oladi.
Ergashuvchilar pishib yetilishining har xil to'rtta bosqichlarida bo'lishlari mumkin:

  • ko'rsatuvchi

  • ishontiruvchi

  • ishtiroq etuvchi vakolatlarni topshiruvchi.

Samarali menejer ergashuvchini "o'sgani" sari bitta uslubdan boshqasiga o'tadi. Uning faoliyatining samaradorligi u tomonidan foydalanilayotgan uslubni vaziyatning qulayligi - ergashuvchining pishib yetilganlik darajasiga mos kelishiga bog'liqdir.
Yetakchilarni yangi konsepsiyalari. An'anaviy va vaziyatli yondoshuvlar yo yetakchining alomatlari va hulqiga, yoki u kerakli usulni tanlagan vaziyatga bir tomonlama e'tibor berganlar. Keyingi yillarda paydo bo'lgan konsepsiyalar bu ikki tomonni birlashtirishga haraqat qiladilar.
3. Menejerning uslubi va imidji
Boshqaruv uslubi - bu rahbar tomonidan foydalaniladigan masala-larni yechishni eng xarakterli va barqaror usullarining majmuasi, uning qo'l ostidagilarga nisbatan hulqining odatlari. Boshqaruv uslubi jamoa va umuman korxona (tashkilot) faoliyatining samaradorligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Haqiqiy sharoitlardagi boshqaruvning aniq uslubi ob'yektiv va sub'yektiv xarakterdagi quydagi omillarni belgilab beradi:

  • jamoaning vazifalari va xizmatlari;

  • jamoaning ish sharoitlari;

  • jamoaning o'lchamlari va tuzilishi;

  • rahbarning shaxsiy sifatlari va tajribasi;

  • menejerning kasbiy mahorati;

  • mehnat jamoasi a'zolarining kasbiy tayyorgarlik darajasi va ongliligi;

- mehnat jamoasining pishib yetilganligi va birlashganligi darajasi va boshqalar.
Rahbarlik uslublarining kengligi to'liq demokratiyadan to mutloq avtokratiya gacha yoyilib ketadi. Ruhshunoslar va sotsiologlar tomonidan o'tkazilgan rahbar larning har xil turlari va ular faoliyati samaradorligining tadqiqotlari rahbarlikning uchta eng ko'p uchraydigan uslublar: avtoritar yoki avtokratik, demokratik va liberalni ajratishga imkon bergan, ammo amalda mutloq u yoki bu uslubga rioya qiluvchi rahbarlar kamroq uchraydilar.
Rahbarning har bir uslubi asosiy alomatlari 5.2. jadvalda berilgan.
Ko'pgina hollarda menejerning imidji bu aniq vaziyatda uddaburonlik bilan o'z yo'lini topish va shuning uchun hulq modelini to'g'ri tanlashning natijasidir.
Menejer o'zining, ammo albatta madaniyatlashtirilgan uslubi, oliyjanob obrazi, tadbirkorning, nafaqat muvaffaqiyatni yarmini, balki faoliyatdan doimiy ravishda qanoatlanishini qafolatlaydigan imidjiga ega bo'lishi zarur. Madaniy va muvaffa- qiyat li bo'lishni istagan menejer quyidagilarga rioya qilishi kerak:

    • Va' dani muddatida bajarish. Agar bajara olmasa, bahona qilish emas, balki yangi muddatni belgilash va mayli kechikib bo'lsa ham, o'zi so'zining ustidan chiqish;

  • "foydasiz" takliilarga e'tiborli va ob'yektiv bo'lish;

  • keraksiz takliilarni odob va muloyimlik bilan rad qilish;

  • o'ziga ishongan bo'lish, ammo katta ketishdan qochish;




  • qabul qilingan keraksiz qaror uchun javobgarlikni qo'l ostidagilarga, agar bu ularning huquq doiralariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli vazifa yoki tavsiya olmagan bo'lsalar, yuklamaslik;

  • qo'l ostidagilarni xira qilib emas, to'g'ri tarbiyalash, ularning unumli mehnati va tashabbusini rag'batlantirish;

    • hech qachon sizning fikringiz va nuqtai nazaringiz hamma vaqt ham yaxshi bo'lmasligini, mutloqo yomon bo'lmagan boshqa fikrlar va nuqtai nazarlar borligini esdan chiqarmaslik;

    • muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holini sinchiqlab tahlil qilmasdan qoldirmaslik;

  • ishda uchta "maslik": jaxl chiqmaslik, sabr-toqatni yo'qotmaslik, sho'baishib ketmaslikka amal qilish;

    • o'zini kechikishi yoki tadbirni tayyorlanmaganligi uchun ishni boshlanishini kechiktirish sheriklar, qo'l ostidagilarga nisbatan hurmat-sizlikning yuqori darajasidir;

    • odamlarning kamchiliklariga, agar bu kamchiliklar biznesga halaqit bermasalar, chidamli bo'lish;

  • shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamni nafaqat so'z bilan haqoratlash mumkin, imo-ishoralar, mimika, gavdaning turishi ham ifodaliroq bo'ladi;

    • odamning ishga doir sifatlariga, ayniksa sizning u bilan muno-sabatingiz yomon bo'lsa, adolatli bo'lish;

  • iqtidorli xodimlardan qo'rqmaslik;

  • xodimlarga tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ko'proq erkinlik berish;

  • odamlar oldida maqtash, yakkama yakka qolganda qoyimoq;

  • inson uchun kamsitishdan keskinroq va og'riqroq hech narsa yo'qligini esdan chiqarmaslik.

  • U unitilmaydi va kechirilmaydi; eshitishni bilish, cheksiz sabr-toqatga ega bo'lish.




Download 102.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling