1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Yoģlarni tòqimalarda parchalanishi
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
49.Yoģlarni tòqimalarda parchalanishi.
Yo. ogʻiz boʻshligʻida oʻzgarmaydi, chunki unda Yo.ni parchalovchi fermentlar yoʻq. Yo. meʼdada parchalana boshlaydi, lekin bu jarayon sekin boradi, chunki meʼda shirasidagi lipaza faqat emulsiyalangan Yo.ga taʼsir eta oladi, holbuki meʼdada Yo. emulsiyalana olmaydi. Emulsiyalangan sutni onasidan oladigan goʻdak bolalardagina meʼdada 5% gacha Yo. parchalanishi mumkin. Yo. ichakda oʻt kislotalarning tuzlari bilan emulsiya holiga kelgandagina lipaza taʼsirida monoglitseridlargacha va qisman glitserin hamda Yo. kislotalargacha parchalanadi. Oʻt kislotalar ichak lipazasini faollashtiradi va Yo.larni emulsiya holiga keltiradi, erkin Yo. kislotalarning soʻrilishiga yordam beradi. Ingichka ichak shilliq pardasidan soʻrilgan Yo. kislotalardan shu organizmga xos Yo. va lipidlar qayta sintezlanadi, qisman oʻzi ham qonga soʻriladi. Yangidan sintezlangan triglitseridlar, shuningdek, parchalanmay soʻrilgan triglitseridlar va erkin yogʻ kislotalar ichak devoridan limfa sistemasiga, shuningdek, qopqa vena sistemasiga oʻtishi mumkin. Limfa sistemasiga koʻkrak limfa yoʻli orqali triglitseridlar umumiy qon aylanish doirasiga ozozdan qoʻshilib, organizmning Yo. depolari (teri osti, charvi, buyrak atrofi)da toʻplanadi. Qopqa vena sistemasiga kirgan triglitseridlar va yogʻ kislotalarning koʻpchiligi esa jigarda ushlanib qolib, yanada oʻzgaradi. Toʻqimalardagi oraliq almashinuv jarayonida Yo. toʻqimalardagi lipazalar taʼsirida glitserin va Yo. kislotalargacha parchalanadi, bular esa yanada oksidlanib, koʻplab energiya ajralib chiqadi, ana shu energiya adenozintrifosfat kislota shaklida yigʻiladi. Glitserin oksidlanganda sirka kislota hosil boʻladi, bu kislota esa atsetilKoA shaklida trikarbon kislotalar sikliga qoʻshiladi. Shu bosqichda Yo.lar almashinuvi oqsil va uglevodlar almashinuvi bilan toʻqnashadi. Odam va hayvon toʻqimalarida yuqori Yo. kislotalar karnitin bilan reaksiyaga kirishadi, buning hosilalari esa mitoxondriyalar membranasidan oʻtib keta oladi. http://fayllar.org Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling