1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Sanoat usulida va mahalliy sharoitlarda


Download 257.52 Kb.
bet41/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Sanoat usulida va mahalliy sharoitlarda tayyorlanadigan nitragin farqdanadi. Zavodda tayyorlanadigan nitraginning bir shishasi (0,5 kg) bir ga maydondagi dukkakli ekinlarga yetadi. Ayni nitraginning sakdanish muddati — 9 oy. Harorat 0—10°S atrofida bo‘lsa, nitragin uzoq vaqg buzilmasdan sakdanadi. Preparat zax joyda saqlansa, mog‘orlaydi. Mog‘or zamburug‘i nitragin uchun kuchli antagonist hisoblanadi. Nitraginni zaharli kimyoviy moddalarga yaqin joyda saqlash aslo mumkin emas, chunki bunday sharoitda bakteriyalar qirilib ketadi. 10 kg ga, yirik urug‘larning har 20 kg ga 500 ml suv sepiladi va tekis yuzaga bir tekisda yoyiladi. Ustiga kerakli mnkdordagi nitragin sepiladi, belkurak yordamida yaxshilab aralashtiriladi, kurigandan keyin qoplarga joylab, dalaga jo‘natiladi. qo‘shib mazkur tadbirlar soya joyda amalga oshirilishi kerak, chunki quyosh nuri ta’sirida bakteriyalar nobud bo‘ladi. Nitragin eritmasiga 25—50 g molibdenli (Mo) mikroo‘g‘it eritilsa, yanada yaxshi samara beradi.
Agar urug‘larni hasharotlarga qarshi dorilash darkor bo‘lsa, avval dorilanadi, so‘ngra nitragin bilan ishlanadi. Nitraginni dukkakli ekin eqiladigan maydon tuprog‘i bilan aralashtirish mumkin. Paykaldan 400—500 kg tuproq olinadi, unga nitragin qo‘shib aralashtiriladi va 1 ga maydonga bir tekisda sochib chiqiladi. Mahalliy nitragin esa bevosita xo‘jalikning o‘zida tayyorlanadi. Buning uchun ko‘p yillik o‘simliklarning kasallikka chalinmagan ildizlari hayotining ikkinchi yoki uchinchi yilida, bir yillik o‘simliklarniki esa o‘rimdan keyin yig‘ib olinadi. Ildizlar yaxshilab yuviladi, yoyib 20—25° S haroratda soya joyda kuritiladi va maydalab 1 mm teshikchali elakdan o‘tkaziladi. Shu usulda tayyorlangan talqonning 1 g da 8—19 mln dona tuganak balerin bo‘ladi. Mahalliy nitraginni 2 yil saqlash mumkin. 1 ga maydondagi dukkakli ekinlar uchun 100—300 g mahalliy nitragin ishlatiladi.
Azotobakterin. Azotobakterin — azotobakter (Azotobacter chroococcum ва Azotobacter agile) tutuvchi preparatdir. Azotobakterlar — azotfiksatsiyalovchilar toifasiga kirib, tuproqda erkin yashovchi aerob bakteriyalardan hisoblanadi. Ular tugunak bakteriyalardan farq qilib, ildiz atrofida erkin yashaydi. Ildiz ajratmalari va ildizning chiriyotgan qoldiqlari bilan oziqlanib, o‘simliklarni azot bilan oziqlanishini yaxshilaydi. Tuproqdagi va agar-agardagi azotobakterin farqlanadi.
Tuproq azotobakterini don, poliz va texnikaviy ekinlarning urug‘lari uchun 3 kg, kartoshka uchun 6—9 kg/ga miqdorida ishlatiladi. Urug‘lar pol yoki brezentga yoyiladi: har 30—40 kg urug‘ uchun bir l suv olib, kerakli miqdordagi azotobakterin bilan belkurak yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Ishlov berilgan urug‘lar 24 soat ichida ekilmasa, azotobakterin bilan qaytadan ishlanadi.
Agar-agarli azotobakterin solingan shishaga (0,5 l) 100—200 ml suv solib bir kecha-kunduz davomida chayqatib turiladi va eqiladigan kunning o‘zida 1 ga yerga eqiladigan don ekinlari uchun 1 l, 1 ga yerga eqiladigan kartoshka uchun 10 l suvda eritiladi va aralashtiriladi. O‘simliklarning ko‘chatlariga ishlov berilganda 1 shisha azotobakterin 20 l suvda eritilib, unga ko‘chatlarning ildizlari botirib olinadi. Azotobakterin ham xuddi nitraginday quruq joyda, ancha salqin haroratlarda, kimyoviy moddalardan uzoqroqda saqlanishi kerak. Saqlash muddati — 3oy.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling