1. Kapital qo’yilmalar va kapital bozori Qisqa va uzoq muddatli oraliqdagi investitsiya
Do`konlarning sotish quvvati (bir kunlik), kg
Download 143.76 Kb.
|
1 2
Bog'liqKapital qo’yilmalar va kapital bozori-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chekli umumiy xarajatlar, so`m (MC) Investitsiyadan olinadigan daromad, so`m (MR)
- Bir yillik ivestitsiya qaytimlari Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham MC
- nuqtadan o`tib abtsissa o`qiga parallel bo`ladi. MC chizig`i bilan MR chizig`ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta`minlaydigan optimal sotish quvvati
- Sotish quvvati, kg r - chekli qoplash normasi, % Ssuda foizi stavkasi i , %
- Endi chekli qoplash normasi koeffisienti r ni va ssuda foiz stavkasi i bilan taqqoslaymiz Bir yillik qo`yilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi
- 1000 2000 3000 4000 5000 i,r Q I=10% Kapitalning chekli qoplash normasi
Bir yillik ivestitsiya qaytimlari Ishlab chiqarish masshtabi oshishi bilan birga chekli xarajat ham oshib boradi, shuning uchun ham MC chizig`i musbat yotiqlikka ega. Chekli daromad 120000 ga teng bo`lganligi uchun MR chizig`i 120000 nuqtadan o`tib abtsissa o`qiga parallel bo`ladi. MC chizig`i bilan MR chizig`ining kesishgan nuqtasi maksimal foydani ta`minlaydigan optimal sotish quvvati 3000 kg ga teng ekanligini aniqlaydi. r=
Endi chekli qoplash normasi koeffisienti r ni va ssuda foiz stavkasi i bilan taqqoslaymiz Bir yillik qo`yilgan investitsiyaning chekli oqlash normasi Sotish masshtabi oshishi bilan o`zini oqlash normasi 15 foizdan 5 foizga tushadi. i = r bo`lganda, investitsiyadan olinadigan daromad maksimallashadi, ya′ni sotish hajmi 3000 kilogrammga etadi. 15 10 5 1000 2000 3000 4000 5000 i,r Q I=10% Kapitalning chekli qoplash normasi Ssuda foizi stavkasi o`zgarmas bo`lib 10% ga teng bo`lgani uchun, uning chizig`i abtsissa o`qiga parallel joylashadi. Chekli oqlash normasi do`konlarning sotish quvvatiga qarab o`zgaradi, ya′ni r sotish masshtabi oshishi bilan pasayib boradi. Chekli oqlash normasi chizig`i investitsiyaga bo`lgan talab chizig`ini ifodalaydi. Talab chizig`idan ko`rish mumkinki, foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, kapitalga bo`lgan talab shuncha kam va aksincha, foiz stavkasi qancha past bo`lsa, kapital mablag`ga bo`lgan talab shuncha yuqori bo`ladi. Foydani maksimallashtiradigan sotish hajmi i = r bo`lganda 3000 kilogrammga teng bo`ladi. Asosiy kapitalga qo`yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo`ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya′ni undan foydalanish muddati mavjud bo`lib, u chegaralangan bo`ladi. Asosiy kapital xizmat ko`rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Uzoq muddatli oraliqdagi kapital qo`yilmadan olinadigan foydani hisoblash uchun asosiy kapitalning xizmat ko`rsatish muddatini va undan foydalanish davomida har yilda olinadigan daromadni bilish kerak bo`ladi Investitsiya qo`yishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin bo`ladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni (NPV) ishlatiladi. Bu mezonga ko`ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo`lsa, investitsiya amalga oshiriladi Kapital bozori, fond bozor i — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. K.b. pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi. K.b. kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. K.b. qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy K.b.lari bor (yana q. Valyuta bozori, Birja). K.b. ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va b. maqsadlar uchun zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni yengillashtiradi. K.b. mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994-yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi. Download 143.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling