28. -lar ko‘plik qo‘shimchasi adabiy me’yorga ko‘ra so‘z ichida qanday joylashadi?
A) kelishik qo‘shimchalaridan oldin; egalik, shaxs-son qo‘shimchalaridan oldin yo keyin B) kelishik, egalik qo‘shimchalaridan oldin; shaxs-son qo‘shimchalaridan keyin C) egalik va shaxs-son qo‘shimchalaridan keyin; kelishik qo‘shimchalaridan oldin D) kelishik, shaxs-son va egalik qo‘shimchalaridan oldin
29. Quyidagi gapda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no anglatgan? Televizorga tikilaverib ko‘zlarim charchab ketdi.
A) o‘xshatish ma’nosini B) taxmin, chama ma’nosini C) sof ko‘plik ma’nosini D) kuchaytirish, ta’kid ma’nosini
30. Kelganim qachonlar edi. Ushbu gapda -lar qo‘shimchasi qanday uslubiy ma’noni anglatgan?
A) kuchaytirish B) chama, taxmin C) kesatish, kinoya D) sof ko‘plik
29-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Quyidagi sinonimik so‘zlarning qaysi biri so‘zlashuv uslubiga xos?
A) qadrdon B) ahil C) totuv D) qalin
2. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat yozma nutqqa xos?
A) ichmoq B) no‘sh etmoq C) ko‘tarmoq D) tortmoq
3. Quyidagi sinonimlardan rasmiy uslubga tegishli so‘zni belgilang?
A) ketmoq B) tushmoq C) olinmoq D) ozod qilinmoq
4. So‘zlashuv uslubida qo‘llanadigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) bashar, mozor, yaxshi, kasal B) ado etmoq, behuda, yopiq C) rostdan, bo‘ldi, mayli D) voqea, barvasta, chiroyli
5. Quyidagi gaplardan ilmiy uslubga tegishlisini belgilang.
A) Qani endi, barcha ham senga o‘xshasa. B) Mayin shamol daraxt yaproqlarini asta tortqilaydi. C) Mushfiq onaning hasratlari bir dunyo edi. D) Yonishning tashqi belgisi issiqlik va yorug‘lik chiqishidir.
6. Odatda rasmiy uslubda qanday gaplardan foydalanilmaydi?
A) so‘roq va buyruq gaplardan B) his-hayajon gaplardan
C) buyruq gaplardan D) darak gaplardan
Do'stlaringiz bilan baham: |