9. Quyidagi gaplarning qaysi birida mantiqiy nomuvofiqlik bor?
A) Bemorga uch mahal dori berib turdim. B) Dasht o‘rtasida bir tog‘ cho‘qqisi ko‘rindi. C) Bir burda non bir-birisiz tomog‘idan o‘tmasdi. D) Bir og‘iz gapim bor, shuni aytmoqchi edim.
10. U sofdilligi, ko‘ngilchanligi tufayli beixtiyor bu nokasga barini aytdi. Shuni aytadilarda ... deb. Nuqtalar o‘rniga quyidagi maqollardan qaysi birini qo‘yish mumkin?
1) rostga zavol yo‘q; 2) dilda bo‘lsa, tilga kelar; 3) dili pokning ishi pok; 4) dili bo‘shning tili bo‘sh 5) betga aytganning zahri yo‘q; 6) o‘zi to‘g‘rining so‘zi to‘g‘ri.
A) 4,6 B) 4 C) 1,2,3,4,6 D) 2,3,5,6
11. Quyidagi birikuvlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
1) kamchilikka erishmoq; 2) muvaffaqiyatsizlikka erishmoq;
3) mutlaqo to‘g‘ri; 4) shirin xotira.
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 1 D) 1,2
12. Qaysi qatordagi gap uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Hovlimizda olma va pomidorlar g‘arq pishdi. B) Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ko‘zga ochiq tashlanadi. C) Katta ko‘chadan tinimsiz odamlar oqimi o‘tardi. D) A, B, C.
13. So‘z va gaplarning uslubiy bo‘yog‘ini ochish uchun qo‘llanadigan sintaktik va boshqa vositalar berilgan qatorni ko‘rsating.
A) qo‘shma gaplar, so‘z birikmalari, ko‘chirma gaplar B) xalq maqollari, matallar, iboralar C) ritorik gaplar, izohlovchilar, sifatlashlar. D) A, B, C
14. Lo‘ppi-lo‘ppi ko‘saklar ochiq ko‘zga tashlanadi. Ushbu gap uslubiy jihatdan adabiy me’yorga javob beradimi?
A) Gapda so‘z tartibi bilan bog‘liq xato bor. B) Gapda so‘z qo‘llash bilan bog‘liq xato bor C) Gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq xato bor. D) Berilgan gapda adabiy me’yor buzilmagan
Do'stlaringiz bilan baham: |