1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Tabiatdagi azotning bir yillik balansi
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mln t N
- Fosforli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri
Tabiatdagi azotning bir yillik balansi
(V.A.Kovda ma’lumoti)
Amaliyotda o‘g‘it sifatida nitrat formadagi azotli o‘g‘itlardan tashqari ammiak formadagi birikmalari ham ishlatiladi. Bular ham tuproqni va atrof-muhitni ifloslantirishi mumkin. Ayniqsa, ionlashgan ammiakning 1 litr suvdagi miqdori 0,02-5 mg dan ortiq bo‘lishi o‘ta zaharli hisoblanadi. Biroq haroratning ko‘tarilishi bilan ionlashgan ammiakning zaharli kuchi o‘n martagacha (0,2 mg(l) kamayib ketadi. Ammoniyli birikma shaklidagi azotning asosiy manbai chorvachilik, parrandachilik fermalari chiqindilari va yirik shaharlarning tashlandiqlaridir. Bu chiqindilar tushadigan havzalar atrofidagi tuproqlarda N-NO3 ning miqdori 400 mg(kg, N-NH4 ning miqdori 2200 mg(kg ga qadar borishi mumkin. Bulardan tashqari azotni nazorat qilish qiyin bo‘lgan manbalaridan biri sanoat chiqindilaridir. Sanoat korxonalaridan atmosferaga chiqarilib yuboradigan azot oksidlarining miqdori har yili ishlab chiqarilayotgan azotli o‘g‘itning yarmini tashkil qiladi. Faqat yog‘in-sochin suvlari bilan har yili tuproqqa gektar boshiga o‘rtacha 10-15 kg azot tushadi. Azotli o‘g‘itlardan foydalanishda: 1) Tuproq, suv va havodagi azotni yerda to‘planishini inobatga olish kerak, 2) Ekinlar o‘zlashtiradigan, lekin tuproqdan sekin yuviladigan azot birikmalarini ishlatish, 3) Ekin maydonlariga mineral o‘g‘it berish bilan almashtirib ekishni bog‘lab olib borish, 4) Turli tuproqlarda o‘simlik kasalligi va zararkunandalarning ko‘payib ketish sabablarini aniqlash, 5) Azotli o‘g‘itni kam to‘playdigan mevali va boshoqli ekinlar ekilgan yerlarga berish, 6) Ekin maydonlariga biologik azotni ko‘paytirish yo‘lini ishlab chiqishni joriy etish kerak. Fosforli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri Fosforli o‘g‘itlar qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladigan o‘g‘itlardan biri hisoblanadi. Ular superfosfat, qo‘shsuperfosfat hamda murakkab o‘g‘itlar: ammofos, diammofos, nitroammoska, karboammofoska ko‘rinishida bo‘lib, o‘simliklar tomonidan tez o‘zlashtiriladi. Fosfor biogen element hisoblanib, organizmning unga bo‘lgan talabi azotga nisbatan 10 barobar kam bo‘lsada, o‘simliklarning ko‘payishi, massa hosil qilishi va energiya almashinishida muhim rol o‘ynaydi. Fosfor azot singari eng muhim hayotiy elementdir. Fosfor nukleoproteidlar, fosfatidlar, fitin, qandli fosfatlar va boshqa birikmalar tarkibiga kiradi. Fosfor asosan o‘simlikning o‘sish nuqtalari va donlarida ko‘proq to‘planadi, ildiz va poyalarida uning miqdori unchalik ko‘p bo‘lmaydi. O‘simliklarning turi va talabiga qarab, har gektar yerdan normal hosil olish uchun sarf bo‘ladigan fosfor 15 kg dan 50 kg gacha va undan ko‘proq bo‘lishi kerak. Biologik yo‘l bilan to‘plangan fosforning uchdan ikki qismini qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatida odam iste’mol qilib, tuproqqa uchdan bir qismi qaytadi. Fosfor muammosi uning tabiiy zapaslarining tugab borayotganligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, tuproqqa solinadigan mineral o‘g‘itlarning bir-biriga nisbati (N; P;K) - 1;1;1 dan 1;2;2,5 gacha bo‘lishi kerak. Agar azotning fosforga nisbati birdan past bo‘lsa, u vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlarida azotning qayta tiklangan birikmalarining miqdori ortib, uning konsentratsiyasi zaharli darajagacha yetishi mumkin. Shuning uchun N,R,K elementlarining mineral o‘g‘it hamda oziq moddalari tarkibidagi nisbati bir biriga to‘g‘ri kelishi juda katta ahamiyatga ega. Fosfor elementining azot singari biologik manbai bo‘lmagani uchun, uni hamisha tuproqqa mineral o‘g‘it sifatida solinib, yetishmagan qismi to‘ldirib boriladi. Fosforli o‘g‘itlarning foydali koeffitsiyenti azotnikiga qaraganda deyarli ikki barobar kamdir. Fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosfor, tuproqdagi kalsiy, magniy, temir va ammoniy elementlari bilan tezda birikib, suvda yomon eriydigan fosfatlarni hosil qiladi. Bundan tashqari fosfor tuproqning mineral va organik qismi orqali kimyoviy singdirilishi mumkin. Fosforga xos bo‘lgan bu xususiyatga asosan fosforli o‘g‘itni tuproqdagi yetishmaydigan miqdoriga nisbatan bir necha bor ortiq solish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga fosforli o‘g‘itni yerga solish normasini belgilashda uning tuproqdagi harakatchan formadagi miqdorini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Fosforli o‘g‘itlar odatda o‘simlik ildizlariga yaqinroq qilib solinadi. Amerikalik olimlarning hisoblariga qaraganda yem-xashak tayyorlash uchun sarflangan 10 qism fosforning bir qismini odam oziq mahsulotlari bilan iste’mol qilsa va uch qismi tuproqda singib qolsa, qolgan olti qism chiqindi va suv orqali suv havzalariga yuvilib ketadi. Shuning uchun odamlar zich joylashgan va chorva mollar to‘plangan yerlar fosfor bilan ifloslantiriladigan asosiy manba hisoblanadi. Fosforli birikmalar suvda yomon erishiga qaramay, ularning asosiy geokimyoviy aylanma harakati ko‘llar, daryolar, dengizlar va okeanlar orqali ro‘y beradi. Hisoblarga qaraganda, hozir har yili 4 mln t ga yaqin fosfor yerdan okeanlarga yuvilib chiqib ketadi. Shu bilan birga turli dengiz hayvonlari-baliqlar, molyuskalar, suv o‘tlarini dengizlardan quruqlikka chiqarilishi, quruqlikda dengiz mahsulotlarini ko‘p ishlatilishi bir qism fosforning dengizdan quruqlikka ko‘chishiga, ba’zi yerlarda fosfor miqdorini normadan ortib ketishiga olib kelyapti. Tuproq va suv havzalarini yana bir ifloslantiruvchi manba fosfor organik birikmalarning biotsidlar sifatida ko‘plab qo‘llanilishidir. Atrof-muhitni ifloslantiruvchi birikmalardan yana biri, u ham bo‘lsa detergentlardir. Detergentlarga yuvish (tozalash) mahsulotlari kiradi. Detergentlar orqali atrof-muhitga har yili 5 mln t ga yaqin fosfor tushadi. Bu muhitga tushadigan zaharli fosforning 46% ini tashkil qiladi. Detergentlar neft distillyatsiyasi mahsulotidir. Mahsulot olishda dastlab ular fermentlar ta’sirida parchalanmay, tozalash inshootlari orqali osongina o‘tib tuproq va suvlarni ifloslantiradi. Bundan tashqari fosforli o‘g‘itlar bilan toksik elementlar tuproqqa tushadi. Mis, kobalt, nikel, selenlardan tashqari toksik birikmalardan ftor ham bo‘ladi. Tuproqda qolgan fosfor kalsiy, alyuminiy va temir bilan bog‘lanadi. Yerga berilgan fosforli o‘g‘itning 34% i transport bilan tashish va saqlash jarayonida, 26% i tuproqdan yuvilib ketsa va eroziya jarayonida yo‘qoladi. Fosforli o‘g‘itlardan foydalanilganda ularning xom-ashyo birikmalari, tuproqning og‘ir metallar va toksikantlar bilan ifloslanish darajasi, o‘g‘itni yerga berilganda ekologik yomon oqibatlarga olib kelmaslik yo‘llarini bilish shart. O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun fosforning ham ahamiyati kattadir. Turli tuproqlarda 150, 180, 200 kg azot va 50, 100, 150, 200 kg fosfor o‘g‘iti ishlatilgan. Superfosfat solingan tuproq tarkibida harakatchan fosfor miqdori bahorda ko‘p bo‘lib, keyinchalik g‘o‘zani o‘zlashtirishi tufayli uning miqdori kamayadi. Fosforning meyori gektariga 150-200 kg bo‘lgan taqdirda o‘simlik yaxshi rivojlanadi, hosil gektariga 34,4-34,8 s ni tashkil qiladi (Majidov, Zokirov,1991). Tuproqdagi azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning nisbatini o‘zgartirib turish kerak, aksincha tuproqda ortiqcha moddalar to‘planadi va shu yerda o‘sadigan o‘simliklarga salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Shuning uchun ham ma’lum tadbirlar ko‘riladi. YA’ni tuproqda yig‘ilgan fosfordan biologik usul bilan foydalanishda, yerga oraliq ekinlari ekiladi, ularni ko‘k o‘g‘it sifatida haydab yuboriladi. Oraliq ekinlar ichida ildizidan nordon moddalar chiqarib, tuproqdagi eruvchi fosfatlarni eritib, g‘o‘za va boshqa o‘simliklar o‘zlashtirishi mumkin holga keltiriladi. Oraliq o‘simliklarga rangut, javdar va raps kabilar kirib, ular tanlab olinadi. Raps oraliq o‘simligi sifatida ekilib, gektaridan 20-30 s dan hosil olinganda, shu o‘simlik o‘zi bilan 25 kg dan ortiq kalsiyni tuproqdan olib ketadi. Undan tashqari raps tuproqda juda ham ko‘p ildiz qoldiradi. Uning ildizlari chirib, tuproqni organik birikmalar bilan boyitadi. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling