1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Uglevodlarning anaerob va aerob parchalanishi
Download 1.68 Mb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
41. Uglevodlarning anaerob va aerob parchalanishi. Hujayrada glyukozaning to ikki molekula pirouzum kislotasi yoki ikki molekula sut kislotasigacha anaerob (kislorodsiz) sharoitda parchalanishi glikoliz nomi bilan yuritiladi. (grekchaglycys – shirin, lysis- eritish, parchalanish degan ma`nosini bildiradi.Glikoliz yoki glikogenning fosforolizidan (glikogenoliz) yoki erkin glyukozaning fosforlanishidan (geksokinaza reaksiyasi) boshlanishi mumkin. Skelet muskullarida har ikkala yo’l ham bir xil darajada ishlatiladi, miokard va bosh miyada esa geksokinaza yo’li (qon glyukozasining fosforlanishi) ustunlik qiladi.Glikoliz jarayoni ko’p bosqichli bo’lib, unda oltita uglerodli modda – glyukozaning ikkita uch uglerodli moddalarga, ya'ni piruvatlarga aylanishi, va ularning o’z navbatida ikkita uglerodli moddalarga o’tishi (atsetil KoA) va karbonat angidrid ajralishi, keyin esa UKK sikliga o’tib, to’liq karbonat angidrid va suvga aylanishidan iborat. Glyukozaning piruvatga aylanishi o’nta reaksiya qatoridan iborat bo’ladi.E'tiborga olish lozimki, glyukoza avval geksokinaza fermenti orqali G-6-Fga fosforlanadi (jigarda glyukinaza fermenti ishlatilsa ham). Bu glyukozaning hujayra ichiga kirishidanoq va ATF molekulasi utilizatsiya bo’lishi bilan boshlanadi. Geksokinaza glyukokinazaga nisbatan ko’proq o’ziga xos bo’ladi. G-6-F keyin fruktoza 1,6-difosfatga aylanadi. Bu reaksiya fosfofruktokinaza fermentini ishga soladi. Fosfofruktokinaza glikoliz uchun tartibga soluvchi fermentdir, va bizlar uni faollanishi va faolsizlanishini batafsil ko’rib chiqamiz. Glikolizning keyingi fazasi fruktoza 1,6-difosfatning ikkita uglerodli moddaga –digidroksiatsetonfosfat va glitseraldegid 3-fosfatga ajralishini o’z ichiga oladi. Digidroksiatsetonfosfat keyin glitseraldegid 3 fosfatga aylanadi, va natijada bizlarda ikkita glitseraldegid 3 fosfat mavjud bo’ladi, va ular o’z navbatida 1,3-difosfoglitseratga aylanadi. Oxirgi jarayonda NADdan NADH hosil bo’ladi. Keyin 1,3-difosfoglitserat ATFni chaqiruvchi jarayonda 3-fosfoglitseratga, keyin 2-fosfoglitseratga, va so’ng gidrofosfoenolpiruvatga aylanadi. Oxirgi bosqichda piruvatning va fosfoenolpiruvatdan boshqa ATFning hosil bo’lishi kuzatiladi. Glikoliz tahlili shuni ko’rsatadiki, ikkita ATF ishlatilishida (1 va 3 reaksiya) qolgan to’rtta ATF ishlab chiqariladi (esga oling, 5 va 9 reaksiyalarda boshlang’ich glyukoza molekulasidan ikkita reaktant bo’ladi). Demak ikkita ATF toza foydasi qoladi. Qo’shimcha tarzda, ikkita NADdan ikkita NADH hosil bo’ladi, va ular mitoxondriyadagi aerob sharoitlarda (har biri uchta ATF ishlab chiqaradi), yoki pirouzum kislotaning sut kislotasiga aylanishi natijasida qayta oksidlanishi mumkin. Sut kislotasi ishlab chiqarilishi NADning NADHga aerob aylanishi imkoni bo’lmagan taqdirda ham glikolizning davom etishini bildiradi.Bu juda yuqori intensiv mashqlarni bajarishda kuzatiladi.NAD tiklanishi glikoliz davom etganida juda muhim bo’ladi. Uglevodlarning aerob oksidlanishi.Agar organizmni kislorod bilan ta'minlanishi etarli bo’lsa, sut kislotasining hosil bo’lishi sodir bo’lmaydi, 2NAD•N2 o’zining vodorodini nafas olish zanjiri orqali kislorodga uzatadi.Pirouzum kislotasi oksidlanishli dekarboksillanish jarayoniga jalb qilinadi. Bu jarayonda piruvatdegidrogenaza (PDG), tiaminpirofosfat, lipoy kislotasining amidi va Ko-A qatnashadi.
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling