16. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
17. So`z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
18. Novdalarni bezab g`unchalar,
Tongda aytdi hayot otini,
Va shabboda qurg`ur ilk sahar
Olib keldi gulning totini. Ushbu parcadagi qaysi salbiy ma’noli so`z ijobiy baho bildirgan?
A) otini B) totini C) qurg`ur D) hayot
19. Ritorik so`roq gaplar qanday gaplarga sinonim bo`ladi?
A) darak gaplarga B) undov gaplarga C) so`roq gaplarga D) A, B.
20. Nahotki u dunyoga kelib, durustroq niyat bilan yashamagan bo`lsa Oxiriga ataylab tinish belgisi qo`yilmagan ushbu gap qanday gapga sinonim bo`lishi mumkin?
A) darak gapga B) undov gapga C) so`roq gapga D) buyruq gapga.
21. Gulasalni nega tanimas ekanman Oxiriga ataylab tinish belgisi qo`yilmagan ushbu gap qanday gapga sinonim bo`lishi mumkin?
A) darak gapga B) undov gapga C) so`roq gapga D) buyruq gapga.
22. Aniqlovchining muhim uslubiy vazifasi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) Shaxslarga ifodali va ta’sirchan bo`yoq berishdir. B) predmetlarga ifodali va ta’sirchan bo`yoq berishdir. C) A,B D) to`g`ri javob berilmagan.
23. Qaysi turkum bilan ifodalangan aniqlovchi majoziy ma’no kasb qiladi?
A) ot B) sifat C) sifatdosh D) olmosh
24. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz orttiriladi B) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz qabartiriladi C) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi boshqa shaxs va predmetga ko`chiriladi D) shaxs va predmetga tinglovchi-o`quvchining e’tibori tortiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |