1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet37/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

To‘shamasiz go‘ng
Respublikamizning ixtisoslashgan yirik chorvachilik fermalarida va chorvachilik komplekslarida chorva mollarini boqishda to ‘shamasiz go'ng, ya’ni suyuq holatdagi go‘ng aralashmasi yig‘iladi. To‘shamasiz g o‘ng hayvonlarning qattiq va suyuq ajratmalari, texnologik suv chiqindisi va oziqa qoldiqlaridan iborat bo‘lib, uning tarkibida 85—87% suv bo‘ladi. Bu xildagi go‘ng transportda tashish va yerga solish uchun noqulay fizik xossaga ega bo'ladi. Shuning uchun uni dalaga solish oldidan tuproq bilan kompostlash talab qilinadi. Qoramollardan olinadigan go'ngning namligi 90—91%, cho‘chqalardan olinadigan go'ngning namligi 95—97% bo'ladi. Suyuq go'ngning miqdori va sifati chorva mollarining turiga, yoshiga, boqish usuliga, go‘ngni tozalash uchun sarflangan suv miqdori, hamda go‘ngni to‘plash texnologiyasiga bog’liq. Yirik chorvachilik komplekslarida konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan yem-xashak bilan boqiladigan hayvonlardan olinadigan to‘shamasiz go‘ng tarkibida o‘simlik o‘zlashtira oladigan oziq elementlar miqdori ko‘proq bo‘ladi. Undagi azotning 50—70%i ammiak shaklida bo‘lib, o'simliklar birinchi yili to‘shamali go‘ngga nisbatan uni yaxshi o'zlashtiradi.
Lekin uning keyingi yillardagi ta’siri ancha kuchsiz bo'ladi. To‘shamasiz go‘ng tarkibidagi fosfor va kaliyni o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi mineral o‘g‘itlardan qolishmaydi. To‘shamasiz go‘ngni saqlash natijasida uning tarkibidagi azot va organik moddalarning yo'qolishi to‘shamali go‘ngga nisbatan ancha kam. Masalan, qishda 4—5 oy saqlangan to‘shamali go‘ng tarkibidan 31—34% organik niodda va 36—40% azot yo'qolsa, to‘shamasiz go‘ng tarkibidan 5—8 va 3—8% yo‘qoladi. Respublikamiz xo‘jaliklarida suyuq go‘ngni to'plash va saqlash uchun fermalar yaqinida yopiq va ochiq tipda butun qish davomida chiqadigan (3—7 oy) go‘ngga mo‘ljallangan go‘ngxonalar quriladi. Fermalar yaqinidagi bunday go‘ngxonalar qish oylarida molxonalardan chiqadigan go‘ngning 25—40% ini sig'dira oladi.
Ular qishda muzlamaydigan gidravlik tru boprovodlar tarmog'iga doimiy ravishda ulab qo'yiladi. Qatlam bo'ylab muzlab qolishning oldini olish maqsadida go‘ng chuqurning pastki qismiga tashlanadi. Bunday go'ngxonalar sig'imi 3—4 ming kub metr hajmda bo'ladi. Suyuq go'ngdan organik o'g'itlar tayyorlashda, awalo, tindiriladigan chuqurliklarga bo'linadi. Go'ngning qattiq qismi suyug'idan ajratilib, tabiiy usulda quritiladi, alohida tayyorlangan maydonda uyumlarga uyuladi va mexanik ajratgichlar bilan suyug'idan ajratib olingan qattiq qismi gamogenezatsiya (aralashtirish) qilinadi va sug'oriladigan yerda biologik ishlov beriladi. Suyuq go'ngni tindiruvchi inshootda tindirish oldidan bir necha bo'laklarga to'ldirilib 2—3 oy saqlanadi. Ma’lum miqdordagi go'ng shaltog'i maxsus moslama orqali chuqurlikka oqiziladi. Inshootda qolgan qattiq o'g'it 2—3 oy o'tgach avtoyuklagichlar yordamida transportlarga ortilib, kerakli dalaga tashiladi.
Qattiq massani suyug'idan ajratib beradigan moslamalar (sentrafuga va press) dan foydalaniladi. Go'ngxonalardagi suyuq go'ng massasini bir xil bo'lishi uchun ularni muntazam ravishda qorishtirib turish kerak bo'ladi. To'shamasiz go'ng tabiiy holatda cho'ktirilganda, uning tarkibidagi qattiq fraksiya miqdori 10—15% gacha (agar 20—25% quruq modda bo'lganda) to'planadi. Mexanik yo'l bilan ajratilganda, 30—40% gacha to'planishi mumkin. 70-jadvaldan ko'rinib turibdiki, bir xil namlikdagi gomogenezatsiyalashgan to'shamasiz cho'chqa go'ngida umumiy azot, fosfor va kalsiyning miqdori qoramol go'ngiga nisbatan k o'p bo'lib, kaliy esa 1,5—2 marta kam bo'lar ekan. Suyuq go'ngni tuproqqa solish dozasi uning tarkibidagi azot miqdoriga bog‘liq. Agar fosfor bilan kaliy yetarli bo'lmasa, mineral o‘g‘itlarni qo'shish bilan to'ldirish mumkin. Suyuq go'ngni eng yuqori ishlatish miqdorini donli va texnik ekinlar (paxta, kartoshka) uchun gektariga 35—40 t qilib belgilash maqsadga muvofiq bo'ladi. Suyuq holatdagi go‘ng bilan sabzavot, dorivor o'simliklar va daraxtlarni oziqlantirish tavsiya etilmaydi.
Respublikamizda to‘planadigan mahalliy o'g'itning asosiy qismini qoramol go'ngi tashkil etadi. Hozirgi paytda Respublikamiz bo‘yicha umumiy jamg'ariladigan organik go'ngning birgektar maydonga to‘g‘ri keladigan miqdori o'rta hisobda 5—6 t ni tashkil qiladi. Tuproq unumdorligini oshirishda boshqa turdagi mahalliy o‘g‘itlar (parranda qiyi, gidrolizli lignin, shahar chiqindilari, daraxt barglari va boshqa organik chiqindilar) dan ham foydalanish mumkin. G o ‘ngni ekinlarga ishlatish uning sifati va niiqdoriga, ekin turiga, tuproq unumdorligi va xo‘jaliklar imkoniyatlariga bog'liq. Cho‘l mintaqasida tarqalgan, unumdorligi past, sho'rlangan, mexanik tarkibi yengil bo‘lgan taqir tuproqqa erta bahorda, yerning sho‘ri yuvilgandan keyin gektariga 30—40 t go'ng solinadi. Sabzavotlar eqiladigan yerlarga go'ng yuqori me’yorda, gektariga 30—40 t solish tavsiya etiladi. Go'ng kuzda, yerni haydash oldidan solinsa yaxshi natija beradi.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling