1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Bokimyoning biologiyaga doir fanlar orasida tutgan o’rni va rivojlanish tarixi
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
3. Bokimyoning biologiyaga doir fanlar orasida tutgan o’rni va rivojlanish tarixi. Tibbiyot, farmakologiya, qishloq xo'jaligi sohalarida va sanoatda biokimyo fanining ahamiyati benihoya kattadir. XIX asrda biokimyo sohasi fiziologik kimyo va u mustaqil fan sifatida XX aiming boshlaxida shakllangan. XIX asrda organik kimyo taraqqiyoti statik biokimyoning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Jumladan, yog'lar, uglevod, oqsil, nuklein kislotalaming kimyoviy strukturasi. achish jarayonlarini o'rganish biokimyo fanining taraqqiyotiga turtki bo'ldi. Metabolitik jarayolami o'rganish ham XIX asrdan boshlangan. Fransuz olimi A. Lavuaze nafas olish jarayonini tadqiq qilib, unda kislorodning rolini alohida qayd qilgan. A. Lavuazening ilmiy ishlari organizmdagi energetik metabolizmni o'rganishga asoslangan bo'lib, bir gramm yog', oqsil va uglevodlar yondirilganda qancha energiya ajralib chiqishi aniqlangan edi. XX asrda biokimyo sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy yutuqlar mazkur sohada inqilobiy o'zgarishlar yuz berishiga sabab bo'ldi. Enzimologiya. oqsillar, lipidlar, uglevodlar sohasidagi fundamental izlanishlar, shuningdek genom strukturasi va vazifasini o'rganish biologik kimyoni biologiya fanining asosiy pog'onasiga ko'tardi. Bu sohada rus olimlarining hizmati ham benihoya kattadir. Jumladan, oqsil va aminokislotalar bo'yicha A.Danilovskiy, S.S.Salavkin: vilaminlar bo'yicha N.I.Lunin; to'qimalaming nafas olishi bo'yicha A.N.Bax, V.l.Palladin; oksidlanish bilan bog'liq bo'lgan fosforlanish, unda ATF roli bo'yicha V.A.Engelgard; nuklein kislotalar strukturasi va vazifasi oqsillar biosintezi bo'yicha A.N.Belozerskiy, A.S.Spirin; bioenergetika bo'yicha V.P.Skulachev; genom strukturasi va vazifasi bo'yicha G.P.Georgiyev boshqa rus olimlarining ilmiy ishlari dunyo miqyosida biokimyo fani rivojiga ulkan hissa qo'shdilar.
\ 4. Biokimyo fanining rivojlanishiga O’zbekiston olimlarining qo’shgan xissalari.Biokimyo fani O'zbekislon Respublikasida XX asrning o’rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. Bu sohada benihoya katta ilmiy xizmat qilgan olimlardan akademik Yo.X.To’raqulov.. Olimning ilmiy ishlari qalqonsimon bez patologiyasining ba’zi turlarida tireoid garmonlar biokimyosiga bag’ishlangan. Yo.X.To’raqulov biokimyo sohasida o’z maktabini yaratgan yetuk olimdir.O’zbeklardan birinchi biokimyogar, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor D.N.Sohibovdir (1907-1990). Olimning ilmiy izlanishlari asosan ilon zaharidan turli biologik faol moddalar ajratib olish, ularning organizmga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan.Bu sohada ko’zga ko’ringan yetuk olimlardan yana akademik J.H.Hamidov (1930) ni ko’rsatish mumkin. Olim biologiyaga oid bir necha darslik o’quv qo’llanmalar muallifidir. Uning ilmiy izlanishlari endokrin tizimi organlarining nurlanishi kasalligiga bag’ishlangan. Respublikamizda biofizika fanidan maktab yaratgan olimlardan akademik B.O.Toshmuxamedovni (1935) tilga olsa arziydi. Olim biologiya, ekologiya va biofizika yo’nalishlariga bag’ishlangan darslik, risola va monografiyalar muallifidir. Respublikada birinchi bo’lib O’zbekiston Milliy universiteti qoshida Biofizika kafedrasining asoschisi va mudiri.Respublikamizda g’o’za o’simligining radiobiologiyasi va biokimyosi ustida ilmiy ishlar olib borgan olimlardan biri akademik A.P.Ibrohimovdir .Biokimyo faniga bag’ishlangan darslik, amaliy mashg’ulotlar muallifi akademik A.Qosimovdir (1937--2004). Uning ilmiy izlanishlari radioaktiv nurlanish, metallarning ulьtradispersli kukuni, past harorat va tuzlarning hujayra hamda organizmdagi fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga ta’sirini tadqiq qilishga bag’ishlangan edi. Qalqonsimon bez oqsillari, membrana lipidlari biokimyosi, shuningdek liposomalar, ularning hujayra bilan o’zaro ta’sirini o’rganuvchi olim, akademik T. S.Soatov (1940) bo’lib, uzoq yillardan beri yoshlarga ustozlik qilib kelmoqda.Respublikamizda genom strukturasi va vazifasini tadqiq qilayotgan olimlardan akademik A.Abdukarimov (1942) bo’lib, u hujayralardan turli xil genlar ajratib olish, vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratish, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o’simlik yetishtirishga doir ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qiladi. Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling