1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


To‘shamali go‘ngni saqlash jarayonida yuz beradigan o'zgarishlar


Download 257.52 Kb.
bet34/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

To‘shamali go‘ngni saqlash jarayonida yuz beradigan o'zgarishlar
Mikroorganizmlar ishtirokida go'ngni saqlash jarayonida hayvonning qattiq axlatlari va to‘shamalaming parchalanishi natijasida ancha oddiy mineral birikmalar (xususan, ancha murakkab oqsil moddalardan ammiakli azot) ning hosil bo'lishi va ikkilamchi sintez jarayonlarining ro'yobga chiqishi, masalan, ammiakli azotning mikroorganizmlar oqsillariga aylanishi yuz beradi. Ammiakli azotning bir qismi amid shakliga o‘tadi. Hayvonlarning suyuq ajratmalari tarkibida mochevina C02(NH2)2, gippur kislota C6H5CONH CH2COOH va siydik kislota C5H4N403 bo’ladi. Ulardan go'ngni va shaltoqli go‘ngni saqlash jarayonida mochevina tez parchalanadi, undan biroz sekin gippur kislota, undan ham sekinroq siydik kislotasi parchalanadi. Mochevina urobakteriyalar tomonidan ishlab chiqariladigan ureaza fermenti ta ’sirida tezda ammoniy karbonatga aylanadi:
CO(NH2)2 + 2H20 = (NH4)2C03
Ammoniy karbonat beqaror birikma bo‘lib, u tezda ammiak, karbonat angidrid va suvga parchalanadi:
(NH4)2C03 -≫ 2NH3 + C02 + H20
Gippur kislota dastlab benzoyt kislota va aminosirka kislotaga parchalanadi:
C6H5CONH - CH2COOH + H20 -> C6H5COOH+ CH2NH2-COOH
Hosil bo’lgan aminosirka kislota, o'z navbatida, ammiakni ajratib sirka kislota yoki oksisirka kislotaga parchalanadi:
CH2-NH3-COOH+H2O CH2OH -COOH + NH3
Siydik kislotani almashinuvi oldin mochevina va keyinchalik ammoniy karbonat hosil bo'lishi orqali yuz beradi:
C5H4N403 + O + H20 C4H6N403 + C02;
allantoin yoki glioksildiursid
C4H6N403 +2H20 2CO(NH2)2 + H -CO -COOH
glioksil kislota
CO(NH2)2 + 2H20 (NH4)2C03
(NH4)2C03 2NH3 + C02 + H20
Shunday qilib, hayvonlarning suyuq ajratmalarini azotli birikmalari alohida yoki go’ng bilan birgalikda saqlash jarayonida erkin ammiakgacha parchalanishi mumkin. Go’ngni noto’g’ri saqlaganda yanada ko'p yo'qotiladi. Torfli to'shamadan foydalanilganda, hosil bo’lgan ammiak torf tomonidan yutilishi mumkin:
[torf| H + NH3 = [torf] NH4 yoki
[torf] H + NH4OH = [torf] NH4 + H20
To'shamali go'ngning parchalanishi jarayonida katta yutilish sig'imiga ega bo'lgan organik kislotalar hamda chirindi moddalari hosil bo'ladi. Bu moddalar xususan ammiakni yutadi va shu yo'l bilan uning bug'lanib chiqib ketishining oldini oladi. Go‘ngda organik kislota ko‘p miqdorda to'planishi uning parchalanishi jadal bo‘lmaganida kuchli bo'ladi. Parchalanish ancha jadal yuz berganda, masalan, aeratsiya kuchli bo'lganda, go'ngda ammiakni ushlab qoluvchi moddalar kam qoladi. Go'ngda parchalanish jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid ham erkin ammiak hosil bo'lishini kamaytiradigan muhim omil hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganidek, go'ng tarkibidagi mikroorganizmlarning faoliyati natijasida hosil boiadigan ammiakli azot qisman organik birikmalar tarkibiga o'tadi. Shuning uchun mikroorganizmlarning sintetik faoliyatini kuchaytirishga oid sharoit yaratish (masalan, to'shama miqdorini ko'paytirish) go'ngni saqlash jarayonida yuz beradigan azotning yo'qolish miqdorini kamaytiradi. Molxonalarda to'shamani odatdagi me’yori solinganda, u tomonidan suyuq ajratmalarning hainmasi vutilinaydi.
Yutilmagan suyuq ajratmalarni shaltoq to'plovchi chuqurlarga to'plash zarur. Mustahkam yopiladigan shaltoq to'plovchi chuqurchalarda havo kam bo'lgan sharoitlarda va uning karbonat angidrid hamda suv bug'lar bilan to'yinish darajasi yuqori bo'lgan sharoitda shaltoq va shaltoq chuquri qopqog'i o'rtasidagi oraliqda ammiakni o'qolish miqdori ancha kam bo'ladi. Axlat va to'shama organik moddalarining parchalanish tezligiga qarab, ikki guruhga bo'lish muinkin. Birinchi, ulush jihatidan kam miqdorni tashkil qiladigan, o'ziga oson parchalanuvchi moddalarni:
shakar, kraxmal, peptozalar, pektin, organik kislotalarni biriktiradigan guruh hisoblanadi.
Bu moddalarning parchalanishi kislorod ishtirokida juda tez yuz beradi va harorat 60—70°C gacha ko'tariladi. Ikkinchi guruhning tarkibi kletchatka va boshqa shunga o'xshash sekin parchalanuvchi organik moddalardan iborat bo'ladi. Birinchi guruh moddalarining miqdori qancha ko'p bo'lsa parchalanish tez yuz beradi. Go'ngdagi azotsiz organik moddalarni parchalanishi asosan saqlash ja ray o n id a , tuproqqa solishgacha yuz berishi ancha inuhimdir.
Aksincha, azotning mikroorganizmlar tomonidan kuchli biologic yutilish xavfi tug'iladi va shunga bog'liq holda o'simlikning azotli oziqlanishi yomonlashuvi yuz beradi. Go'ngning azotsiz organik moddalari kislorodning moiligida (aerob bakteriyalar ta ’sirida) karbonat angidrid va suvga parchalanadi:
(C6H10O5)n + n602 + nH20 n (6C02 + 5H20)
Kislorodsiz sharoitda (anaerob mikroorganizmlar ishtirokida) azotsiz moddalar metan va S 0 2 gacha parchalanadi:
(C6H10O5)n + nH20 -> n(3CH4 + 3C02)
Aerob sharoitda go'ngdagi organik moddalarning parchalanishi kislorodsiz sharoitga nisbatan tezroq vuz beradi. Go'ngning miqdori uni saqlash jarayonida karbonat angidrid, metan, suv bug'larining ajralishi va havoga chiqib ketishi tufayli kamayadi. Bunda quruq modda miqdorining kamayishi azotning kamayishiga nisbatan tezroq yuz beradi. Shu narsaga bog'liq holda parchalanish tufayli go'ngda faqat fosfor va kaliyninggina foiz miqdori ko'payib qolmasdan balki, azotning foiz miqdori ham ko'payadi To'shamali go‘ng parchalanishining dastlabki bosqichida azotning ikki xil shakli: oqsil va ammiak azotlari teng miqdorda bo’ladi.
Keyinchalik go'ngning parchalanish darajasi oshishi bilan oqsil azotining miqdori oshib boradi, ammiak azoti esa kamayib boradi. Yangi, kam parchalanadigan go'ngda nitrifikatsiya bo'lmaydi va nitrat ham hosil bo‘lmaydi. Nitratlarning yo‘qligini go‘ngning aerob sharoitda parchalanishi tufayli nitrifikatsiya akteriyalarining yuqori haroratda o‘lib ketishi, anaerob sharoitlarda esa ular qat’iy aerob bo'lganliklari tufayli umuman rivojlanmasliklari orqali tushuntirish mumkin.
To'shamali go'ngda kletchatkaning miqdori ko‘p bo'lishi tufayli uni parchalovchi bakteriyalar mineral holga kelib qolgan azotni kuchli ravishda o ‘zlashtiradilar. Yangi va kam parchalangan go'ngni saqlash jarayonida nitratlarning bo'lmasligi tufayli denitrifikatsiya jarayoni ham sodir bo'lmaydi. Nitratli azot go'ngning tarkibida uning gumifikatsiyasi yuz bera boshlaganda hosil bo‘la boshlaydi. Parchalanishi ancha yakunlanuvchi darajaga borib qolgan go'ngda (masalan, sochiladigan holga kelgan chirindida) oqsil va ammiak azoti bilan birga kamroq miqdorda nitratli azot (umumiy azotning foiz miqdorini o'ndan bir ulushi hisobida) ham uchraydi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling