13. Quyidagi gapda yo‘l qo‘yilgan uslubiy xatoning qaysi nisbatga aloqadorligini belgilang. Bu maqolada Turkiston xalqlarining birligi aniq misollar bilan asoslanib berilgan.
A) Aniqlik nisbat bilan o‘zlik nisbatiga B) o‘zlik nisbati bilan birgalik nisbatiga C) Aniqlik nisbat bilan majhul nisbatga D) majhul nisbat bilan o‘zlik nisbatiga
14. So‘z va gaplarning uslubiy bo‘yog‘ini ochish uchun qo‘llanadigan sintaktik va boshqa vositalar berilgan qatorni ko‘rsating.
A) qo‘shma gaplar, so‘z birikmalari, ko‘chirma gaplar B) xalq maqollari, matallar, iboralar C) ritorik gaplar, izohlovchilar, sifatlashlar. D) A, B, C
15. Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ochiq ko‘zga tashlanadi. Ushbu gap uslubiy jihatdan adabiy me’yorga javob beradimi?
A) Gapda so‘z tartibi bilan bog‘liq xato bor. B) Gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor C) Gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xato bor. D) Berilgan gapda adabiy me’yor buzilmagan
16. Uyushiq bo‘laklar qatori xato tuzilgan gaplarni aniqlang.
A) Undan sal nordon va shirin hid kelardi. B) Iste’dodli adib ko‘p asarlar va dramalar yozdi. C) Gullagan vodiy va kishnagan toying go‘zal. D) A,B,C
17. Qaratqich o‘rnida sifatlovchi aniqlovchi qo‘llangan qatorni toping.
A) Onalar poyiga tiz cho‘k o‘shal on .... B) Bahordagi sarin yellar yosh qalblarda chuqur iz qoldiradi. C) Kishiga barcha narsani hayot o‘rgatadi. D) Ko‘ngilni ochish uchun tez-tez lola sayliga chiqib turish lozim.
18. Tovushlar va qo`shimchalar, lug`atning hamma qatlami nimada ma’lum bir ma’no ifodalaydi?
A) so`z birikmasida B) jumlada C) matnda D) A, B.
19. Qaysi qatordagi gapda shaklan uchinchi shaxsni ko‘rsatuvchi fe’l ikkinchi shaxsga qaratilib, shaxsi ma’lum gapning grammatik asosi bo‘lib kelgan?
A) Oriyatsiz odamdan qoch. B) Kiyimiga qarab kutib olib, aqliga qarab kuzatib qo‘yishadi. C) O‘zlarini soya-salqinga olibdilar-da!
D) Hozir bu hodisani so‘zma-so‘z aytib berolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |