1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet36/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

GO‘NGNI SAQLASH USULLARI
Go'ngni saqlash usullariga kelsak, agar u zich, ya’ni sovuq holda saqlansa go‘ng uyumlaridagi harorat 20—300C bo’ladi. Uning ichiga kiradigan havo chegaralangan bo'lib, go'ng tarkibida mikrobiologik jarayonlar va organik moddalarning parchalanishi juda sekin boradi. Go'ng 3-5 oy saqlangandan keyingina yarim chirigan holga keladi. Zich holda saqlangan go’ng tarkibida ammoniyli azot miqdori ko’p bo'lib, uning samaradorligi ham boshqa usulda saqlangan go’ngnikiga qaraganda yuqori bo'ladi. Shibbalamasdan g'ovak holda saqlangan go'ng tarkibidagi organic moddalar va azot ko'p yo'qotiladi va bir xilda parchalanmaydi, uning o'g'itlik sifati pasayadi. Yangi go'ng g'ovak-zich usulda (qizdirib) saqlanganda, u dastawal zichlashmasdan 1 m balandlikkacha uyuladi. Bu holatda go'ng tarkibiga havo yaxshi kiradi. Mikrobiologik jarayonlar tezlashadi va uning tarkibidagi organik moddalarning to'liq parchalanishi jadallashadi. Go'ng qatlamidagi harorat 60—700C (3—5 kunda) ga ko'tariladi, azot ko'p miqdorda yo'qotiladi.
Go'n g shibbalanib qo'yilgandan keyin go'ng qatlamidagi harorat 30—35 0C ga pasayadi, uning hajmi ham kamayishi natijasida parchalanish sharoiti aerob sharoitdan anaerob sharoitga o'tadi, organik modda va azotni yo'qolishi kamayadi. Go'ng shu usulda saqlansa, uning parchalanishi ancha tezlashadi, undagi begona o’t urug'lari va oshqozon-ichak kasalliklarini qo'zg'atuvchi bakteriyalar nobu d bo'ladi. Go'ng saqlashni uchala usuldan eng samaralisi, sovuq holda saqlashdir. Go'n g harorati 40—5000 C daraja atrofida bo'lganda zarpechak urug'i nobud bo'ladi.
O'rta Osiyo sharoitida sovuq holda saqlangan go'ngning o'rtacha harorati ham shu atrofda b o 'lad i. Bunday go'ngning tarkibida 3 oydan keyin zarpechak urug'I 0,04% qoladi. Bu xildagi go'ngni barcha ekin dalalariga to'g'ridan-to'g'ri ishlatish tnumkin. Agar go'ng kichik-kichik uyumlarda zichlanmasdan saqlansa, uning yuqoridagi qismiga issiqlik yaxshi ta’sir qilmaydi. U shamol ta’sirida quriydi, qishda muzlaydi. Undagi oziq moddalar qor va yomg'ir ta ’sirida yuvilib ketadi. Bunday go'ng tarkibida begona o'tlar o’ru g 'i juda ko'p bo'ladi va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar ko'payib ketadi. Saqlanayotgan go‘ngning o‘g‘itlik qobiliyatini oshirish maqsadida massasiga nisbatan 3% miqdorida superfosfat aralashtirib, kompostlashtirilsa, uning tarkibidagi azotning yo'qolishi minimumgacha kamayadi va go'ng fosfor moddasi bilan ancha to'yinadi.
Undagi organik moddalar tez parchalanadi. Yozda 2—3 oyda, qishda 3—4 oyda yetiladi. Mikroorganizmlar ta’sirida go'ngning parchalanishida C02 organik kislota hosil bo'ladi, fosfor o'simliklar oson o'zlashtira oladigan holatga o‘tadi. Shu bilan bir vaqtda NH4H2P04 hosil bo‘Iishi bilan go‘ngdan ajralib chiqadigan ammiakli azotning isrof bo'lishi kamayadi. 0‘zbekiston Respublikasi tuproq va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda minerai o ‘g‘itlar bilan birgalikda go‘ng ishlatilgan yerlarda qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligi oshgan va tuproq unumdorligi ko'paygan. Masalan, Qarshi cho'lining sug'oriladigan taqirli tuproqlariga minerai o‘g‘itlar bilan birgalikda gektariga 20 t go'ng solingan variant -larda paxta hosildorligi 4—5 s oshgan va tuproq tarkibidagi chirindi 20—25% ko‘paygan.
O'zbekiston Respublikasi Yergeodezkadastr Davlat qo'mitasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti olimlari meliorativ holati juda yomon, fizik xossalari salbiy va unumdorligi past bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasida tarqalgan taqir tuproqlar ustida o'tkazgan tajribalardan olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatib turibdiki, mineral o‘g‘itlar bilan birga gektariga 20—40 t go'ng solingan variantlarda chirindi miqdori 20—50% ga ko'paygan, paxta hosildorligi 14—16 s ga oshgan.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling