1-kazus (Bozorov Elbek)


Download 26.11 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi26.11 Kb.
#1185496
Bog'liq
legal tech kazus


1-kazus (Bozorov Elbek)
Fuqaro S. turmush o’rtog’i bilan nikohini bekor qilishni xohlaydi. Ajralish
tartibi qanday ekanligini bilish uchun qanday huquqiy axborot-qidiruv
saytlaridan foydalanish mumkin ?

1. Fuqaro S. ajralish tartibini aniqlab , ariza yozish uchun uni tayyorlash


bosqichini aniqlang.
2. Fuqaro S. ariza shakliga ilova qilinuvchi hujjatlarni keltiring va ularni
tayyorlash ketma-ketligini aniqlang.
3. Sud jarayonida onlayn ishtirok etish , sud jarayonini aniqlash usullarini
Izohlang
1)Bugungi kunga kelib zamonaviy texnologiyalarning huquq tizimida keng qo’llanilishi natijasida fuqarolar ko’plab masalalar yuzasidan Fuqarolarga xizmat ko’rsatish (FXDYO) bo’limlariga murojaat etishga hojat yo’q. Xususan, ajrim masalasini ham masofadan turib hal etish imkoni mavjud.
Avvalo, advice.uz saytiga kirib oilaviy munosbatlar bo’limidan nikohni bekor qilish tartibi qismiga o’tiladi. Undan so’ng FHDYo organi qabuliga yozilish uchun ushbu havolaga o‘tiladi.
Ko‘rsatiladigan xizmat uchun quyidagicha to‘lov undiriladi:

  1. nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 2 baravari

  2. takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan BHMning 4 baravari

2). Advice.uz saytida ushbu hujjatlar ilova qilinishi zarur, ya’ni :

1● pasport nusxalari;


2● Farzandli oila bo’lsa,bolalarning tug’ilganlik haqida guvohnomasi
(nusxasi);

  1. ● nikohni ro’yxatdan o'tkazish to’g’risidagi guvohnoma (asl nusxasi);● davlat boji to’langanligi to’g’risidagi kvitansiya ( 2 BHM-600 000 so’m).

Takroriy bekor qilingan taqdirda (4 BHM - 1 200 000 so’m) ham berilgan
bo’lib, bu tayyorgarlik jarayonini yanada yengillashtirgan.
Ariza yozish va nikohni bekor qilishni onlayn tarzda olingani kabi,yuqorida
ko’rsatilgan ilova qilinuvchi hujjatlarni ham davlat interaktiv xizmatlari
portalidan olish mumkin.Ushbu hujjatlar quyidagi tarzda olinadi:
1. Internetdan Yagona davlat interaktiv xizmatlari portali ya’ni
my.gov.uz saytiga kiriladi.
2. Ushbu saytning “Barcha xizmatlar” tugmasi tanlanadi va u
yerdan “Ma’lumotnomalar” bo’limiga kiriladi.
3. “Ma’lumotnomalar” bo’limidan “Nikoh to’g’risidagi ma’lumotnoma”
tanlanadi.

  1. Keyin esa so’rovnoma to’ldirilib,to’lov amalga oshirilgandan so’ng YaIDXP orqali Fuqaro S.ga yuboriladi

3) Oxirgi uch yil davomida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish dasturining ijrosi natijasida sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar o‘rtasida ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash, sud qarorlarini internet tarmog‘ida e’lon qilish, ijro hujjatlarini elektron shaklda majburiy ijroga yuborish tizimlari joriy etildi. Yuqorida keltirilgan masala yuzasidan tashkil etiladigan sud jarayonida er-xotin onlayn ishtirok etishi mumkin bo’ladi.


Ushbu masala yuzasidan mysud.uz saytiga murojaat qilish mumkin. Mazkur saytda sud majlislar jadvali qismiga kiriladi va o’zi yashayotgan hudud belgilanib, ishni olib boruvchi sudya haqida ham ma’lumot olish mumkin bo’ladi.

Sudda onlayn ishtirok etish quyidagi tartibda bo’ladi:


1. Sud majlisida qatnashishi lozim bo’lgan fuqaroga Sudya tomonidan alohida parol beriladi;
2. My.sud.uz saytining menyular to’plamidan “Videokonferensiyaviy aloqa”
bo’limi tanlanadi;
3. Ushbu parol orqali keyinchalik ikkinchi qadamda ko’rsatilgan kabi saytga kirib sudda onlayn qatnashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Sud qarorini onlayn olish uchun esa:
1. Yuqorida ko’rsatilgan saytga kirilib, Menyular to’plamining oxirida joylashgan “Sud qarorini onlayn olish” bo’limi tanlanadi.
2. Keyin esa JSH SHIR kiritilib,sud qarori va jarayonini olish mumkin bo’ladi.
Shunday qilib Sudga onlayn murojaat qilish ham, xabarnoma yoki chaqiruvlarni olish ham xuddi shu saytda amalga oshiriladi

Foydalanilgan manbalar ro’yxati:


1)https://advice.uz/oz




2) https://my.sud.uz/#/#schedule
Download 26.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling