11. Qaysi gapda so‘z qo‘llashda uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Brigada a’zolari tunda tashna g‘o‘zalarni suvga qondirib sug‘orishyapti. B) U ko‘rinishidan turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. C) Cho‘ponlar ozg‘in qo‘ylarning parvarishiga alohida e’tibor bermayotirlar.
D) barcha gaplar uslubiy jihatdanno to‘g‘ri.
12. Qaysi qatorlarda ijobiy bo`yoqdor so‘zlar berilgan?
A) mazali, husn, qonmoq, ko‘karmoq B) ayb, ayyor, kambag‘al, o‘jar C) jamol, alomat, miriqmoq, bejirim D) A,C
13. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor?
A) Pirnafas aka qumda bod kasalini tamoman yo‘qotayozgan edi. B) Xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni terayotgan edi. C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. D) U ko‘cha tomonga qaragan edi, dutor, tanbur, g‘ijjak, nay, doira ko‘tarib kelayotgan kishilarga ko‘zi tushdi.
14. Yozma nutqda quyidagi birliklarning (juftliklarning) qaysi birini o‘zaro almashtirib qo‘llasak, uslubiy xatoga yo‘l qo‘yiladi?
A) sinonimlarni B) paronimlarni C) omonimlarni D) A, B
15. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Mehmonlar, garchi bunday vaqtda kishiga hech qanday so‘z tasalli bera olmasligini bilishsa ham, kampirga tasalli bergan bo‘lib qo‘zg‘alishdi. B) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilishar edi. C) To‘g‘ri odamning hech qayerda qo‘li qaltiramaydi. D) Iliq so‘z dilni eritar.
16. Qaysi qatorda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Kampir bolalarga bir qismdan turshak berib, ularni maqtay ketdi. B) Kunlar shu taqlid o‘taverdi, g‘am-alam ham asta-sekin unutildi. C) Olimlar yaqin vaqtlargacha kosmik bo‘shliqni o‘rganishni faqat orzu qilar edilar. D) A,B.
17. Umuman, hisob-kitob ishlarimizda monelik bor. Berilgan gapdagi uslubiy noto‘g‘ri ishlatilgan so‘zni almashtiring.
A) jumla to‘g‘ri va ravon B) “hisob-kitob” so‘zi ortiqcha
C) “bor” so‘z noto‘g‘ri ishlatilgan D) “monelik” o‘rnida “chalkashlik” so‘zini ishlatish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |