21. Uyushiq bo‘laklar qatori xato tuzilgan gaplarni aniqlang.
A) Undan sal nordon va shirin hid kelardi. B) Iste’dodli adib ko‘p asarlar va dramalar yozdi. C) Gullagan vodiy va kishnagan toying go‘zal. D) A,B,C
22. Qaratqich o‘rnida sifatlovchi aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on .... B) Bahordagi sarin yellar yosh qalblarda chuqur iz qoldiradi. C) Kishiga barcha narsani hayot o‘rgatadi. D) Ko‘ngilni ochish uchun tez-tez lola sayliga chiqib turish lozim.
23. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
24. So`z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
25. Novdalarni bezab g`unchalar,
Tongda aytdi hayot otini,
Va shabboda qurg`ur ilk sahar
Olib keldi gulning totini. Ushbu parcadagi qaysi salbiy ma’noli so`z ijobiy baho bildirgan?
A) otini B) totini C) qurg`ur D) hayot
26. Ritorik so`roq gaplar qanday gaplarga sinonim bo`ladi?
A) darak gaplarga B) undov gaplarga C) so`roq gaplarga
D) A, B.
27. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
28. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin emas?
A) Qishdan ming mashaqqatda chiqib olishdi. B) Xatni qizil siyohda yozgan edi. C) Kecha poyezdda kelibdi. D) Xalq maqollarida chuqur zukkolik bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |