10. So‘zlamoq so‘zidan uslubiy jihatdan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
11. So‘zlamoq so‘zidan ovoz kuchi jihatidan farqlanadigan ma’nodosh so‘zlar berilgan qatorni toping.
A) shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq B) to‘ng‘illamoq, vaysamoq, ming‘irlamoq, javramoq C) irod etmoq, bayon etmoq D) barchasi uslubiy jihatdan farq qiladi.
12. Quyidagi gaplarning qaysi birida so‘z qo‘llash bilan bog‘liq nuqson bor?
A) Dasht havosi musaffo, yengil shabada kishiga orom beradi. B) U shahar tashqarisida bahaybatli dala hovli ham qurgan ekan. C) Qoratepa guzari dam olish kunlari juda gavjum edi. D) Cho‘l qovunlari pishay-pishay deb turibdi.
13. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan xato qo‘llangan?
A) Do‘stlikni ardoqlash kerak. B) Bolalik uy bozor, bolasiz uy mozor. C) Eshik ochiq bo‘lsa ham, so‘rab kir. D) Yoqimli shamol esa boshladi.
14. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga
15. Gaplarning qay birida uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Tilingni asra, boshing ketmasin. B) Sening Toshkentda o‘qishing kerak. C) Bu dunyoning ishlari qiziq: goh quvonasan, goh xafa bo‘lasan. D) Til – madaniyatimiz ko‘zgusi.
16. Qaratqich o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi noto‘g‘ri qo‘llangan gapni aniqlang.
A) Paxtani viltga chidamli xillarini yaratish ustida tajriba olib borayotgan olimlarni ko‘rdik. B) Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtagan adashur. C) Ongni eskirgan, g‘arazli maqsadlardan tozalash zarur. D) Otdan tushib, jilovini Ortiqqa berdi-yu, o‘zi direktorni molxonalar tomonga boshlab ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |