1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Go'ngning parchalanish darajasi


Download 257.52 Kb.
bet35/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Go'ngning parchalanish darajasi
Har xil darajada parchalangan to'shamali go‘ng parchalanish darajasiga qarab: yangi, yarim chirigan, chirigan go'nglar va chirindilarga farqlanadi. To'shama sifatida somon ishlatilgan yangi yoki yarim parchalangan go‘ng deb hali somoni o'ziga xos rang (sariq) va barqarorligini saqlagan go'ngga aytiladi. Yarim chirigan go‘ng va somon barqarorligini yo'qota boshlaydi hamda to‘q jigarrangga o ‘tadi. Bunday go‘ngdan tayyorlangan suvli eritma quyuq, to‘q rangli bo'ladi. Yarim chirigan go'ngning massasi yangi go'ngning massasiga nisbatan 20—30% ga kamayadi. Chirigan yoki kuchli parchalangan go'ng-qora yopishqoq massa hisoblanadi, tashqi ko'rinishdan alohida somon bo'laklari (yoki boshqa xil to'shama turlarini fizik elementlari) sezilmaydi. Bunaqa go'ngdan tayyorlangan suvli eritma rangsiz bo'ladi va chirigan go'ng massasi dastlabki go'ngning 50% ini tashkil qiladi. Saqlash jarayonida zarurat bo'lmagan hollarda go'ngni bu parchalanish bosqichlaridan o'tkazish va uni chirindiga aylantirish shart emas. Bu narsa organik moddalar tarkibidagi azotning ko'p miqdorda yo'qotishga olib keladi.
Odatda, tuproq-iqlimi sharoitlarini hisobga oigan holda, to'liq chirindiga aylangan yoki yarim chirindiga aylangan go'nglardan foydalaniladi. Qurg'oqchil iqlimli sug‘orilmaydigan sharoitlarda, tuproqni qurib qolishining oldini olish maqsadida, bahorda yerga solish uchun to’liq chirindiga aylangan go'ng ishlatiladi. Namligi yetarli bolgan hududlarda, yarim chirindiga aylangan go'ngdan foydalanish maqsadga muvofiq. Tuproqqa oldindan vegetatsiya davri ancha uzun bo‘lgan ekinlarga solinganda bu hududlarda hatto yangi go‘ngni solish ham yuqori samara beradi. Go'ng tarkibidagi azotsiz organik moddalar, asosan kletchatka va oson parchalanadigan boshqa organik birikmalardan iborat bo‘ladi. Go'ng qanchalik sersomon bo'lsa, tarkibidagi organik modda shuncha ko'p bo'ladi, uning o'g'itlik sifati shuncha yaxshilanadi va tuproqqa solinganda tez parchalanadi. 1kg somonli to‘shama o‘zida 2—3kg suvuqlikni, 0,8—3,7g ammoniy azotini saqlasa, shuncha miqdordagi torf to‘shamasi 10—15kg suyuqlik va 8—10g ammoniy azotini yutar ekan.
Go‘ng turlari
Go‘ng yangi, yarim chirigan, chirigan va batamom chirigan bo'lishi mumkin. Yangi go‘ng tarkibidagi xas-cho‘plar chirimagan bo‘ladi, bunday go‘ngni ishlatish tavsiya etilmaydi. Chala chirigan go'ngdagi xas-cho'p taxminan 20—30% chirigan bo'ladi. Uni kuzgi shudgorlash oldidan ishlatish mumkin. Chirigan go‘ng bir xil qoramtir tusga kirgan, xas-cho‘plari 50% chirigan bo'ladi. Uni chigit ekish oldidan, hatto g‘o ‘zani o'suv davrida ham ishlatish mumkin. To‘la chirigan go‘ng ko'pincha eski parnik o‘ralarida chiqadi. Unga mineral o ‘g‘it aralashtirib ishlatiladi. Chirindi birinchi navbatda ko'p yil g‘o ‘za ekib kelingan yerga kuzgi shudgorlash oldidan, gektariga 10—15 t hisobida beriladi. Chiriganini mineral o ‘g‘itlarga aralashtirib gektariga 0,5 t hisobidan g‘o‘zaga o ‘suv davrida solish mumkin. Go'ngning ekin hosilini oshirishga ko‘rsatadigan ta ’siri 3—4 yil davom etishi mumkin. Go‘ngni saqlash sharoitiga qarab organik moddalarning parchalanishi turli xil tezlikda boradi va natijada har xil sifatli go‘ng hosil
bo'ladi. Go'ngning zich, g‘ovak va g‘ovak-zich saqlash usullari mavjud.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling