1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi


Download 0.72 Mb.
bet113/135
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1199494
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Bog'liq
1 Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon

16. Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapidagi noo‘rin qo‘llangan so‘zni toping.
A) bir chekkaga B) buldozer C) yiqilay D) surib
17. Quyidagi birliklarning qaysi biridan nutqda har gal tayyor material sifatida foydalanamiz? 1) so‘z; 2) qo‘shma so‘z; 3) so‘z birikmasi; 4) ibora (frazeologik birlik).
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4 D) 1, 4
18. Qaysi qatordagi gapda paronimlarning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Shu kecha unga boshpana berib, qurut ayron bilan mehmon qildilar. B) Hamma jim, o‘z ishi bilan band, hech kimdan sazo chiqmadi. C) To‘rt devor asiri bo‘lib o‘tirishdan cho‘lga borib ishlashni afzal ko‘rdi. D) Ot chopsa gumburlar tog‘ning darrasi, Botirni ingratar nayza yarasi.
19. Qaysi qatorda yondosh o‘rnida uning paronimi qo‘llangan?
A) Yo‘lga yondash anhor shovillab oqardi. B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. (Maqol) C) Masalaga to‘g‘ri yondashmoq kerak.
D) Durdona dugonalariga yondashib, soy bo‘yiga yo‘l oldi.
20. Quyidagi sinonim so‘zlardan qaysi birida salbiy bo‘yoqdorlik kuchli?
A) irshaymoq B) tirjaymoq C) iljaymoq D) ishshaymoq
21. Qaysi gapda so‘z qo‘llashda uslubiy xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) Brigada a’zolari tunda tashna g‘o‘zalarni suvga qondirib sug‘orishyapti. B) U ko‘rinishidan turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. C) Cho‘ponlar ozg‘in qo‘ylarning parvarishiga alohida e’tibor bermayotirlar. D) barcha gaplar uslubiy jihatdanno to‘g‘ri.
22. Qaysi qatorlarda ijobiy bo`yoqdor so‘zlar berilgan?
A) mazali, husn, qonmoq, ko‘karmoq B) ayb, ayyor, kambag‘al, o‘jar C) jamol, alomat, miriqmoq, bejirim D) A,C
23. Qaysi qatordagi gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor?
A) Pirnafas aka qumda bod kasalini tamoman yo‘qotayozgan edi. B) Xotin-qizlar paxta oralaridagi yot o‘tlarni terayotgan edi. C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. D) U ko‘cha tomonga qaragan edi, dutor, tanbur, g‘ijjak, nay, doira ko‘tarib kelayotgan kishilarga ko‘zi tushdi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling