23. Novdalarni bezab g`unchalar,
Tongda aytdi hayot otini,
Va shabboda qurg`ur ilk sahar
Olib keldi gulning totini. Ushbu parcadagi qaysi salbiy ma’noli so`z ijobiy baho bildirgan?
A) otini B) totini C) qurg`ur D) hayot
24. Ritorik so`roq gaplar qanday gaplarga sinonim bo`ladi?
A) darak gaplarga B) undov gaplarga C) so`roq gaplarga D) A, B.
25. Nahotki u dunyoga kelib, durustroq niyat bilan yashamagan bo`lsa Oxiriga ataylab tinish belgisi qo`yilmagan ushbu gap qanday gapga sinonim bo`lishi mumkin?
A) darak gapga B) undov gapga C) so`roq gapga D) buyruq gapga.
26. Gulasalni nega tanimas ekanman Oxiriga ataylab tinish belgisi qo`yilmagan ushbu gap qanday gapga sinonim bo`lishi mumkin?
A) darak gapga B) undov gapga C) so`roq gapga D) buyruq gapga.
27. Aniqlovchining muhim uslubiy vazifasi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A) Shaxslarga ifodali va ta’sirchan bo`yoq berishdir.
B) predmetlarga ifodali va ta’sirchan bo`yoq berishdir. C) A,B
D) to`g`ri javob berilmagan.
28. Qaysi turkum bilan ifodalangan aniqlovchi majoziy ma’no kasb qiladi?
A) ot B) sifat C) sifatdosh D) olmosh
29. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz orttiriladi B) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz qabartiriladi C) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi boshqa shaxs va predmetga ko`chiriladi D) shaxs va predmetga tinglovchi-o`quvchining e’tibori tortiladi
30. Keltirilgan matnning uslubini toping. Oyijon, oyijon, boshginam og‘riydi-yo. (Qo‘shiqdan)
A) so‘zlashuv B) rasmiy-idoraviy C) ilmiy D) publitsistik
Do'stlaringiz bilan baham: |