1. Kapital Qo'yilmalar Nima. Kapital Qo'yilmalarning Asosiy Maqsadi


Download 86.6 Kb.
bet1/6
Sana09.10.2023
Hajmi86.6 Kb.
#1696003
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Audit



Mavzu: Kаpitаl Qo`Yilmаlаr Аuditi.
Reja:

1.Kapital Qo'yilmalar Nima.

2.Kapital Qo'yilmalarning Asosiy Maqsadi 

3.Kapital Qo'yilmalar Tushunchasi

4.Uzoq Muddatli Investitsiyalar Tushunchasi

5.Kapital Qo'yilmalarning Samaradorligi









Kapital qoʻyilmalar, kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan, i. ch.ga qoʻyilgan mablagʻ. K.q. davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar, banklarning kreditlari, korxona, firma, kompaniyalarning foydasi va amortizatsiya fondlari, aholi jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi. K.q. ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, ularni zamonaviylashtirish va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlovchi muhim omil hisoblanadi. K.q. dastlab pul shaklida boʻlib, pulga resurslar sotib olinadi va bu resurslar i.ch. ning moddiy omiliga aylanadi, natijada iqgisodiy oʻsish yuz beradi.
K.q. tarkibiga qurilish-montaj ishlariga, mashina-uskunalar, jihozlar, transport vositalari sotib olishga va b.ga yoʻnaltirilgan mablagʻlar kiradi. K.q.ning asosiy qismi kapital qurilishga — yangi obʼyektlarni barpo etish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiyalash, i.ch. uskunalarini modernizatsiyalash, i.ch.ni kengaytirish, montaj ishlariga safarbar etiladi. K.q. sarfida alohida tarmoq — qurilishning ahamiyati katta. K.q. ichki va tashqi turlarga boʻlinadi. Mamlakat daromadi (davlat byudjeti, asosiy fondlar amortizatsiyasi, aholi jamgʻarmalari) ichki K.q. manbai boʻladi. Tashqi K.Q- chetdan — chet davlatlar, xorijiy banklar, yakka investorlar hisobidan amalga oshiriladi va bevosita va bilvosita shakllarga ega. Bevosita K.q. chet el firmalari, korxonalari va banklari, tadbirkorlar tomonidan aniq xoʻjalik subʼyektlarini barpo etish, rivojlantirish uchun bevosita sarflanadigan mablagʻlardir. Bilvosita K.q. chet el firmalari, banklarining K.q. qabul qilayotgan mamlakat qukumati tomonidan kafolatlangan loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. 2001—2002-yillarda Oʻzbekistonda yalpi kapital qoʻyilmalarning 30% dan ortigʻi xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keldi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida Oʻzbekistonda Qarshiteks, Buxoroteks, Kabul-Toʻytepa, Kabul-Koʻkcha, Shoʻrtan gaz-kimyo majmui, Asakadagi "OʻzDEUavto" avtomobili zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va b. yirik sanoat korxonalari qurildi
kapitalni shakllantirishga yo'naltirilgan investitsiyalarning ajralmas qismi. Ular asosiy vositalarni yaratishga va ko'paytirishga sarflangan xarajatlarni anglatadi. Kapital qo'yilmalar korxonaning mavjud bo'lishining shartidir. Ularni e'tiborsiz qoldirib, kompaniya qisqa muddatda o'z foydasini ko'paytirishi mumkin, ammo uzoq muddatda bu foyda yo'qotilishiga, korxonaning bozorda raqobatlasha olmasligiga olib keladi. Kapital qo'yilmalar tarkibiga quyidagilar kiradi: qurilish-montaj ishlari xarajatlari; asosiy vositalarni (mashinalar, mashinalar, uskunalar) sotib olish qiymati; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, loyihalash va tadqiqot ishlari va hk.; mehnat investitsiyalari; boshqa xarajatlar.


Download 86.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling