1. Kirish adbiyotlar tahlili va metodologiya


Download 218.42 Kb.
bet4/4
Sana07.05.2023
Hajmi218.42 Kb.
#1438465
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati-fayllar.org

· Televideniye


· Oʻzbekistonda televideniye birinchi marta 1956-yilda Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibida boʻlganida joriy etilgan. Birinchi milliy telekanal Oʻzbekiston boʻlib, u Oʻzbekiston translyatsiyasi boshlangan paytdayoq joriy etilgan. Rangli televizor ham 1970-yillarda paydo boʻlgan. Oʻsha paytlarda „Oʻzbekiston“ yagona telekanal boʻlib, kuniga bir necha marta efirga uzatilardi. Oʻzbekistonning birinchi xususiy televideniyesi STV 1991-yil 15-mayda oʻz faoliyatini boshlagan.
· 2005-yilda 30 dan 40 tagacha mustaqil telekanallar faoliyat koʻrsatgan, biroq Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat telekanali bozorda hukmronlik qilgan. Jonli dasturlashga ruxsat berilmaydi. Shunday boʻlishiga qaramadan bugungi kunda barcha xususit telekanallar jonli efir olib borishmoqda va unga qonuniy cheklov qoʻyilmagan.
Oʻzbekistonning birinchi va yetakchi raqamli platformasi Uzdigital 2009-yilda ishga tushirilgan. 2013-yilda tijorat asosida HD formatidagi yuqori aniqlikdagi televidenie ishga tushirildi. Uzdigital yaqinda Zoʻr TV HD, MY5 HD, Sevimli HD, Kinoteatr HD, Milliy HD va UzHD kabi oʻzining HD kanallarini ishga tushirdi.
· 2012-yil sentyabr oyida tomoshabinlar soni 1 millionga yetdi.
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari senzura qilganlik, jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilganlik, uning so`rov va axborot olish huquqini buzganlik, jurnalistga tazyiq o`tkazganlik va faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikka tortiladilar. jurnalistning materiallari va texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish mumkin emas. jurnalist sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilish, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.
o`zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning axborot olish huquqi maxsus qonunlar bilan ham mustahkamlab qo`yilgan. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan o`zbekiston respublikasining «axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida»gi qonuni bevosita ushbu huquqni amalga oshirish bilan bog`liq masalalarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan va qabul qilingan. ushbu qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosbatlarni tartibga soladi.
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o`zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga dahldor bo`lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e'lon qilish va tarqatish yo`li bilan ta'minlanadi2[17].
davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirlardan iborat axborotni berishi mumkin emas. davlat organlarining, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi hatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
o`zbekiston respublikasi prezidenti i.karimovning 2005 yil 28 yanvardagi oliy majlis qonunchilik palatasi va senatining qo`shma majlisida nutqida beshta ustuvor vazifalaridan biri etib, “ o`zbekistonda demokratik jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta'minlashning g`oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir” etib belgilandi. ommaviy axborot vositalarini jamiyatdagi o`rni yanada oshirish, ularni iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash muhim vazifalardandir.
o`zbekiston respublikasi oliy kengashining axborotnomasi, 1993 yil 5-son, 232-modda.demokratik jamiyat taraqqiyotini ommaviy axborot vositalaridan ayricha holda tasavvur etib bo‘lmaydi. demokratik jamiyatning o‘ziga xos xususiyatlarini, inonparvarlik mazmun-mohiyatini, rivojlanish qonu-niyatlarini, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, siyosiy asoslarini om-ma ongiga etkazish va targ‘ib-tashviqot etishda matbuot, radio va televi-deniyaning, barcha axborot vositalarining tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. mamlakatimiz xalqlari, millatlari va har qaysi fuqaroning islohot-larni amalga oshirish va hayotga joriy etishdagi ijtimoiy-siyosiy faolligi-ni kuchaytirish, bilim saviyasi, madaniyatini-ma’naviyatini o‘stirish,onggi, tafakkuri, dunyoqarashi, intellektual salohiyatini yuksaltirish bo-rasida ommaviy axborot vositalari nechog‘lik ahamiyat kasb etayot-ganligini har birimiz o‘zimizning ijtimoiy va shaxsiy hayotimiz misolida aniq-ravshan ko‘rib-bilib, chuqur his etib turibmiz. hozirgi paytda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik jamoat-chilik fikrining holatiga etarli darajada bog‘liq bo‘lib turibdi. jamoat-chilik fikri shakllanishida ommaviy axborot vositalariga keng o‘rin beri-ladi. “ommaviy axborot vositalari mamlakatda yuz berayotgan jarayon-larga turlicha qarashlarda erkin va holis vositachi bo‘lishi va muhimi, inson hamda jamiyat manfaatlarining faol va izchil himoyachisi bo‘lishi uchun professional jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodim-larini tayyorlash jarayonini qayta ko‘rib chiqish, axborot olish, tahlil qi-lish, ishlash va etkazishning zamonaviy usullarini va vositalarini o‘z-lashtirishda ularga yordam berish zarur”.ommaviy axborot vositalari orqali insonlar siyosiy ijtimoiy, iqtiso-diy, madaniy hayotda hamda dunyo hamjihatligi, davlatlararo munosa-batlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan voqif bo‘ladi, uni idrok etadi, ularga o‘z munosabatini bildiradi. ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli oshib bormoqda. bugungi taraqqiyotimizni, hayot tarzimizni, barqaror inson tarbiyasini, shaxsning g‘oyaviy-siyosiy, madaniy-ma’-naviy va aqliy axloqiy kamolotini ommaviy axborot vositalarisiz tasav-vur etolmaymiz. davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan o‘zbekiston res-publikasi uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyatini va ularning samarali ishlashiga yordam beradigan mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish, huquqiy asosini yaratish muam-mosi dolzarbdir. asosiy qonunimizning o‘n beshinchi bobi “ommaviy axborot vositalari” deb atalishida juda katta ma’no-mazmun bor. bu bob mazmu-nan chuqur bo‘lgan bittagina moddadan iborat. ya’ni “ommaviy axbo-rot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. tsenzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” deb belgilangan (67-modda). “mazkur qoidaning asosiy qonun darajasida mustahkamlangan-ligi, birinchidan, fuqarolarning o‘z fikrlarini erkin tarzda matbuotda, radio, televidenie orqali yozma yoki og‘zaki chiqishlarda ifodalash huquqini kafolatlasa, ikkinchidan, ommaviy axborot vositalariga berilgan benazir ahamiyat, yuksak e’tibordir. ushbu konstitutsiyaviy bitikda uchta muhim prinsip: ommaviy axborot vositalarining erkinligi, ular faoliyatida qonun ustuvorligi hamda tsenzura qilishga yo‘l qo‘ymaslik o‘z ifodasini topgan. ayni vaqtda axborotning haqqoniyligi uchun mas’uliyat yuklanib, yuridik javobgarlik belgilanishi nazarda tutilgan. bundan ko‘zlangan maqsad ommaviy axborot vositalari tomonidan ehtirosga berilish oqibatida nojo‘ya axborot tarqatilishining oldini olish, ularga chek qo‘yishdir”.qonunga ko‘ra, o‘zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, qonunga muvofiq ishlaydi. o‘zbekiston respub-likasi oliy majlisining 1997 yil 26 dekabrda “o‘zbekiston respublika-sining ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi yangidan qabul qilgan qonunida ommaviy axborot vositalari xodimlarining mustaqilligi, erkin-ligi, respublika konstitutsiyasi va ushbu qonun asosida faoliyat yuritish-lari mustahkamlab qo‘yilgan. ommaviy axborot vositalarining erkinligiga erishish asosida: – ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik fikri xilma-xilligi, in-son e’tiqodlari va qadr-qimmatiga hurmat bilanmunosabatda bo‘lish; – axborotni tsenzuradan, mafkuralashuvdan to‘liq xalos bo‘lishini nazarda tutgan holda aholi va jamiyatning xolis, ishonchli va xilma-xil axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; – aholini ommaviy axborot vositalari yordamida demokratlashti-rishni chuqurlashtirish, umuminsoniy qadriyatlarga, keng yoyilgan ma’naviyat va ma’rifat g‘oyalariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash jarayonlarini keng jalb qilish imkoniyati vujudga keladi. bu huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda juda muhim bo‘lib, konstitutsiyaviy tuzumning mustahkam bo‘lishini ta’minlovchi vositalardandir.o‘zbekiston respublikasining qonunlar majmui ommaviy axborot vositalarining huquqlari va erkinliklari kafolatlari bilan bir qatorda ular tomonidan tarqatilgan axborot uchun javobgarlikni ham belgilaydi. konstitutsiyaning 67-moddasida davlatimiz tarixida birinchi marta qayd qilinganidek, “...ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”. ommaviy axborot va muxbirlarning kasbini muhofazasi to‘g‘risidagi qonunlarda ham so‘z erkinligini suiiste’mol qilishga va tekshirilmagan axborotning tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida alohida ta’kidlangan. qonunlarda belgilab qo‘yilganidek, noxolis yoki bila turib, yolg‘on xabar tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. xolislik o‘rniga noxolis yo‘l tutish, uydirma va bo‘xtonlarni tarqatish, haqiqatni soxtalashtirish, ig‘vo, fisq-fasod bilan shug‘ullanish ommaviy axborot vositalarining obro‘siga putur etkazadi, jurnalistlar sha’niga to‘g‘ri kelmaydi. keng jamoatchilik ishonchli va e’tiqodidan mahrum bo‘lish, el-yurt nazaridan qolish har bir inson, har qaysi
jurnalist uchun juda katta yo‘qotish, juda katta fojia va baxtsizlikdir. jurnalist hamisha va har doim, har qanday vaziyatda ham yuz bergan voqea va hodisalarni aniq dalillar va manbalarga tayanib, hissiyotlarga berilmasdan, g‘arazgo‘ylik qilmasdan qanday bo‘lsa o‘shandayligicha sharhlab, izohlab, ommaga etkazishi kerak. shu joyda prezidentimizning quyidagi qimmatli fikrlarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: “biz jurnalistning o‘z fikrini bayon etish, dalillarni qanday tushunsa, shundayligicha talqin qilish huquqiga hurmat bilan qaraymiz, lekin barcha uchun birdek qat’iy bir qoida mavjudki, jurnalist har qanday vaziyatda ham aniq dalillarga tayanishi
lozim. yana bir bor aytaman: sizlar biron-bir voqeani turlicha talqin qilishingiz mumkin, biroq jurnalistning doimiy va o‘zgarmas qoidasiga rioya etishingiz shart, sizlar faqat dalillarga,dalillarga va yana bir bor dalillarga asoslanishingiz kerak”.darhaqiqat, ommaviy axborot vositalari – gazetalar, jurnallar, radio-televideniyaning jamiyat a’zolariga ta’sir kuchi nihoyatda katta. ommaviy axborot vositalari bizning mamlakatimizda haqli ravishda “to‘rtinchi hokimiyat” deb ataladi. ommaviy axborot vositalarini “to‘rtinchi hokimiyat” deb atalishi to‘g‘ri ma’noda emas, balki ko‘chma ma’nodadir. “to‘rtinchi hokimiyat”, xuddi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati kabi, jamiyatning turli sohalari faoliyatini tahlil etadi, nazorat qiladi, ularni boshqarish va tashkiliy tomonlarini o‘rganadi. bu boradagi kamchiliklar va xatolarga ommani, hokimiyat tarmoqlarining diqqatini jalb etib, jamiyat taraqqiyotini tezlatishga, dolzarb masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etilishiga ko‘maklashadi, mamlakat rahbariyatiga ichki va boshqa siyosat, iqtisod va madaniyat-ma’naviyat sohasida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun zamin tayyorlab, xalq ommasi fikri va harakatlariga ijobiy yo‘nalish beradi. shu yo‘l bilan aholi ommaviy axborot vositalari orqali davlatni boshqarishda qatnashadi va undan qo‘shimcha vosita sifatida foydalanadi. ayni vaqtda hokimiyat ham o‘z siyosatini tushuntirish, keng ommaga etkazishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanadi.

XULOSA


  • XULOSA

  • Bugungi kunda OAV ni davlatimiz rahbari shaxsan o'zi qo'llab-quvvatlamoqda. 2020-yil 27-iyun kuni nishonlanadigan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrigi davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.

  • "Eng asosiysi, ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli o'zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarga davlat idoralari va jamoatchilik e'tiborini qaratmoqda", — deya qayd etildi tabriknomada. Shavkat Mirziyeyov bo'lg'usi jurnalistlar chuqur bilim va kasb mahoratini, ona tili bilan birga chet tillarni, faol fuqarolik pozitsiyasini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, notiqlik malakasini puxta egallashlariga alohida e'tibor qaratishi kerakligini bildirdi.

Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda "xalqimizning boy ma'naviy merosiga tayansak", bu ish yanada samaraliroq bo'ladi. Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug' alloma va publitsist Mahmudxo'ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.


  • Xabarda aytilishicha, agar yuqori malakali kadrlar tayyorlashda "xalqimizning boy ma'naviy merosiga tayansak", bu ish yanada samaraliroq bo'ladi. Jadidlar merosi, shu jumladan bu yil 145 yillik tavallud sanasi keng nishonlanayotgan ulug' alloma va publitsist Mahmudxo'ja Behbudiyning milliy jurnalistika maktabi ayniqsa muhim ahamiyatga ega.

  • Hozirgi kunga kelib O'zbekistonda ko'pchilikning e'tiborini o'ziga jalb qiluvchi muammoning yoki voqeaning xabari matbuotda chiqqanidan so'ng omma ichida qanday ijtimoiy rezonans yaratganini talqin qilish jarayoni jurnalistlarimizdan ulkan kasbiy mahorat talab qiladigan eng muhim ishlardan biri bo'la boshladi. O'zbekistonlik jurnalistlar tomonidan mustaqil jurnalistik tadqiqotlar olib borilib, jamiyatimizdagi mavjud muammolarning tafsiloti mutasaddilar oldiga ko'ndalang qo'yish ishlari qanday amalga oshirilishini ommaga yoritish evaziga aholi orasida huquqiy savodxonlik rivojlanishi turgan gap. Natijada jamiyatimizdagi vaziyat hozirgidan mutlaqo boshqacha ijobiy tus olishi aniq.

Download 218.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling