1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Quyidagi sinonimlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?


Download 0.72 Mb.
bet2/135
Sana17.07.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1660737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon (1)

8. Quyidagi sinonimlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?
A) ketmoq B) tushmoq C) olinmoq D) ozod qilinmoq
9. So‘zlashuv uslubida qo‘llanadigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) bashar, mozor, yaxshi, kasal B) ado etmoq, behuda, yopiq C) rostdan, bo‘ldi, mayli D) voqea, barvasta, chiroyli
10. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.
11. Tushum kelishigi qaysi grammatik vositalar bilan sinonimik munosabatda bo‘lmaydi?
A) chiqish kelishigi bilan B) ko‘makchilar bilan C) qaratqich kelishigi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
12. Qaysi gapda 1-shaxs ko‘plik shaklidagi fe’l 2-shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?
A) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik. B) Eh, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak. C)Qani, endi ishga tushaylik. D)Xo‘sh, endi bunga nima deysiz?
13. Qaysi qatordagi gapda shaklan uchinchi shaxsni ko‘rsatuvchi fe’l ikkinchi shaxsga qaratilib, shaxsi ma’lum gapning grammatik asosi bo‘lib kelgan?
A) Oriyatsiz odamdan qoch. B) Kiyimiga qarab kutib olib, aqliga qarab kuzatib qo‘yishadi. C) O‘zlarini soya-salqinga olibdilar-da! D) Hozir bu hodisani so‘zma-so‘z aytib berolmaydi.
14. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida majhul nisbat qo‘shimchasi qay tarzda qo‘shilsa, uslubiy tomondan to‘g‘ri bo‘ladi?
A) yetakchi va ko‘makchi fe’lga qo‘shilishi mumkin B) ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa C) ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa D) yetakchi fe’lga qo‘shilsa
15. Shu munosabat bilan mudirlikni yana Boboxo‘ja domlaga topshirildi. Ushbu gapda qanday qo‘shimchani qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato bor?
A) zamon hosil qiluvchi qo‘shimcha bilan bog‘liq B) so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan bog‘liq C) nisbat qo‘shimchasi bilan bog‘liq
D) kelishik qo‘shimchasi bilan bog‘liq

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling