1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Glikoge nez. Pirouzum kislotalarining oksidlanishi, dekarboksillanishi
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 45. Uch karbon kislotalar sikli.
44. Glikoge nez. Pirouzum kislotalarining oksidlanishi, dekarboksillanishi. Glikogen (yun. glykys — shirin va genes — tugʻilgan) — koʻp tarmoqli polisaharid; molekulasi a-D-glyukopiranoza qoldiqlaridan iborat amorf mahsulot. Mol. m. 106-109. Tuzilishi jihatidan kraxmalga oʻxshaydi. Tirik organizmda oʻsimliklardagi kraxmal kabi funksiyani bajaradi. Koʻpchilik tirik organizmlarning tez safarbar qilinadigan energiya resursi. G. umurtqalilarning asosan jigari (2—6%) va muskullari (2%)da toʻplanadi. Achitqilar, ayrim zamburugʻlar va suv oʻtlarida, makkajoʻxorining ayrim navlari donlarida ham topilgan. G.ning parchalanishi — glikogenoliz fosforolitik (fosforilaza fermenti taʼsirida) va gidrolitik (amilaza fermenti taʼsirida) yoʻl bilan amalga oshadi. G. fosforilazasi mahsuloti — glyukozo-1 -fosfat fosfoglyukomutaza taʼsirida izomerlanib, glyukoza-6-fosfatga aylanadi. Umurtqalilar jigarida glyukozo6-fosfatning ancha qismi glyukozo-6fosfataza bilan gidrolizlanib, erkin glyukoza hosil qiladi va qonga oʻtadi.
45. Uch karbon kislotalar sikli. Trikarbon kislotalar sikli, limon kislota sikli, Krebs sikli — oʻsimlik va hayvonlarda yogʻlar, oqsil va uglevodorodlarning parchalanishida oraliq moddalar sifatida hosil boʻluvchi di va trikarbon kislotalarning oksidlanib oʻzgarish jarayoni. Ingliz biokimyogarlari G. Krebs va V. Jonson topgan (1937). Trikarbon kislotalar siklis. turli fermentlar taʼsirida katalizlanib amalga oshuvchi ketma-ket reaksiyalardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, ozuqa mahsulotlarining biokimyoviy oʻzgarishi oʻlaroq organizmda Aatsetilkofermenti, Lketoglutar kislota va oksalatsirka kislota hosil boʻlib, keyin Trikarbon kislotalar siklis.gacha oksidlanadi. Mazkur reaksiyalarda ana shu holdagi sirka kislota qoldigʻi uglerod dioksid bilan suvgacha oksidlanadi. Natijada mazkur siklning 1aylanishida sirka kislota krldigi butunlay parchalanib ketadi, oksalatsirka kislota esa tiklanadi va 2 yangi aylanish siklida ishtirok etadi. Qoldiq sirka kislotaning Trikarbon kislotalar siklis.ga oksidlanishida 2 molekula uglerod dioksidning ajralishi va 4 marta degidrogenlanishi bilan sodir boʻladi. Biologik oksidlanishda Trikarbon kislotalar siklis.ning oksidlanishga beriluvchi substratnaya ajralib chiquvchi vodorod atomi oraliq tashitgichlar orqali kislorodga oʻtkaziladi, buning natijasida suv hosil boʻladi. Shu boisdan mazkur sikl organizmda modda va energiya almashinuvi umumiy sistemasida markaziy oʻrinni egallovchi muhim jarayonlardan xisoblanadi. Glikoliz jarayonida yog kislotalarining oksidlanish reaksiyalarida ular energiyasining ʻGʻ3 qismi ajralsa, Trikarbon kislotalar siklis. reaksiyalarida barcha energiya ajralib chiqadi. Trikarbon kislotalar siklis. fermentlari oʻsimlik, hayvon hamda mikroorganizmlarning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Bunda limon kislota Trikarbon kislotalar siklis. da ham, glioksilat siklida ham baravar ishtirok etadi. Trikarbon kislotalar siklis. fermentlari hujayrada maxsus membranalarda — mitoxondriyalarda lokalizatsiyalanadi. Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling