1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Kalsiyning ekologik sharoitga ta’siri


Download 257.52 Kb.
bet52/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
1-мавзу

Kalsiyning ekologik sharoitga ta’siri.
Kalsiy Yer po‘stlog‘ining tuzilishida ishtirok etadi. Ayniqsa ohakli tog‘ jinslari kalsiyga boy bo‘ladi, ular tarkibidagi SaSO3 (marmar, bo‘r) miqdori 99% gacha yetadi. Gipsda (SaSO4.2H2O), dolomitda (CaMg(CO3)(2 hamda mergelda kalsiy ko‘p bo‘ladi. Tarkibida Sa3(RO4)2 bo‘lgan apatit juda muhim mineral hisoblanadi. O‘simliklar gips va ohakli tog‘ jinslari tarkibidagi kalsiyni, shuningdek, tuproq kolloidlarining almashinuvchi kalsiysini oson o‘zlashtiradi. Bulardan tashqari tuproqda fosfor, kremniy va organik kislotalarning kalsiyli tuzlari bo‘ladi. Tuproqdagi kalsiy miqdori 3% dan ortiq bo‘lsa, ular kalsiyga boy tuproqlar hisoblanadi. bu hildagi tuproqlar xlorid yoki sirka kislotalari ta’sirida “qaynab chiqadi”. Tuproqning kolloid kompleksida Sa kolloid zarrachalari tomonidan o‘zlashtirilgan ionlar shaklida bo‘ladi. H va OH-erkin ionlar soni, ya’ni tuproq eritmasining reaksiyasi kolloidlarning kalsiy bilan to‘yinish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib Sa tuproqning ekologik xossalarini aniqlashda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Gumid iqlimda yuvilish kuchli darajada bo‘lganligi uchun kalsiy kam bo‘lgan tuproqlar ustunlik qiladi, arid iqlimda esa buning aksi kuzatiladi ya’ni tuproq kalsiyga boy bo‘ladi.
O‘simliklar kalsiyni o‘zlashtirib, uni yuvilib ketishdan saqlaydi, ular nobud bo‘lgandan keyin esa kalsiy yana tuproqqa qaytib tushadi. Kalsiyning bunday aylanib yurishida ildizi tuproqqa chuqur kirib boradigan o‘simliklar, shuningdek daraxtlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘t o‘simliklaridan Sa ni to‘plashi bo‘yicha dukkakdoshlarni ko‘rsatish mumkin, ular Sa ni tuproqni chuqur qatlamlaridan o‘zlashtiradi, nobud bo‘lganida esa tuproqni yuza qatlamini yana kalsiyga boyitadi.
Kalsiy ko‘p jihatdan tuproqning fizik va kimyoviy xossalariga, ya’ni shu bilan o‘simliklarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Yerga kalsiy solinsa (ohaklash), vodorod va alyuminiy ionlarining zararli ta’sirini kamaytiradi, bu esa chirindi mavjud bo‘lgan sharoitda tuproqning mustahkam donador strukturasini hosil qiladi, natijada tuproqning suv-havo hamda issiqlik rejimi yaxshilanadi, unumdorligi ortadi. Bundan tashqari, kalsiy tuzlari temir va alyuminiyning qiyin eriydigan fosfatlari bilan almashinuv reaksiyasiga kirishib, ularni eruvchan holatga, ya’ni o‘simliklar foydalanishi uchun qulay shaklga o‘tkazadi. Kislotalarni neytrallovchi SaSO3 bilan boy bo‘lgan tuproqlar neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo‘ladi. Lekin Sa miqdorining ortishi tuproqning ishqoriyligini yanada kuchaytirmaydi. Chunki rN tuproq tarkibidagi karbonatlar yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmaydi. Tuproqning neytral reaksiyasi tuproq mikroorganizmlari uchun qulay sharoit yaratadi va tuproqning ko‘p xossalarida o‘z aksini topadi. Odatda, ohakli tuproqlar har doim quruq va issiqroq bo‘ladi.
Ohaklanishning muhim elementi hisoblangan Sa moddalar almashinuvida ichki hujayralarga ta’sir ko‘rsatadi. U ayniqsa zararli tuzlarni neytrallaydi va ularning zaharli ta’sirini to‘xtatadi. Ba’zi turlarda hujayra shirasida Sa keragidan ortiqcha bo‘lishi kaliy elementi o‘zlashtirilishini tormozlaydi va ba’zi fiziologik protsesslarni zararli ta’sir etishiga sabab bo‘ladi.
Tuproqda kalsiy bo‘lishi munosabatiga qarab, odatda, o‘simlik turlari quyidagi gruppalarga bo‘linadi: 1) doim kalsiy talab, ya’ni normal rivojlanishi uchun ohakka boy substratga muhtoj turlar; 2) kalsifillar -“ohaksevar”, ya’ni ohakli tuproqlarda yaxshi o‘sadigan turlar; 3) kalsifoblar - ohakdan qochuvchilar, kalsiyning ortiqcha bo‘lishi bular uchun zararlidir (masalan, sfagnum moxi); 4) kalsiyga befarq bo‘lgan turlar.
Kalsiy tuproqning ko‘p xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Agar mazkur tuproq kalsiy kam bo‘ladigan tuproq xossalariga ega bo‘lsa, u vaqtda bu xildagi tuproqlar kalsifitlar uchun ham yaroqli bo‘lishi mumkin. Bizningcha, bu holda o‘simliklarga tuproqning kimyoviy xossalari qanchalik ta’sir ko‘rsatsa, fizik xossalari ham shunchalik ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, kalsifillik va kalsifoblik masalasi juda murakkab bo‘lib, uni barcha turdagi o‘simliklar uchun bir tomonlama hal qilish mumkin.
Magniy ham, kalsiy kabi, yer qobig‘ida va ko‘pgina tog‘ jinslari tarkibida ko‘p miqdorda uchraydi. Serpentin haqiqiy magniy jinsi hisoblanadi. Tuproqda magniy karbonatlar (dolomit) shaklida, silikatlar (avgit, olivin), sulfatlar, xloridlar tarkibida bo‘ladi. Xlorofill molekulasining tarkibiy qismi sifatida magniy fotosintez protsessida ishtirok etadi, bundan tashqari, u kolloidlarning bo‘kishini regulyatsiyalanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Magniy yetishmasligi mexaniy tarkibi yengil bo‘lgan kislotali tuproqlarda kuzatiladi. O‘sishning susayishi va eski barglar tomirida xloroz paydo bo‘lishi magniy yetishmasligi belgilaridir.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling