1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Glikoliz. Pentozomonopasfat shunti
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
43. Glikoliz. Pentozomonopasfat shunti. Glikoliz (yun. Clylys — shirin va lysis — parchalanish) — uglevodlar (asosan glyukoza)tt sut kislotasigacha anaerob parchalanish jarayoni; bijgʻishning bir turi. G.da ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bogʻlari energiyasiga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy "yonilgʻi"si hisoblanadi. G.da gomofermentativ sut kislotali va spirtli bijgʻish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalanadi. G.ning bu xili koʻpchilik mikroorganizmlar va yuksak hayvonlar, jumladan sut emizuvchilar organizmida sodir boʻladi. Spirtli bijgʻishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula uglerod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. G. jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar toʻplanadi va ular glitserinalde-gidfosfatga aylanib, ATF sarf boʻladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaksiyasi tufayli ATF hamda sut kislotasi hosil boʻladi. G.ning ketma-ket reaksiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu fermentlarni erigan holda ajratib olish mumkin. G.ning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosforlanadi va glitserinaldegid-3-fosfat hosil boʻladi. G.ning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy boʻlib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida energiya jamgʻarilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. G. ketma-ket boradigan 3 xil reaksiyalar: glyukoza-uglerod skeletining buzilib sut kislotasi hosil boʻlishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, yaʼni elektronlar oʻtkazish yoʻlidan iborat. G.da glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyukoza oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha koʻp miqdordagi energiya ajralib chiqadi. G.da nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyukozaga oʻxshash murakkab modda — sut kislotasi xrsil boʻlishi bilan bogʻliq. Shuning uchun sut kislotasining oksidlanish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng . Muskullar qisqarganda sut kislotasi koʻpayib, glikogen kamayadi. Bu hol muskul qisqarishida G. energiya manbai boʻlishini koʻrsatadi. Baʼzan G. zaxiralari bilan ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan G.ning oʻzi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet muskullari uchun G. asosiy energiya manbai hisoblanadi.
Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling