17. Quyidagi gaplarning qay birida qo‘shimcha qo‘llashda xatolik mavjud?
A) Ibrohimning gunohini hammamizning gardanimizga yuklama. B) Men sizga aytsam, odamning yomoni bo‘lmaydi. C) Ibn Sinoga kasalning joni chiqmagan bo‘lsa bas, uni tuzatar edi. D) Radio karnayi orqali chaqirilib, bir necha yoshlar imtihon zaliga kirib ketishdi.
18. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin emas?
A) Qishdan ming mashaqqatda chiqib olishdi. B) Xatni qizil siyohda yozgan edi. C) Kecha poyezdda kelibdi. D) Xalq maqollarida chuqur zukkolik bor.
19. Qaysi gapda ko‘plik qo‘shimchasi ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan?
A) Soadatning qo‘llari chaqqon harakat qilar edi. B) Tumanli kunlarda muzlar erib, suvlar oqa boshladi. C) Yo‘q, akamdan naq balolarga qolaman. D) Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko‘plik sonda qo‘llanadi.
20. Qaysi qatordagi gapda o‘rin-payt kelishigi qo‘shimchasini ko‘makchiga almashtirish mumkin?
A) Yurakda jaranglar kuyi, ohangi. B) Biz paxtakormiz, suyagimiz mehnatda qotgan. C) Hali butun qishloq vazmin uyquda. D) Mayning to‘qqizida gilos pishdi.
21. Uslubiy jihatdan eng muvofiq so‘zlar orqali shakllangan gapni toping.
A) Ona diyorim, yer uzra toleing kulsin. B) Ona diyorim, yer ustida toleing kulsin. C) Ona diyorim, yer uzra baxting kulsin. D) Ona diyorim, zamin uzra toleing kulsin.
22. Quyidagi gaplarning qaysi biri uslub jihatdan qo‘pol shakllangan?
A) Qaysi biringiz rohat qilib, mehnatda o‘sdingiz? B) Butun hayotimni o‘qituvchilik ishiga bag‘ishlayman. C) Tug‘ishi yaqin bo‘g‘oz xotinlar ham ishga chiqmaydilar. D) Bizning sayohatimiz yetti kun davom etishi kerak.
23. Quyidagi gaplarning qaysi biri uslub jihatdan noto‘g‘ri shakllangan?
A) Ko‘zing og‘risa, qo‘lingni tiy, tishing og‘risa, tilingni. B) Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. C) SPID kasalligi bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. D) Jarohati og‘irligidan kasal tinmay ihrar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |