1. Kasb va profissionalizm haqida tushuncha Kasbiy kompitentlik va mutaxassislikka kirish


Download 34.24 Kb.
bet2/6
Sana29.03.2023
Hajmi34.24 Kb.
#1306004
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU ksblar va professionalizm

Profissiografiya –insonga qo‘yiladigan talablar nuqtai nazardan kasblae va uning o‘z ichiga olgan ixtisosliklarni umumlashtirib tafsiflanishidir.Profissiogramma natijasi profissiogramma bo‘lib, bir kasb doirasidagi ixtisoslashgan insonga , odamlar guruhiga qo‘ishi mumkin bo‘lgan talabar asosida umumlashtirilgan tavsifnomalardir. Profissiogrammalar quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘lishi mumkin:
-kadrlar tayyorgarligini asoslash
-gigigenik sharoitlarni hisobga olish va uni sog‘lomlashtirish
-kasb tanlashni asoslash
-kasbiy maslahat va kasbiy tanlvni asoslash
-mehnatga baho berish meyorlarini, mehnat xafsizligi saviyasini ko‘tarish va boshqalar.
Kasb tanlashga yo‘llash- bu psixologik-pedagogik, tibbiy va davlat tadbirlari majmui bo‘lib, hayotga kirib kelayotgan odamga ilmiy asoslangan shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jamiyat va shaxsiy manfaatlarga mos keladigan faoliyat turini tanlab olishga yordam berishdir.Kishining qobiliyatlariga mos kelmaydigan kasb tanlashi ko‘pincha fojiyaga sabab bo‘lib, shaxs uchun moddiy, manaviy zarar etkazilishi bilan jamiiyatga ham qimmatga tushushi mumkin.
Taniqli psixologK.K.Platonov o‘tgan asrning 80-yillarida kasb tanlashga yo‘llashning kompleks daasturini ishlab chiqib, ”kasb tanlashga yo‘llash uchburchagi” g‘oyasini ilgari surdi. Unga ko‘ra uchberchakning bir yomoni kasblarning kishi va uning organizmiga qo‘yiladigan talablari, ikkinchi tomoni bozor imkoniyatlari ( mehnat bozor talablari , qaysi kasb egalari keerakligi), uchinchi tomoni o‘smir qobiliyatlarini bilish va davlat siyosatini hisobga olishdan iborat.
Kasbiy maslahat- (profkonsultatsiya)-kasbga yo‘llash tizimining bir qismi bo‘lib, odamning qobiliyatlarini o‘rganishga tegishli maslahatlar beerishga, batafsil shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi.Buning uch bosqichi bor: tayyorlov, hal qiluvchi va aniqlovchi.
1.Tayyorlov bosqichida oila va maktabdagi o‘rganish-o‘qish faoliaytini rivojlantirish bilan bog‘liq maslahatlar amalga oshiriladi.
2.Yakunlovchi bosqichda 9-sinfdagi olib boriladigan ishlar( o‘qishni davom ettirish shaklini tanlash bilan bog‘liq) ko‘lami belgilanadi.
3Aniqlovchi kasbiy maslahat bosqichi o‘rta maktab doiraasidan tashqariga chiqib? O‘qishning keying bosqichlarida ya’ni kollejda, litseyda , oliy o‘quv yurtida davom etadi.
Kasbiy tanlov- mehnat prigostik eksoertizasi shakli bo‘lib odamning qaysi kasbga yaroqligi haqida kafolat berish bilan bog‘lq jarayon.Eng muhimi qaysi kasb uning uchun nomaqul, zararli ekanligidan ogohlantirishdir. Kasb hunar natijalari kasb-hunar bilim yurtlarida hisobga olinib, o‘quxchi qaysi kasb bo‘yicha o‘qishi yoki boshqa sohada ishga o‘tkazilishi muhokama qilinadi. Kasb qobiloiyati vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.
Profadaptatsiya, uning asosi va mohiyati. Kasb tanlashning hal qiluvchi davri o‘quvchi davri o‘quvchini biror kasb ichiga asta –sekin kirib borishi, moslashuvi bosqichidir.Profadaptatsiyaning ikki turi mavjud:
-tayyorgarlik
- kasb egallash .
Tayyorgarlik o‘quv jarayonida umumtexnika va mazsus fanlarni o‘rganadi, ayrim konkret ko‘nikmalarni hosil qiladi..Bu biologic, ijtimoiy-psixologik adaptatsiya ko‘rinishiga ega.
Profadaptatsiyani muvaffaqaiyatli nihoyasiga etishi qiyidagi uch holatga bog‘liq:

  • Kollej o ’quvchilari va ustalarning o‘z sohalariga qanday tayyorlashlariga nazariy va amaliy bilim beerishlari, ko‘nikma va malakalar hosil qilishlari, kasbga qiziqish uyg‘ota olishlari.

  • Ishchilar va murabbiylar o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlar shakli,

  • O‘quvchi borib tushgan mehnat jamoasidagi ijtomoiy-psixologik muhit.

Ijtimoiy psixologik adaptatsiya jarayonida bilish , shaxslararo munosabatlar, ummiy muloqat, hissiy –irodaviy sifatlarning namoyon etilishi alohida ahamoyat kasb etadi.

Download 34.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling