6-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Til vositalarining nutqda ishlatilish imkoniyatlari tilshunoslikning qaysi bo‘limida o‘rganiladi?
A) leksikologiyada B) grammatikada C) uslubiyatda D) dialektologiyada
2. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi?
A) adabiyotshunoslik B) qiyosiy tilshunoslik C) adabiy tanqidchilik D) tilshunoslik
3. Kishilik olmoshining 1-,2-shaxs ko‘pligi nutqda 1-,2-shaxs birligi o‘rnida qo‘llanganda qanday ma’no ifodalanadi?
A) olmoshlarga xos bo‘lgan umumiy ma’no ifodalanadi
B) uslubiy ma’no ifodalanadi C) grammatik ma’no ifodala-nadi D) leksik ma’no ifodalanadi
4. Uslubiy bo‘yoq, ta’sirchanlik mavjud bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
A) qizgina, qizcha, onajon B) kitobcha, suv, gazetxon
C) bolagina, o‘quvchi, qushcha D) onajon, ko‘zim, bosh
5. Tilning uslubiy vositalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) sinonimlar, omonimlar B) polisemiya, metafora C) epitet, metonimiya, sinekdoxa D) barchasi to‘g‘ri.
6. -lik qo‘shimchasi qaysi qatordagi so‘zga to‘g‘ri qo‘shilgan?
A) Yog‘liq ovqatni hazm qilish ancha qiyin bo‘ladi. B) Yaxshi odam beg‘ubor, keng fe’llik bo‘ladi. C) Berilgan gaplarning barchasida to‘g‘ri qo‘llangan. D) Shaharlik mehmonlar bilan salomlashdik.
7. Gapning davomini mantiqiy jihatdan eng muvofiq tarzda tugallaydigan qatorni toping? Pul topishning turli yo‘llariga kirish bilan...
A) teatrning shuhratini darrov tiklab bo‘lmaydi. B) teatrning shuhratini ertaga tiklab bo‘lmaydi. C) teatrning shuhratini tezda tiklab bo‘lmaydi. D) teatrning shuhratini aslo tiklab bo‘lmaydi.
8. Qaysi gapda qaratqich-aniqlovchi belgili qo‘llanishi kerak?
A) Jarang-jurung qadah ovozlari yangradi. B) Eski uyimiz yonida uch xonali yangi uy qurib oldik. C) Maktab binosi oldida to‘xtadik. D) Keksalar oppoq soqollari namlangan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |