1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Kaliyning muhitdan yo‘qolishiga tuproq suv rejimi, fizikaviy tuzilishi, gumusning miqdori, tuproqda kaliy zahirasi kabi omillar sabab bo‘ladi. Organik-mineral o‘g‘itlarning tuproq va o‘simliklarga ta’siri har xildir. Yerga berilgan mineral o‘g‘itlarni o‘simliklar (agar yetarli darajada namlik bo‘lsa) tezlikda qabul qilishni boshlaydi. Organik o‘g‘itlar asta-sekin qabul qilinadi, organik moddalar mineralizatsiyalanishi bilan ulardan foydalanish, ularning o‘simliklar tanasiga o‘tishi tezlashadi. Organik o‘g‘itlarni mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qo‘llash, ularni alohida-alohida qo‘llashga qaraganda yuqori samara beradi. Yuqori agrotexnika hamda biologik usullardan foydalanish, tuproqning unumdorligini oshiradi hamda olingan qishloq xo‘jalik mahsulotini ekologik zararsiz qilib yetishtirish imkonini yaratadi. O‘simliklar uchun mineral ozuqalar ichida azot va fosfordan keyin kaliy ham katta ahamiyatga egadir. Ko‘p yillik qishloq xo‘jalik tajribalaridan ma’lumki, bir tonna paxta hosili olish uchun 30 kg dan 80 kg gacha kaliy ishlatish kerak. Agar o‘rtacha paxta hosili gektaridan 30-35 s ni tashkil etsa, shu hosilni yetishtirish uchun 200 kg gacha kaliy o‘g‘iti berish kerak. Azot, fosfor va kaliy bilan o‘g‘itlangan maydonda o‘simliklar o‘zida 124 kg atrofida kaliy to‘playdi. I.I.Madraimovning tajribalari ko‘rsatishicha, 3 yil davomida o‘stirilgan beda har gektar yerdan xashagi bilan 800-900 kg gacha kaliyni tuproqdan olgan. Makkajo‘xori donining hosili gektariga 60 s, ko‘k poya massasi 700 s bo‘lganda tuproqdan 150-180 kg kaliy chiqib ketgan. Tabiiy bo‘z va o‘tloq tuproqlar (haydalma qatlamida) 1 ga maydonida kaliyning umumiy miqdori 150 kg dan 450 kg gacha bo‘ladi. Tuproqda tabiiy kaliy kam bo‘lganda gektariga 100-120 kg kaliy berish kerak. Tuproqda kaliy yetishmagan vaqtda paxta chigitining vazni yengil va sifatsiz, moy miqdori kam bo‘ladi. O‘simliklarning normal o‘sib, rivojlanishi va yaxshi hosil berishi uchun qishloq xo‘jaligida yerga azot, fosfor, kaliy kabi o‘g‘itlar bilan bir qatorda turli mikroelementlar ham keng ishlatiladi. Masalan, g‘o‘zaning yaxshi rivojlanishi uchun 1kg tuproqda mis 0,4-0,8 mg, rux 1,5-2,5, marganets 80-100, bor 0,8-1,2, molibden 0,20 mg bo‘lishi kerak. Ulardan tashqari kobalt (2 g/ga), kaliy, oltingugurt (2-20 kg/ga), temir, kremniy, natriy kabi kimyoviy elementlar qatorida xlor, sulfat, magniy ham zarurdir. Lekin ekologik jihatdan har bir kimyoviy elementning foydali miqdori ishlatilishi kerak, aks holda ular tuproqda ortiqcha bo‘lib, tirik organizmlarga zahar modda sifatida salbiy ta’sir qiladi. Biz yuqorida nomlarini qayd qilgan mikroelementlar (qo‘rg‘oshin, rux, mis, molibden, bor, kobalt, marganets, simob, temir, kadmiy, vannadiy, rubidiy, yod, ftor kabi elementlar) va ularning birikmalari ma’lum miqdori biologik jihatdan foydali bo‘lsa, ekologik nuqtai nazardan zaharlovchi og‘ir metallar guruhiga kiradi. Ularning konsentratsiyasi tuproq-o‘simlik-hayvonlar tanasida ortib ketsa, zahar sifatida ta’sir qiladi. Qishloq xo‘jaligida tuproqning biologik xususiyatlarini yaxshilash, uning unumdorligini oshirish maqsadida ekin maydonlariga ko‘plab organik o‘g‘it ishlatiladi. Organik o‘g‘it tarkibida o‘simlik uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlar bo‘ladi. Masalan, 1 t quruq go‘ng tarkibida azot-20kg, fosfor-10kg, kaliy-24, kalsiy-29, magniy-6, oltingugurt-4kg, bor-25g, marganets-230g, mis-20g,rux-100g, molibden-2g, yod-0,4g bo‘ladi. Agar tuproqqa 20-30 t(ga quruq go‘ng solinsa, u bilan birga 400-650 kg azot, 200-300 kg fosfor va ko‘p miqdorda kaliy hamda turli mikroelementlar tushadi. Ekin maydonlarda mineral o‘g‘itlar miqdorini kamaytirib, organik o‘g‘itlardan ko‘proq foydalanib, almashtirib ekishni keng qo‘llash yo‘li bilan tuproqning ekologik holatini yaxshilash hozirgi kunning dolzarb vazifasidir. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling