1. Kasbiy pedagogika fanining ob’ekti va maqsadi, vazifalarini izohlang!
Касб таълими вазифаларига нималар киради?
Download 379.84 Kb.
|
Билетга жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Рейтинг, ―Технология, ―Инновация тушунчаларини изоҳлаб беринг Reyting
4.Касб таълими вазифаларига нималар киради? Mustaqil Respublikamizda ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiy maqsadi sifatida jahon talablari darajasida yangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, mamlakatimiz iqtisodiyotini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan mutaxassislarni tayyorlash va bu jarayonda asosiy omil sifatida beriladigan axborotlar hajmini emas, balki ijodiy yondashuvni shakllantirish, mustaqil fikrlash va tatbiq qilish sifatlarini tarbiyalashga e’tibor qaratish lozim. Shu sababli bugungi kunda barcha fan sohalari bo'yicha, jumladan, kasb ta’limiga oid darsliklar, o'quv qo'llanma va tavsiyalarning yangi avlodini yaratish muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. Bu o'rinda kasb ta’limiga bo'lgan e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin: - ta’lim islohotlari natijasida litsey, kollej va boshqa shu kabi yangi turdagi o'quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi; - oliy o'quv yurtlarida kasb ta’limi bo'yicha alohida bo'lim va fakultetlarning tashkil etilishi; - kasbiy ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog'lanib borishi, istiqbolda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan, bilim sohalari tutashuvida yangi konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi; - kasbiy ta’lim muassasalarining aholiga ta’lim xizmatlarini ko'rsatish turlarining ortib borishi, o 'z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatishni yo'lga qo'yishi; - mehnatni tashkil qilishning ilg'or shakllarini joriy etishi va boshqalar. Kasbiy pedagogika kasb-hunar ta’limi o'quv yurtlari o'quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o'qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash me’zonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimi asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to'g'risidagi bilimlarni, innovatsion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi.
5.Рейтинг, ―Технология, ―Инновация тушунчаларини изоҳлаб беринг? Reyting (ing. rating) — 1) oʻquvchi va talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash usuli. Oʻzbekistonda uzluksiz taʼlim tizimining meʼyoriy hujjati sifatida qabul qilingan. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 1998—2003-yillarda joriy boʻlib kelgan. 2003-yildan maktablarning boshlangʻich sinflarida qayta qoʻllanila boshladi. Reyting tizimi oliy taʼlimda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta mahsus taʼlim vazirligining 1999-yil 8-iyundagi, magistrlar bilimini nazorat qilish va baholash uchun 1999-yil 31-dekabrdagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Unda semestr boʻyicha muayyan fandan 55% dan kam ball toʻplagan talaba akademik qarzdor, 56—70% ball toʻplagan talaba "oʻrta", 71—85% ball toʻplagan talaba "yaxshi", 86% dan yuqori ball toʻplagan talaba "aʼlo" koʻrsatkichga ega hisoblanadi. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi nazoratning 3 turi (joriy, oraliq, yakuniy) da amalga oshirilib, ularning oʻzlashtirishlarini muntazam nazorat etib borish, bilim sifatini baholashda xolislik, aniklik va oshkoralikni taʼminlaydi; 2) faoliyat turining samaradorligi va nufuzini belgilovchi usul. Masalan, sport sohasida sportchi (komanda)ning reyting koʻrsatkichi uning umumiy tasnifdagi oʻrnini belgilab beradi (jahon professional tennischilar reytingi, professional bokschilarning chempionlik uchun finalgacha boʻlgan reyting janglari, futbol boʻyicha terma jamoalar hamda komandalar reytingi, shaxmatchi yoki shashkachi yutuqlarining son bilan ifodalanadigan va musobaqalardagi natijalariga qarab oʻzgarib turadigan shaxsiy koʻrsatkichi va hokazo); 3) siyosat, madaniyat va boshqa sohalardagi taniqli arboblarning jamoatchilik fikrini oʻrganish yoʻli bilan aniqlanadigan mashhurlik darajasi[ Download 379.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling