1. Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi Moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash
Moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash
Download 30.73 Kb.
|
15-mavzu
3. Moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash
Xususiy kapitalni tashkil etuvchi oddiy va imtiyozli aksiyalar, taqsimlanmagan foyda va unga tenglashtirilgan vositalar korxonalarni moliyalashtirishning oʻz manbalari hisoblanadi. Nazariy jihatdan xususiy kapital bahosi korxona mulkdorlari tomonidan talab qilinadigan daromadlilikka teng deb olinadi va dividend toʻlanish darajasidan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Lekin amaliyotda xususiy kapital elementlari bahosini aniqlash yetarli darajada murakkab masalalardan biri hisoblanadi. Muammoli tomoni shundaki, xususiy kapital elementlarining umumiy iqtisodiy mohiyati bir-biridan farqli xususiyatlarga ega. Buni quyidagi ikki jihat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, oddiy va imtiyozli aksiyalar manbasiga koʻra xoʻjalik faoliyatini yuritish natijasida shakllanadigan foyda kabi jalb qilishda qoʻshimcha xarajatlar talab qilmaydigan tashqi yoki jalb qilingan hisoblanadi. Ikkinchidan, oddiy va imtiyozli aksiyalar oʻrtasida farq ham mavjud. Korxona tomonidan imtiyozli aksiyalardan foydalanish natijasida ustavda yoki emissiya prospektida belgilangan miqdorda dividend toʻlash boʻyicha majburiyat paydo boʻladi. Mazkur xususiyatiga koʻra imtiyozli aksiyalarni qarz instrumentlariga oʻxshatish mumkin. Bu holat bir tomondan investorlar uchun risk darajasini pastligi ta’minlaydi, boshqa tomondan esa mos ravishda aksiya boʻyicha kamroq daromad olishga roziligini bildiradi. Shuning uchun bunday manbaning qiymatini baholash odatda oddiy aksiyalarni baholash va qarz manbalarini baholash oʻrtasidagi oraliq holat sifatida koʻrib chiqiladi. Keltirilgan bu jihat oddiy va imtiyozli aksiyalar, shuningdek taqsimlanmagan foyda qiymatini aniqlashda turli xil yondashuvlarning qoʻllanilishini shart qilib qoʻyadi. Agar aksiyadorlik jamiyati imtiyozli aksiyalar (preferred stock – PS) muomalaga chiqargan, PPS kurs boʻyicha joylashtirgan va DIVPS miqdorda qat’iy belgilangan dividend toʻlashni rejalashtirgan boʻlsa, emissiya boʻyicha barcha xarajatlar (flotation cost) ni hisobga olgan holda muddatsiz renta daromadliligi sifatida kapital bahosini quyidagi usulda aniqlash qulay: 𝑘𝑃𝑆=𝐷𝐼𝑉𝑃𝑆𝑃𝑃𝑆×(1−𝑓𝑐) (3.1) bu yerda fc – emissiya boʻyicha xarajatlar, foizda. Misol koʻrib chiqamiz. Kompaniya nominal qiymati 750 birlik boʻlgan jami 30 000 birlikka teng imtiyozli aksiya muomalaga chiqardi. Imtiyozli aksiya boʻyicha dividend miqdori bir yilga 80 birlik qat’iy belgilab qoʻyilgan. Bitta aksiyani muomalaga chiqarish uchun xarajatlar 50 birlikni tashkil etgan. Aksiyalar nominal qiymati boʻyicha joylashtirilgan. Mazkur kapital bahosini aniqlang. kPS = 80 / (750 x (1 – (50/750))) = 0,1143 yoki 11,43%. Oddiy aksiyalar qiymatini baholash ular boʻyicha toʻlanadigan dividendlar miqdori oldindan noma’lumligi sababli birmuncha murakkabroq. Umumiy holda oddiy aksiyalardan foydalanish orqali mablagʻlar jalb qilishning qiymati (kS)ni faqatgina taxminan hisoblash mumkin. Bugungi kunda amaliyotda bunday kapital qiymatini hisob-kitob qilishda bir nechta asosiy yondashuvlar qoʻllaniladi. Ular: - dividendlarni diskontlashning turli xil modellari (DDM); - kapital aktivlarni baholash modeli (CAPM); - Modilyani – Miller modeli (MM); - koeffitsientli model va boshqalar. DDM oddiy aksiyalar boʻyicha kapital bahosini aniqlashning bir muncha tushunarli turi boʻlib, dividendlarning doimiy oʻsib borishini nazarda tutuvchi Gordon modeli oddiy aksiyalar emissiyasiga xarajatlarni hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi: 𝑘𝑆=𝐷𝐼𝑉𝑆𝑃𝑆 (1−𝑓𝑐)+𝑔 (3.2) Bu yerda DIVs – bitta aksiya boʻyicha kutilayotgan dividend miqdori (yil boʻyicha prognoz hisob-kitobga asosan); Ps – joylashtirish bahosi; fc – emissiya boʻyicha xarajatlar foizda; g – dividendlar oʻsish sur’ati. Misol koʻrib chiqamiz. Firma nominal bahosi 1000 birlik boʻlgan jami 250 000 birlikka teng boʻlgan oddiy aksiyalar muomalaga chiqargan. Har bir aksiya boʻyicha kutilayotgan dividend 100 birlik boʻlib, uning oʻsish sur’ati 10%. Bitta aksiyani muomalaga chiqarish xarajatlari 85 birlikni tashkil etgan. Chiqarilgan aksiyalar bahosini aniqlang. Yuqoridagi formuladan kelib chiqqan holda Download 30.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling