20. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz orttiriladi B) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz qabartiriladi C) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi boshqa shaxs va predmetga ko`chiriladi D) shaxs va predmetga tinglovchi-o`quvchining e’tibori tortiladi
21. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) ma’lum bir bo`lakning umumlashgan va mavhum ma’nosi izohlanadi B) gapning ikkinci darajali bo`laklariging ajratilishi mumkin C) gapning barcha bo`laklari ajratilishi mumkin D)ajratilgan bo`laklarda vergul va tire ishlatiladi
22. Gap oxirida kelgan undalmalar qanday ma’noni ifodalaydi?
A) chaqiriq, murojaat B) A,B C) muhabbat, hurmat D) piching, kinoya
23. Gap boshida kelgan undalmalar qanday ma’noni ifodalaydi?
A) chaqiriq, murojaat B) A,B C) muhabbat, hurmat D) piching, kinoya
24. She’riyatda ko`p qo`llanadigan kirish so`zlar qaysi qatorda berilgan?
A) afsuski, yaxshiyam B) attang, mayli C) esiz D) barchasi qo`llanadi.
25. Qo`shma gaplarning uslubiy vositalari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) takror, ohang B) bog`lovchilar C) ellipsiya, parallellik
D) antonim so`zlar
26. Yasovchi qo‘shimchalar qat’iy qonun-qoidalarga ko‘ra qo‘llanmagan so‘zlardan iborat qatorni ko‘rsating.
A) xijolatpazlik, xizmatdosh, dalachilik B) oshkoraviylik, texnikaviy, go‘shtgirlik C) bug‘doykor, buyruqomuz. arzachi, kerilmachoq
D) bemustasno, yo‘rmado‘zi, gapchil, gapxo‘r
27. -ni qo‘shimchasi uslubiy noto‘g‘ri qo‘llangan gap qaysi qatorda?
A) Karvon dashtni kezib yurdi B) U otni mindi-yu, odamlarini ergashtirib tog‘ tomon ketdi. C) Botirlari kanal qazadi, Naqshdorlar saroy quradi. D) ...fikrni ravon uslubda izchil bayon etish, orfografik va punktuatsion jihatdan savodli ifodalash hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |