9-KEYS
Suyuqlik va gazlarni uzatish
Kimyo sanoatining barcha tarmoklarida suyuqliklar gorizontal va vertikal trubalar orqali uzatiladi. Suv, neft, benzin, kerosin, moylar va boshqa suyuqliklarni uzatish uchun mo‘ljallangan mashinalar nasoslar deyiladi. Trubalarning boshlangich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqi trubalardan suyuqlikning oqishi uchun harakatlantiruvchi kuch xisoblanadi. Suyuqlik oqimining trubalardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik mashinalar yoki nasoslar orqali hosil qilinadi.
Hasos elektr dvigateldan mexanik energiya olib, uni suyuqlikning harakatlanayotgan oqim energiyasiga aylantirib, bosimni oshiradi. Hasoslar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida: mashinasozlikda, metallurgiyada, kimyo sanoatida, er ishlarini gidromexanizatsiyalashtirishda va ko‘pchilik boshqa tarmoqlarda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |