1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Azotli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri


Download 257.52 Kb.
bet48/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Azotli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri.
O‘simliklarning o‘sish, rivojlanish, fitomassa hosil qilishida va hosilning yetishishida mineral o‘g‘itlar, shu jumladan azotli o‘g‘itlarni ham optimal dozada yerga berish katta foyda beradi, ularning ortiqchasi esa ko‘p ziyon keltiradi. Azot o‘simlik va umuman tirik organizmlarning hayot komponentlari tarkibiga kiruvchi muhim elementdir. Azot tanqisligi oqsil, ferment, xlorofil moddalar sintezini susaytiradi, uglevodlar sintezi esa xlorofilsiz bormaydi, o‘simliklarning rivojlanish jarayoni susayadi. O‘simliklar rivojlanish jarayonida tuproqdan qabul qilgan azotning aminokislota va oqsillarni sintez qilishda to‘la foydalanmaganliklari tufayli ular tanasida azotning nitrat formalari to‘planib boradi. O‘simliklar tomonidan nitratlar assimilyatsiya jarayonlarining buzilishiga, o‘g‘itlarning yerga berilish vaqti, dozasi, ob-havo sharoiti, o‘simliklar navi, ekish vaqti va berilgan oziq moddalarning bir-biriga nisbati kabi omillar sabab bo‘ladi. Azotli o‘g‘itlar dozasini oshirish o‘z navbatida yetishtirilgan mahsulotlarda nitratlar miqdori ortishiga ularda S vitaminining kamayishiga va mahsulot biologik sifatining buzilishiga olib keladi.
Azot ayniqsa yangidan tashkil topayotgan hujayralar uchun juda zarur. Shunga ko‘ra o‘simlik avj olib rivojlanayotgan, ya’ni hosil tugishi davrida azotni ko‘p talab qiladi.
Azotli o‘g‘itlar o‘simlikni oziqlantiruvchi elementlardan biri bo‘lganligi tufayli ham ular dehqonchilikni rivojlantirishning asosiy o‘zagi va bazasi hisoblanadi. Ekinlardan normal hosil olish uchun har gektar yerga 100 kg dan 300 kg gacha sof azot hisobida o‘g‘it solinadi. Shuning bilan birga ekinlarning azotga nisbatan talabi har xil bo‘lib, bu o‘simlikning turi, tuproq unumdorligi va joyning ekologik sharoitiga bog‘liq. O‘g‘itlardan to‘g‘ri foydalanish uchun ana shu ko‘rsatkichlarni bilish kerak bo‘ladi. Turli o‘simliklarning azotga bo‘lgan talabi har xil bo‘lishi bilan birga, ularning organlari (ildiz-poya, barg, meva va boshqa) ham vegetatsiya davrida azotni turli miqdorda iste’mol qiladi. O‘simlik hosilini pishib yetilish davrida vegetativ organlaridagi azot generativ organlari tomon oqadi. Ana shu vaqtda o‘simlik tuproq azotini ham ko‘p talab qiladi.
Tuproqdagi azot miqdori normadagidan ortib ketsa, o‘simlikning vegetativ organlarining generativ organlariga nisbatan rivojlanishini tezlashtirib yuboradi.Yetishtirilgan hosilning bir qismini inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol qiladi. Demak, o‘simlik tomonidan to‘plangan azotning bir qismi qaytib tuproqqa tushmaydi. Shuning uchun ham tuproqda yetishmaydigan azot o‘rnini to‘ldirish maqsadida har yili yerga mineral va organik o‘g‘itlar solinadi. Agar mineral o‘g‘it tarkibidagi azotning foydali koeffitsiyentini 50-60%, organik o‘g‘it tarkibidagisini 30-40% deb olsak, ko‘pchilik ekin ekiladigan yerlarda azot tanqisligi ro‘y beradi. Shunga ko‘ra yerga solinadigan azotli o‘g‘itning miqdorini ko‘pchilik maydonlarda oshirishga to‘g‘ri keladi. Bunda tuproqdagi harakatchan azot va tuproqning bu xildagi o‘g‘itdan foydalana olish qobiliyatini hisobga olish kerak. Azotli o‘g‘itlardan o‘z vaqtida kerakli miqdorda foydalanish hosilni ko‘paytiribgina qolmay, balki atrof- muhitni ortiqcha azot birikmalari bilan ifloslanishdan saqlaydi.
Tuproqdagi ortiqcha azot asosan nitratlar shaklida to‘planadi. Nitratlar tuproqqa singmay, tezda yuvilib ketishi yoki gaz holatida tuproqdan atmosferaga uchib yo‘qotilishi mumkin.



Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling