1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!


Kasbiy pedagogika fanining vazifalari


Download 379.84 Kb.
bet43/127
Sana27.01.2023
Hajmi379.84 Kb.
#1132860
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Bog'liq
Билетга жавоблар

Kasbiy pedagogika fanining vazifalari:
-SHarq va G‘arbda xalq yaratgan xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogikasi,
mutafakkir, ma’rifatparvar, pedagog va olimlarning tarbiyashunoslikka
doir ilg‘or g‘oyalarini o‘rganib, taxlil qilib komil insonni tarbiyalash
jarayonini o‘rganish;
-Komil insonni tarkib toptirishning qonun-qoida va zaruriy
sifatlarini aniqlash;
-Pedagogikadagi ta’lim-tarbiya nazariyasini hozirgi davr xususiy
metodikasi bilan uzviylik muammolarini ishlab chiqish va yangi pedagogik
texnologiya qonunlariga amal qilish;
-Ta’lim-tarbiya nazariyasidagi qonun-qoida, tamoyil, metod va usullarini
maktab amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak o‘qituvchilarga o‘rgatish;
3.Таълимни стандартлаштириш нима? Ta’limni standartlashtirish - bu butun dunyo kasb-hunar ta’limini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Uni krizisni yengib o'tishning asosiy vositasi sifatida hisoblaydilar. Jamiyatda sodir bo'layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o ‘zgarishlar ta’lim tizimiga, xususan, o 'rta maxsus kasb hunar ta’­ limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. Shunday ekan o 'rta maxsus kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori, bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlab bo'lmaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma’naviy, ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va tadbiq etishdir. Xalqaro talablarga javob beruvchi o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan O'zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta’limi ekvivalentligini hamda o'z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to'siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlaydi, ikkinchidan, ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (qat’iy) talablarni belgilab qo'yish natijasida, kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda ta’lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi. O 'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2000-yil 16-oktabrdagi 400-sonli «O 'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat hujjatlarini tasdiqlash to’g‘risida»gi qaroriga asosan, 0‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tasdiqlandi. Tarmoq standartlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich yangidan tashkil etilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ularni aprobatsiya qilish (ma’qullash) tugagandan so'ng tasdiqlanadi.
« Standartlashtirish » tushunchasi universal bo'lib , quyidagicha ta’riflanadi:
Standartlashtirish – mavjud yoki bo'lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta foydalaniladigan qoidalarni belgilash orqali ma 'lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo'naltirilgan faoliyat. Shuni ta’kidlash joizki, standartlashtirish bu faoliyatning yangi turi emas, balki dunyo singari qadimiydir. Bu tushunchani to‘g‘ri ma’noda tushunish lozim , modomiki, tabiatning o‘zi misli ko‘rilmagan standartlashtirish namunalarini ato etadi. Masalan , standartlashtirish nuqtai-nazaridan qaraganda, kislorodning atomi yoki suv molekulasidan ko‘ra mukammalroq narsa yo'qdir. Tartibga solishning maqbul darajasi deganda, murosaga keltiruvchi yechimni topishga yo'naltirilgan me’yorlar, qoidalar, talablarni barcha qiziqqan tomonlar bilan kelishilgan holda maqsadga muvofiqligini va uni qabul qilishning imkoniyati borligi tushuniladi. S T A N D A R T - konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga yoki ularning natijalariga tegishli bo'lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo'naltirilgan , tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.

Download 379.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling