1. Kartografik manbalar tarkiblari Sotsial-iqtisodiy kartalar uchun manbalar Tayanch so’zlar
Download 83.24 Kb.
|
Sotsial -iqtisodiy xaritalarni tuzish uchun manbalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar
- Materiallar mazmunini va mukamallik darajasini aniqlovchi asosiy omillar-tuzilayotgan kartaning maqsadi, masshtabi va kimlar uchun mo‘ljallanganligini bilan belgilanadi.
- Sotsial-iqtisodiy kartalar tuzishda ishlatiladigan materiallar bir xil o‘lchamda va ma’lum bir vaqtga tegishli bo‘lishi kerak.
- Kichik hududlardan ma’lumotlar to‘plash
- Sotsial-iqtisodiy kartalar uchun manbalar
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Termiz Davlat Universiteti Tabiiy Fanlar Fakulteti 3-kurs 320-guruh talabasi Mengliqulova Durdona SOTSIAL IQTISODIY KARTOGRAFIYA fanidan TAQDIMOTI Termiz-2022 Sotsial -iqtisodiy xaritalarni tuzish uchun manbalar Reja: 1.Kartografik manbalar tarkiblari 2.Sotsial-iqtisodiy kartalar uchun manbalar Tayanch so’zlar: kartografik manbalar, kichik hududlar, ma’lumotlar, statistic materiallar Kartografik manbalar tarkiblari Karta va atlaslar yaratishga kirishilgan kundan boshlab ular uchun zarur bo‘ladigan materiallarni aniqlab, yig‘ib, o‘rganib va uni qayta ishlash boshlanadi. Kartani tuzishdan oldin uning uchun qanday materiallar kerakligini, mazmunining mukammallik darajsini, talabga javob bera olishligini, qayerdan olinganligini va qayerda saqlanishini aniqlash kerak. Materiallar mazmunini va mukamallik darajasini aniqlovchi asosiy omillar-tuzilayotgan kartaning maqsadi, masshtabi va kimlar uchun mo‘ljallanganligini bilan belgilanadi. Sotsial-iqtisodiy kartalarni tuzishda manbalar to‘liq va mukammal bo‘lishi kerak. Foydalaniladigan materiallar ma’lum bir ma’muriy hududga tegishli bo‘lishi zarur. Masalan, sanoat ko‘rsatkichlari, foydali qazilmalar, aholi yashaydigan joylar, ekin maydonlari, mollar soni va qishloq xo‘jalik tashkilotlari joylashgan ma’muriy markazlar, ya’ni tuman markazlari fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida ma’lumot olinishi kerak. Agar, ma’lumotlar tumanlar bo‘yicha olinsa, kerakli ma’lumotlar tuman miqyosida bo‘lishi kerak, agar tumanga tegishli etarli ma’lumot bo‘lmasa bu materiallarni to‘liq, deb bo‘lmaydi, natijada ular karta tuzish ishlarini qiyinlashtiradi. Sotsial-iqtisodiy kartalar tuzishda ishlatiladigan materiallar bir xil o‘lchamda va ma’lum bir vaqtga tegishli bo‘lishi kerak. Agar tuzilayotgan karta sanoatga tegishli bo‘lsa, sanoatni hamma tarmoqlariga tegishli ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Sohalar bo‘yicha va umumiqtisodiy kartalar tuzish uchun har xil ko‘rsatkichlar bo‘lishi mumkin: mahsulotlar natural yoki pul hisobida, sanoatdagi ishchilar soni qazilma boyliklarni o‘rni, uning zahirasi va qazib chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori, qishloq xo‘jaligi uchun esa ekin maydoni, etishtirilgan yalpi mahsulot miqdori hosildorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tannarxi va hokazolar bo‘lib ma’lum bir vaqtga tegishli bo‘lishi kerak. Sotsial-iqtisodiy kartalar tuzish jarayonida ba’zan eng noqulay yilga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jaligida bizning hududimizda suv etishmasligi natijasida kam hosil olinadigan yillar bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda 2-3 yillik ma’lumotni o‘rtachasini olib ishlash mumkin. Statistik materiallar olinganda kartasi tuzilayotgan hududni bir xil ma’muriy bo‘linmalar bo‘yicha olish kerak, ya’ni bir joyda tuman bo‘yicha material olib ikkinchi joyda viloyat bo‘yicha olinmasligi kerak. Sotsial-iqtisodiy kartalar tuzishda foydalaniladigan ma’lumotlar yangi va davr talabi darajasida bo‘lishi zarur. Agar eskirgan ma’lumotlar bo‘lsa ularni ishlatmasligi kerak. Lekin kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni dinamikasi ko‘rsatish kerak bo‘lsa, oldingi yillar manbalarini ham olish kerak. Masalan, hozirgi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini miqdori bilan 1991 yilgi mahsulot miqdorini taqqoslash kerak bo‘lganda bunday ma’lumotlarga zaruriyat tug‘iladi. Asosiy talablardan yana bittasi materiallarnng ishonchliligi bo‘lib, davlat statistika boshqarmasi yoki uning viloyat va tuman boshqarmalaridan olingan ma’lumotlar rahbarlar tomonidan tasdiqlanganligi hisoblanadi. Kichik hududlardan ma’lumotlar to‘plash Kichik ma’muriy hududlardan olingan statistik ma’lumotlarning ahamiyati katta, tuzilayotgan sotsial-iqtisodiy kartalarni aniqlik darajasiga ta’siri yuqori bo‘lib, bunday kartalar aniq va mukammal bo‘ladi. Kartasi tuzilayotgan hududni katta va kichikligi 2 omilga bog‘liq: 1-kartani masshtabiga, ya’ni karta masshtabi qancha mayda bo‘lsa shuncha materiali olinayotgan hudud yirik tanlanadi. 2-tasvirlanayotgan kartografik voqea va hodisani taqqoslash xususiyatiga va darajasiga bog‘liq. Sotsial-iqtisodiy kartalar uchun manbalar Sotsial-iqtisodiy kartalarni yaratish uchun asosan uchta tipdagi materiallardan foydalaniladi: kartografik, statistik va har xil geografik adabiyotlar, so‘nggi vaqtlarda aerokosmik manbalardan ham foydalanilmoqda. Sotsial-iqtisodiy kartalarni tuzishda mayda masshtabli kartalardan tashqari 1:25 000, 1:50 000 va 1:100 000 masshtabli yirik masshtabli kartalardan ham foydalaniladi. So‘nggi yillarda 1:1000 000, 1:2,5 mln. masshtabli umumgeografik kartalardan ham foydalanilmoqda. Bu kartalar tuzilayotganda kartani ishchi kartografik asosi ham bo‘lishi mumkin. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 83.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling