1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Parranda qiyi
Parranda qiyi boshqa hayvonlarning go‘ngiga nisbatan oziqa moddalarga boy bo’ladi. Go‘ngga o‘xshash tarkibida o‘simliklar uchun kerakli bo’lgan barcha elementlarni tutadi. Parranda qiyi tarkibidagi oziq moddalar ularga beriladigan yem tarkibiga qarab juda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Hozirgi paytda 0 ‘zbekiston Respublikasida 50 dan ortiq parrandachilik fermalari mavjud bo‘lib, ularni tozalash tufayli har biridan kuniga 50 t parranda o ‘g‘iti olinadi, har bir tovuqdan yiliga 6—7 kg, o‘rdakdan 7—9 kg chiqindi olinadi. Bir yilda 190 ming tonnani tashkil etadi. Parranda qiyi, ayniqsa, tovuq qiyi tarkibida azot, fosfor va kaliyko'pligi bilan oddiy go‘ngdan keskin farq qiladi. Buning asosiy sababi shundaki, parrandachilik fabrikalarida parrandalar tarkibida to‘yimli modda ko'p bo'lgan oziqa ratsioni bilan boqiladi. Azot asosan siydik kislotasi tarzida bo‘lib , u ammiak va uglevod kislotalari tez ajralishi bilan boshqa organik o'g'itlardan ustun turadi. Parranda qiyi tarkibidagi oziq moddalar o‘simlik o'zlashtira oladigan holda bo‘ladi (72-jadval). Parranda qiyi, shuningdek, makro va mikro elementlarga ham boydir. Masalan, 100 g quruq qiy tarkibida 15—38 mg marganes, 12—29 mg ruh, 1—2 mg kobalt, 2,5 mg mis, 367—900 mg temir bo‘ladi. Parrandachilik fabrikalarida parranda tagiga quruqlik sifatida bir qator organik materiallar, jumladan, maydalangan poxol, makkajo‘xori va g‘o‘zapoya qirindisi va boshqa narsalar solinadi. Ularning namligi 30% dan oshmasligi lozim. Bitta tovuq uchun har kuni 100—150 gramm, o‘rdak, g‘oz va kurkaga 200—250 gramm quruqlik ishlatiladi. Parranda qiyini turli organik moddalar va 3—5% fosfor aralashtirib kompostga aylantirilgan holda saqlash keng ommalashgan usullardan biri hisoblanadi. Bunda azotning yo'qolishi 10% dan oshmaydi. Parranda qiyini qiyxonalarda asrash juda qo‘l keladi. Yana bir xususiyatga ko‘ra maxsus xandaqda saqlash jarayonida organic moddalarning minerallanish jarayoni yuz beradi. Tuproqda parranda qiyini xo'jaliklarning go'ng almashtirish rejasiga qarab bedazorlar buzilsa, 4—5 yildan keyin kuzgi shudgor oldidan gektariga 10—15 t dan solish tavsiya etiladi. So‘nggi yillarda olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, parranda qiyi qimmatli o‘g‘it bo'lib, ekinlardan yuqori va qo'shimcha hosil oush imkonini beradi. U hamma ekinlar uchun asosiy o‘g‘it sifatida kuzgi shudgor oldidan gektariga 4—5 t (quruq) va 15—20t (tabiiy nam holda) solinadi. Parranda qiyidan tayyorlangan kompot poliz, sabzavot va boshqa ekinlar uchun ham muhim bo’lib, gektariga 5—8 t dan solish tavsiya etiladi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling