1. Kamerali qizdirish va eritish pechlari Yonish kameralari haqida Tayanch iboralari


Download 20.48 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi20.48 Kb.
#1832044

6.Ma’ruza
Mavzu: Rejali va kamerali qizdirish va eritish pechlari.
Reja:
1. Kamerali qizdirish va eritish pechlari
2. Yonish kameralari haqida

Tayanch iboralari: Kamerali pech, qoplamasida, qizigan yuza, alanaga,yallik pechlar
Adabiyotlar.
1. Aliboyev A.U.Yuqori haroratli issiqlik texnologiyasi jarayonlari va qurilmalari.-Toshkent:TashTTU.2002
2. N.T.Toshboyev”Issiqlik yuritgichlari”fanidan ma’ruzalar to’plami.2000yil.

Kamerali qizdirish va eritish pechlari
Material yoki yarim mahsulot pech orqali uzluksiz oqim ko’rinishida o’tishi mumkin bo’lmagan hollarda kamerali pechlar qo’llaniladi. Nazariy jihatdan kamerali pechlar o’zhajmi bo’yicha haroratning bir tekisda taqsimlanishi bilan harakatlanadi, shuning uchun bu pechlar yirikquymalarni qizdirish va shuningdek, eritish uchun qo’llaniladi. Bunga rekuperativ quduqsimon pechlar misol bo’la oladi (1-8 rasm).



1-8 rasm. Yoqilg’ini yoqish moslamasi markaziy qismida joylashgan rekuperativ quduqsimon pechning tuzilishi.
1-ishchi kamera; 2- qopqoq; 3- yuk krani; 4-gazni yoqish moslamasi; 5-tutun yo`llari; 6- sopol (keramik) rekuperatorlar.
Bunday pechlar og’ir pulat quymalarni chig’irlashdan oldin qizdirishga muljallangan. Quymalar qisqich kranlar yordamida kameraning tubida joylashtiriladi vahar tomonlama qizdiriladi. Quduqsimon pechning ishchi kamerasi 1 o’tga chidamli qopqoq 2 ga ega, u maxsus kran 3 yordamida ko’tarilib, chetga olinishi mumkin. Pech ishlagan paytda qopqoqqumli tutqich bilan zichlanadi.Pechning yon tomonlarida joylashgan 6-sopol rekuperatorlari 1-8 rasmda ko’rsatilgan tuzilishga ega.Yoqgich 4 ga gaz isitilmasdan beriladi, havo esa 600-8000S gacha qizdirib beriladi.Yoqgichdan chiqadigan gaz-havo oqimi ishchi bo’shliqning butun hajmi bo’yicha gazlarning tsirkulyatsiyasini keltirib chiqaradi , bu esa quymalarning bir tekisda qizdirilishiga yordam beradi.


2. Yonish kameralari haqida
Yonish kamerasi GTQning asosiy elementi bo’lib, unda yoqilg’i yonishi hisobiga siqilgan havo kerakli haroratgacha qizdiriladi. Yonish kameralariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1) GTQ barcha ish rejimida yonish kamerasida yoqilg’i yonishi barqaror bo’lishi kerak. Alanganing uzilishi, davriyligi va kamayishi taqiqlanadi;
2) turbina oldidagi havo oqimining barcha kesimlarida bir xil harorat maydoni hosil qilinishi shart;
3) uzluksiz ish rejimini ta’minlash uchun maxsus sovitish tizimlari bilan ta’minlanishi shart;
4) GTQ barcha ish rejimlarida kam yoqilg’i bilan ko’p issiqlik olinishi shart;
5) gidravlik qarshiliklar kam bo’lishi kerak;
6) konstruktiv jihatdan sodda, ishlatishga qulay, arzon bo’lishi kerak;
7) yengil va ixcham bo’lishi kerak.

40 – rasm. Gaz turbinali qurilmalarning yonish kameralari.
1 – yuqori bosimli kompressor; 2 – regenerator; 3 – yonish kamerasi; 4 – kompensator; 5 – turbina; 6 – dvigatel vali; 7 – alohida yoqish quvuri; 8 – tashqi yoqish quvuri; 9 – kameraning tashqi korpusi; 10 – ichki korpus; 11 – ichki yoqish quvuri; 12 – alangani o’tkazib yuborish quvuri; 13 - korpus

Yonish kameralari tabiiy gaz va suyuq yoqilg’ilarda ishlaydi. Og’ir xajmiy massaga ega bo’lgan mazutlarni qo’llash ba’zi bir qiyinchiliklar tug’diradi, uning tarkibidagi vanadiy, natriy, oltingugurt kamera ishchi detallarini korroziyaga olib keladi.


Yonish kameralari quyidagi ko’rsatkichlar bilan xarakterlanadi:

  1. Kamera issiqlik ishlab chiqarish qobiliyati:

Qk = BQrn
bu yerda: B – ishlatiladigan yoqilg’i miqdori;
Qrp – yoqilg’ining quyi yonish issiqligi.
2. Hajmiy issiqlik kuchlanishi – kamera yuzasining samarali ishlatilishini tavsiflaydi:
q=QK / VK

bu yerda:VK –yonish kamerasi hajmi.


Yonish kamerasidagi energiya sarfi va bosim sarfi ham asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Ichki f.i.k orqali energiya sarfi xarakterlanadi. Bosim sarfi 1–3 % ba’zan 10 % gacha bo’ladi.
Mavjud yonish kameralari quyidagi turlarga bo’linadi:
a) individual;
b) sektsiyali ko’p quvurli;
c) xalqasimon;
d) quvurli – xalqasimon.

41 – rasm. Birlamchi havoni taqsimlash va yonish kamerasining sxemasi.


1 – korpus; 2 – yoqish quvuri; 3 – forsunka

42 – rasm. Broun – Bowery firmasining tabiiy gazlar uchun oraliq qizdirishli yonish kamerasi
Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling