1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Knoop sikli yoki yog’larni betta oksidlanish
Download 1.68 Mb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
48.Knoop sikli yoki yog’larni betta oksidlanishi.Yog‘ kislotalarining oksidlanishi Yog‘kislotalarining β−oksidlanishi to‘g‘risidagi nazariya 1904-yilda F.Knoop tomonidan yaratildi. Yog‘kislotalari mitoxondriyada oksidlanadi. Bu jarayon yog‘kislotasi molekulasidagi β uglerod atomi oldidagi bog‘ning uzilishi va undan ikki uglerodli fragmentning atsetilKoA holida ajralib chiqishi bilan namoyon bo‘lgani uchun β−oksidlanish nomini olgan.Yog‘kislotasi sitoplazmadan mitoxondriyaga karnitin vositasida tashib o‘tiladi. Dastlab yog‘kislotasi koenzim-A ishtirokida ATF energiyasi evaziga faollashib atsil-KoAga aylanadi. Karnitin atsil-KoA bilan hosil qilgan kompleksi mitoxondriya ichiga oson o‘tadi va u yerda yana atsil-KoA hamda karnitinga parchalanadi. Atsil-KoA mitoxondriyada dastlab atsil-KoA degidrogenaza (kofermenti FAD) ta’sirida oksidlanib yenoil-KoA hosil bo‘ladi; yenoil-KoA-gidrataza ta’sirida yenoil-KoA suv bilan birikib β−oksiatsil-KoA hosil qiladi. Uning β−oksiatsil-KoA degidrogenaza (kofermenti NAD) ta’sirida degidrogenlanishi natijasida β−ketoatsil-KoA hosil bo‘ladi. Tiolaza ta’sirida β−ketoatsil-KoA atsil-KoA va atsetil-KoAga parchalanadi. Hosil bo‘lgan atsil-KoA dastlabki atsil KoAdan ikkita uglerodi kamligi bilan farq qiladi va u yana qaytadan bir necha marta β−oksidlanishi orqali atsetil-KoAga parchalanadi: Tarkibida n-ta atom uglerod tutuvchi yog‘ kislota (n1) marta β− oksidlanib n-ta atsetil-KoA hosil bo‘ladi. β-oksidlanishning har birsiklida hosil bo‘lgan FADH2 va NADH2 hisobiga 5 molekula ATF sintezlanadi. Ana shu asosda har bir molekula yog‘ kislotaning β−oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan ATF sonini hisoblash mumkin. Masalan, palmitat kislota 7 marta β−oksidlanishi natijasida 5x7=35 ta ATF va 8 molekula atsetil-KoA hosil bo‘ladi. Ularning Krebs halqasida to‘liq parchalanishidan 8x12=96 ATF sintezlanadi. Shunday qilib, bir molekula palmitat kislota to‘liq parchalanganda 35+96=131 molekula ATF sintezlanadi. Yog‘ kislota faollanishi uchun sarflangan 1 mol ATF hisobga olinsa, organizm uchun 130 molekula ATF hosil bo‘ladi.Yog‘ kislotalarning ω-oksidlanishi Istemol qilinadigan yog‘ kislotalaridan araxidon kislotasi alohida o‘rin olgan. Chunki bu yog‘ kislotani to‘rt qo‘shbog‘i bo‘lib, ular ω- holatida joylashgan. Bu yog‘ kislotalar endoplazmatik to‘rda oksidlanishga uchraydi. ω-holatida joylashgan qo‘shbog‘ oksidlanib oksi-guruhiga aylanadi va qaytarilish reaksiyasi natijasida karbon guruhi hosil qiladi. Natijada dikarbon aminokislota hosil bo‘ladi. Reaksiyani katalizlovchi fermentlar sitoxrom P-450, qaytaruvchi sifatida NADFH2- sitoxrom-c-reduktaza ishtirok etadi.Toq sonli uglerod tutuvchi yog‘ kislotalarning oksidlanishi Juft sonli yog‘ kislotalar kabi tarkibida uglerod atomlar soni toq bo‘lgan yog‘ kislotalar mitoxondriyada oksidlanadilar. Ammo oxirgi oksidlanish halqasida atsetil-KoA emas, balki propionil-KoA hosil bo‘ladi. Mitoxondriyada propionil-KoA suksinil-KoA ga aylanib Krebs halqasiga kiradi. Reaksiya ketma-ketligi quyidagicha: Yog‘ kislotalar sintezi Yog‘ kislotalari asosan, yog‘ to‘qimalari, jigar va sut bezida
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling