1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi


Download 0.72 Mb.
bet1/135
Sana15.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1199494
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135
Bog'liq
1 Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishon


1-VARIANT (USLUBIYAT)
1. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho‘kiz sig‘ishiga aql ishonmasligi to‘g‘risida kishilarga gap ma’qullaydi. Ushbu gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qaysi kelishik bilan ma’nodosh (sinonim)lik munosabatida bo‘lishi mumkin?
A) tushum kelishigi bilan B) faqat orqali ko‘makchisi bilan C) o‘rin-payt kelishigi bilan D) jo‘nalish kelishigi bilan
2. Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin?
A) Yigitlar, mehmonlarni o‘lka bo‘ylab kezdiring va bog‘imizni ko‘rsating. B) Biz yaxshi tayyorlandik va birinchi g‘alaba qo‘lga kirdi. C) Kasalning kelishi oson, lekin ketishi ancha qiyin.
D) Tig‘ yarasi tuzaladi, lekin dil yarasi tuzalmaydi.
3. III shaxs birlik son shakldagi birgalik nisbat fe’li qanday shakldagi fe’lga manodosh(sinonim) bo‘lib keladi?
A) III shaxs birlik son shakldagi aniq nisbat fe’liga B) harakat nomi shaklidagi fe’lga C) II shaxs birlik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga D) III shaxs ko‘plik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga
4. Cho‘ponlar oriq qo‘ylarni parvarishiga alohida e’tibor bermaYotirlar. Ushbu gapda qanday uslubiy xato mavjud?
A) ko‘plik qo‘shimchalari bilan bog‘liq xato B) so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato C) imlo bilan bog‘liq xato D) kelishik qo‘shimchasi bilan bog‘liq xato
5. Ko‘plikdagi kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ko‘rsatuvchi olmosh o‘rnida kelishi mumkin?
A) II shaxs ko‘plikdagi olmosh B) I shaxs ko‘plikdagi olmosh C) har uchala shaxsdagi ko‘plikdagi olmoshlar D) III shaxs ko‘plikdagi olmosh
6. Quyidagi sinonimik so‘zlarning qaysi biri so‘zlashuv uslubiga xos?
A) qadrdon B) ahil C) totuv D) qalin
7. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri faqat yozma nutqqa xos?
A) ichmoq B) no‘sh etmoq C) ko‘tarmoq D) tortmoq

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling