14. Quyidagi gaplarning qaysi birida ko‘plik qo‘shimchasi ortiqcha?
A) Bizning gilmoyalar Rossiya gilmoyalaridan tarkib jihatidan farq qiladilar. B) Tantanaga o‘zlari ham tashrif buyuribdilar-da. C) Dam olish kunlari dadamlar bizni sirkka yoki hayvonot bog‘iga olib boradilar. D) Olimlarimiz paxtaning tezpishar va kasallikka chidamli navlarini yaratish ustida ish olib bormoqdalar.
15. So‘zlamoq so‘zidan hissiy-ta’siriy bo‘yog‘i jihatdan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq
B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
16. Adabiy til uchun me’yor sanaladigan so‘zlarni toping.
A) inak, uy, o`jak B) dovuchcha, tuxum, chumoli, beshik
C) g‘o‘ra, qarinja, mayak D) taxya, uchak, shoti
17. Fikrning tushunarli bo‘lishiga nimalar vositasida erishiladi?
A) so‘zni to‘g‘ri qo‘llash B) so‘zdagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish C) gapda so‘zlarni tartib bilan joylash
D) barchasi to‘g‘ri.
18. Qaysi jumla noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Chigit ekildi. B) G‘o‘za terildi. C) Olma gulladi
D) Pomidor g‘arq pishgan.
19. Har qanday nutqning eng muhim belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
A) aniqlik va to‘g‘rilik B) ravonlik va soddalik
C) jozibalilik va tozalik D) barchasi to‘g‘ri.
20. Qaysi jumla noto‘g‘ri tuzilgan?
A) Qarorni yozildi. B) Salima turgan joyida turib qoldi.
C) Til xalqning tuganmas boyligidir. D) A va B.
21. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
22. So`z va grammatik shaklning gap ichida ravshanlashadigan tomonlarini aniqlang.
A) ma’nosi B) A,C. C) ijtimoiy qimmati D) aloqasi
Do'stlaringiz bilan baham: |