1. Kasb va profissionalizm haqida tushuncha Kasbiy kompitentlik va mutaxassislikka kirish


Amaliy psixologiyaning asosiy bo‘limlari va tuzilishi (psixologik yordam, psixologik himoya, pixologik yo‘naltirish)


Download 34.24 Kb.
bet6/6
Sana29.03.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1306004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU ksblar va professionalizm

Amaliy psixologiyaning asosiy bo‘limlari va tuzilishi (psixologik yordam, psixologik himoya, pixologik yo‘naltirish)
Psixolog bolalar, o‘quvchilar va talabalarning yosh xususiyatlarini hamda jadal rivijlanishini hisobga oluvchi, ular psixikasining barcha jabhalarini qamrab oluvchi dinamik taraqqiyotga kafolat beruvchi dastur ishlab chiqarishga bitin faoliyatini yo‘naltiradi, ijtimoiy o‘sish talabiga javob beruvchi umuminsoniy, etnopsixologik xususiyatlar muhitida kamolatga intiluvchi shaxsni tarkib toptirishni bosh maqsad deb tanlaydi.
Amaliy psixolog bolalar, o‘quvchilar va talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor muammosidagi nuqsonlar hamda kamchiiliklarni aasta-sekin tuzatish, korreksiya qilish daasturini ishlab chiqaradi va amaliyotda uni tadbiq etadi.Buning uchun ular bilan maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadi, ijobiy qobiliyatlarni o‘stirirsh maqsadida treninglar olib boradi.
Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda , vaziyatlarda hal qilinadi.

  1. Amaliy psixologning maxsus ishi

  2. Mashg‘ulotlag ayrim bolalar, o‘quvchilar, talabalar guruhiga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi

  1. Ota-onalar va pedagogic jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg‘ulotlar olib borish nazarda tutiladi

Psixodiognistik tadqiqotlar qiyidagi vazifalarni hal qiladi:
1.Diognostika ushun ma’lumotlarni olish.Bunda bola psixik holat va shaxsi xususiyatlari ba’zi belgilarining ko‘rinishlarini o‘rganish maqsadida tadqiqot olib boriladi.Tadqiqotda olingan ma’lumotlar yordamchi xarakterga ega bo‘lib, xulq-atvorining haqiqiy kuzatilgan xususiyatlarining, uning psixik funksiyalari, taraqqiyot darajasi bilan taqqoslashda foydalaniladi.
2.Psixik taraqqiyot ’zgarishini o‘rganish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash.
3.Aqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli psixik kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan psixodiognostik taqdiqotlar maxsus yoki yordamchi maktabda o‘qitish haqida hal bo‘layotganda tibbiy pedagogic hay’
yat kommissiyasi tomonidan foydalanishi mumkin.
4.Bolada paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik holatlarni tahlil qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot o‘tkazish
Shaxs taraqqiqyotini diognostika qilishning I.Shvansar tomonidan quyidagi eksperimental-psixologik nuqtayi-nazarini keltirish mumkin:
1.psixologik rasmiy ishtirok
2.psixologik muammoni aniqlash
3.tadqiqot metodini aniqlash
4.psixologik diognoz qo‘yish
5.amaliy tavsiyalar
Psixoprofilaktik ish- amaliyotchi psixologning eng kam ishlangan faoliayt turlaridan biri hisoblanadi. Psixoprofilaktika ish quyidagi bosqichlarda ajratib ko‘rsatilgan:
Birinchi bosqich- daastlabki profilaktika deb ataladi.Bu bosqichda psixolog sog‘lom bolalar bilan ishlaydi/
Ikkinchi bosqich-profilaktika muommalai bolalarga qaratiladi. Bunda bolaning o‘qishdagi va xulq-atvoridagi qiyinchiliklarni erta aniqlash va ularni yo‘qotishdan iborat (bu bosqichda ota-onalar va o‘qituvchilarning hamkorligi amalga oshiriladi)
Uchunchi bosqich- asosan psixolog butun diqqatini muammoli bolalarga qaratadi.Psixokorreksion ishlarga kuch beriladi.

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilagan hujjatlar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “amaliyotchi psixolog” kursining ish faliyati bugungi kunda O‘zbekistondagi psixologik xizmatni rivojlantirish uchun eng optimal tadbir sifatida muhim ahamiyat kasb etayotganligini alohida ta’kidlash mumkin.


1994-yilda tuzilgan “O‘zbekiston Republikasi xalq ta’limida psixologik xizmat, xalq ta’limi tizimida ishlayotgan psixologlarining malakasini oshirish va ularning attestatsiyasi haqidagi Nizom”ning Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi (1996-yil 5-aprel) amaliyotchi psixologlarning faoliyatini yanada kengroq ko‘lamda tashkil etish , rivojlantirish va takomillashtirish uchun muhim rasmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.”Amamlyotchi psixolog” tayyorlash masalasi birinchi marta nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti psixologlari tomonidan tashkil etilgan,”amaliyotchi psixologlar” fakulteti faoliatini alohida qayd etish mumkin.O‘zbekistonda psixologik xizmatni tashkil etish va rivojlantirishning dastlabki bosqichi quyidagi 7 yo‘nalish asosida amalga oshirilmoqda:
1.ta’lim tizimi muassasalarida psixologik xizmat
2.mehnat jamoalarida psixologik xizmat
3.olaviy hayotni tashkil etish tizimi muassasalarida psixoloik xizmat
4.transport muassasalarida psixologik xizmat
5.ichki ishlar , huquq –targ‘ibot tizimi muasasalarida psixologik xizmat
6.sport muassasalarida psixologik xizmat.

Amaliyotchi psixolog maktablarda quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:


1.Bolalarni har xil yosh bosqichida shaxs sifatida va intelektual jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish
2.Har xil bolada individual yondashuvni va uning psixologik-pedagogik o‘rganilishini ta’minlash
3.Bolning intelektual jihatdan va shaxs sifatida rivijlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Psixologik ustanovka kompitentlari:
1.pedagog bilan bo‘lgan munosabatga ustanovka
2. pedagoglarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka
3. subekt-subekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka
Ushbu ustanovkalar pedagoglar bilan bo‘lgan konstruktiv hamkorlikni ta’minlay oladi.
Amaloyotchi psixolog shaxsiga qo‘yiladigan talablar:
-aholi o‘rtasidagi psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish,
- har bir shaxs imkoniyatlarini jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimini etnopsixologik tamoyillarga moslashtirilgan eng ilg‘or test, metodikalar asosida o‘rganish tahlil qilish va bu borada tegishli xulosalar chiqarish,
- xodimlarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga yo‘naltirishda ma’muriy tashkilotlarga ko‘mklashish,
- Fuqorolarning kasbiy yo‘nalishlarini amiqlash va mehnat birjalari faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko‘rsatish
Amamliyotchi psixologning faoliyatidagi vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Psixolog o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hukumatining xalq ta’limi sohasi bo‘yicha qabul qilingan normative va instuktiv hujjatlarga amal qilgan holda amalga oshirilishi shart

  2. Oliy o‘quv yurtining psixologiya sohasini bitirganligini yoki amaliyotchi psixologlar tayyorlovchi qisqa muddatli maxsus kurslarni ( kamida 1000 soatlik) bitirib, psixolog mutaxassisligini olganligini tasdiqlovchi maxsus hujjatga ega bo‘lishi kerak

  3. Psixologiya fanining eng songi yutuqlaridan xabardor bo‘lishi, bolalar psixologiyasi, pedagogic psixologiyani , amaliy psixologiyani chuqurroq bilishi shart.Xalq ta’limi tizimida doimo o‘z malakasini oshirib borishi shart

  4. Muammolarni muhokama qilishda va qaror chiqarishdan kasbiy vakolat chegarasidan also chiqmaslik kerak

  5. Shu sohaning mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarga rioya qilgan holda ko‘rsatmalar va tavsiyalarni qat’iy bajarishi shart

  6. Barcha psixologik maslahatlarni hal qilishda o‘quvchi manfaatidan , ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqishi zarur

  7. Olingan ma’lumotar sinaluvchining shaxsiyatiga zarar keltirmasligi, ularni qurshab turgan muhit a’zolari tahlikada tushmaslikalri uchun diognostik va korreksion faoliyat natijalarini sir saqlash

  8. Ma’muriyat , o‘qituvchilar, ota-onalar bilan uviy aloqada faoliayt ko‘rsatish

  9. Amamliy psixologlar seminarlarida anjumanlarda faol ishtirok etish

  10. Ota-onalarga farzandlarining tarbiyaviy ishlarini amalga oshirishda maslahatlar berish , muayyan holatlarni birgalikda tahlil qilish va amaliy tavsiyalar berish va boshqalar



Psixologning ahloqiy sifatlari
Psixologiyada etnik muammolar asosiy o‘rin egallaydi. Jumladan o‘bek mintalitetidan kelib chiqib muammoga psixologik yondashuv juda muhim.
Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling