1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Go‘ngning tarkibi
Otxona, molxona va qo'ralardan chiqqan ho'l go'ngning tarkibida o'simlikka zarur bo'lgan moddalarni hammasi, masalan, 75% suv, 21% organik moddalar, 0,5% azot, 0,25% fosfor, 0,6% kaliy va boshqa elementlar bor. Go‘ngning tarkibi va o'g'itlik xususiyati chorva mollarining turiga, ovqatining xiliga va mol tagiga solinadigan to'shamaga bog‘liq. Hayvonlarning qattiq va suyuq holatdagi ajratmalarining tarkibi turlicha bo'ladi. Hayvonlarga beriladigan yem-xashagidan go‘ng tarkibiga o'rtacha 40% organik modda, 80% fosfor, 50% azot va 95% gacha kaliy o'tadi. Lekin hayvonning yoshiga va ovqatining xilma-xilligiga qarab, go ‘ngga o'tadigan moddalarning ma’lum miqdori o'zgarib turadi. Hayvonlarga yuqori konsentrlangan yem-xashak berilsa, ularda oqsil moddasi shunchalik ko‘p bo'ladi. Natijada go‘ngning tarkibida azot va fosfor ko'p to'planadi. Ilmiy tadqiqot institutlarning ma’lumotlariga qaraganda (sobiq VIUA) hayvonlarga berilayotgan yemlarning miqdori va sifatiga qarab ulardan olinadigan qattiq va suyuq ajratmalar har xil miqdorda bo'ladi. Ot, qo‘y-echki va qoramollarda qattiq ajratmalar suyuq qismiga nisbatan ko‘p to ‘planadi. Cho'chqalarda esa buning teskarisi-qattiq qismiga nisbatan suyuq ajratmalari ikki marta ko‘p bo‘ladi. Qoramolning ajratmalarida quaiq qoldiq, azot, fosfor, kaliy va boshqa elementlar boshqa hayvonlarning ajratmalariga nisbatan ancha kam bo‘ladi. Ot va qo‘y-echkilarning go'ngi quruq modda, azot, fosfor va boshqa elementlarni ko‘p tutishi sababli to'plangan joyida o‘zidan ko‘p issiqlik ajratib chiqaradi. Bu go‘ng ≪issiq≫ go‘ng deyiladi. Bunday go‘ng parniklami isitishda va parchalangan organik o ‘g‘itlar tayyorlashda ishlatiladi. Qoramol va cho‘chqa ajratmalaridan hosil bo'lgan go‘ng tarkibida suvni ko‘p tutishi va oziqa elementni kam tutishi sababli u sekin parchalanadi. Harorat sekinlik bilan ko‘tarilishi sababli u ≪sovuq≫ go’ng deb ataladi. Go‘ngning me’yori uning sifatiga va miqdoriga, eqiladigan ekinlar turiga va tuproq unumdorligiga bog'liq. 0‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, go‘ng bilan azot, fosfor, va kaliyni birga qo‘shib ishlatilganda hosildorlik 20—60% ga oshgan. Go‘ng tarkibidagi quruq organik moddaning gumusga aylanish koeffitsientini 0,2% deb olsak, namligi 70% bo'lgan 1 tonna go‘ng tuproqda 60 kg chirindi hosil bo'lishini ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, tuproqda chirindi tanqisligini bartaraf etishda go‘ng eng samarali, boy manba hisoblanadi. Biroq sug‘oriladigan har bir gektar yerda kamida 1000—1200 kg chirindi bo'lishini ta’minlash va qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun har yili gektariga 18—20 t dan go'ng solinishi kerak bo‘ladi. Undan tashqari, tuproqda chirindi yetishmasligini bartaraf qilishda paxta-beda almashlab ekishni joriy etish yo‘li bilan bu muammoni hal qilish mumkin bo'ladi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling