9. Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigini qo‘llash mumkin?
A) Butun dalani o‘quvchilarning shovqini tutib ketdi. B) Dam oluvchilar tog‘ havosini maqtab ketishdi. C) Nima dedingiz? Gapingizni tushunmadim. D) Shoir yangi yozgan she’rini o‘qib berdi.
10. Qaysi gapdagi kelishik qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirib bo‘lmaydi?
A) Sizga atagan qo‘shiqlarim bor. B) Shu yo‘ldan yurib murodga yetdik. C) Saharlab shaharga yo‘l oldi. D) Ertaga yomg‘ir yog‘sa kerak.
6. Qaysi gapda paronimlar noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi. B) Ularning hayoti shunchaki bir ro‘zg‘or tebratish taxlitida o‘tdi.C) Bir asrga tatigulik yillarni bosib o‘tdik. D) Qadr bilmas qarindoshdan qadr qilgan yod yaxshi.
7. So‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud bo‘lgan gapni toping.
A) Qomatiga ishongan qaddini bukib ketadi, ko‘pchilikka ishongan maqsadiga yetadi. B) Shahidbek maxdumning mahalla ahllaridan bo‘lib, Xudoyorxon zakotchilarining biridir. C) Birpas bo‘shadi deguncha, kitob ustiga mukkalaydi. D) Kumushning bu daqiqadagi holini qalam bilan chizib ko‘rsatish, albatta, mumkin emas.
13. Rasmiy uslubga xos xususiyatni belgilang.
A) Ko‘p ma’noli so‘zlar ishlatiladi. B) Terminlar qo‘llanadi C) Ibora va jumlalar ma’lum qolipda bo‘ladi D) shevaga xos so‘zlar faol qo‘llanadi
14. So‘zning o‘z ma’nosidan ko‘chishi qaysi uslubda uchraydi?
A) rasmiy, ilmiy B) publitsistik, ilmiy C) badiiy, so‘zlashuv D) rasmiy, publitsistik
15. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
16. Tushum kelishigi qo‘shimchasi badiiy uslubda -n shaklida qo‘llansa, undan oldin qanday qo‘shimcha bo‘lishi kerak?
A) shaxs-son qo‘shimchasi B) ko‘plik C) egalik D) unli bilan tugagan so‘zlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, undosh bilan tugagan so‘zlarda bir unli orttiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |