2. Qo‘shimchalar noo‘rin qo‘llangan gaplarni toping.
A) Ulkan majburiyatni sharaf bilan bajarildi. B) Baxt har kimning o‘z didi va mezonidan C) Tuyaning ustidan turib, pichan o‘rib bo‘lmaydi D) Barcha gaplarda qo‘shimchalar noo‘rin qo‘llangan.
3. Quyidagi misolda qanday holat ifodalangan? Telefon orqali so‘zlashmoq – telefonda so‘zlashmoq.
A) ko‘makchili boshqaruv B) kelishikli boshqaruv C) ko‘makchi va kelishik sinonimiyasi D) so‘z birikmasi
4. Portlovchi izotrop o‘yinchoqlarni xorijdan qandaydir yo‘llar bilan keltirilayotgani haqida ko‘p yozilmoqda. (Gazetadan) Mazkur gapda qaysi kelishik bilan bog‘liq uslubiy kamchilik mavjud?
A) bosh kelishik B) tushum kelishigi C) qaratqich kelishigi
D) jo‘nalish kelishigi
25. Ajratilgan bo`laklarning uslubiy xususiyatlari noto`g`ri berilgan javobni toping.
A) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz orttiriladi B) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi odatdagidan bir oz qabartiriladi C) Ajratilgan bo`laklar yordamida shaxs va predmet belgisi boshqa shaxs va predmetga ko`chiriladi D) shaxs va predmetga tinglovchi-o`quvchining e’tibori tortiladi
23. 1. Unda-bunda bulbulning ovozi eshitilardi. 2. Unda-bunda katta osma chiroqlar charaqlaydi. 3. Unda-bunda biznikiga kelib turadi. 4. Unda-bunda ko‘zga tashlanayotgan daraxtlar shu atrofda suv borligidan dalolat berardi. Ushbu gaplarning qay birida juft so‘zlar payt ma’nosini bildiradi?
A) 1,2 B) 1,3 C) 3 D) 1,2,3,4
24. Shaxsi ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bo‘sh-bayov ekansizlar. Jilla bo‘lmasa, mol-mulkini o‘z qo‘llaringga o‘tkazib ololmadinglar. B) Lenada zolim podsho ishchilarni qoniga bo‘yagan edi. C) Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi: - Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? D) Oyimxonni chaqiradilar.(A.Qod.)
Do'stlaringiz bilan baham: |