1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Download 1.68 Mb.
bet1/28
Sana26.01.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1127471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari.Kirish. Biokimyo yoki biologik kimyo tirik materiya tarkibiga kiruvchi moddalaming kimyoviy tuzilishi va ulami modda almashinuvidagi o’rni funksional ahaniiyatini o'rganuvchi fandir. Biokimyo biologiya va kimyo fanlarini bir-birlariga bog'lovchi vositachi ko'prik bo'lib, mazkur soha hayot kimyosi ham deb ataladi. Jonzodlardagi hayotiy jarayonlar tashqi muhit bilan to'xtovsiz uzviy bog'liqlikda va energiya almashinuvi natijasida sodir bo'lib turadi. Mazkur fanning asosiy vazifasi biokimyoviy jarayonlarni asosiy qonuniyatlarini, ularda ishtirok etuvchi biomolekulalar strukturasi va vazifalarini hamda ularning o'zaro bog'liq holdagi faoliyalini qamrovchi metabolizmni tadqiq qilishdan iborat. Biokimyo fani jonli labialni, keng ma'noda aytganda insondan boshlab, umurtqalilar, umurlqasizlar, o'simliklar, bakteriyalar va viruslami o'rganuvchi fandir. Ular bilan muayyan kimyoviy jarayonlar o'rtasidagi tafovutga qaramay u turlami birlashtiruvchi biokimyoviy birlik bo'lib.bunday ilmiy qarashga umumiy biokimyo sferasi deyiladi.Tibbiyot, farmakologiya, qishloq xo'jaligi sohalarida va sanoatda biokimyo fanining ahamiyati benihoya kattadir. XIX asrda biokimyo sohasi fiziologik kimyo va u mustaqil fan sifatida XX aiming boshlaxida shakllangan. XIX asrda organik kimyo taraqqiyoti statik biokimyoning rivojlanishiga sabab bo'ldi. Jumladan,yog'lar, uglevod, oqsil, nuklein kislotalaming kimyoviy strukturasi. achish jarayonlarini o'rganish biokimyo fanining taraqqiyotiga turtki bo'ldi.
2. Biokimyo fanining obekti va tadqiqot meto’dlari. Biokimyoviy tadqiqotlar va ularning uslubi. Bioximiklarning ishi tirik ob’ektlar bilan bog`liq bo`lganligi sababli biror bir moddani ajratib olish uchun yuqori darajadagi usullarni qo`llashi, odatdagi fizik-kimyoviy tahlillarga biologik molekulalarni olib borish uchun bir qator qo`shimcha jarayonlarni bajarishi lozim bo`ladi. Biologik materialdan moddalarni ajratib olishda jarayonlarning borish tartibi taxminan quyidagicha bo`ladi:1. Gomogenlash 2. Ultrasentrifugalash. 3. Ekstraksiya. 4. Tahlil (reekstraksiya, issiqlik bilan ishlov berish, dializ, sedimentasiya, elektroforez, xromatografiya). Biologik moddalarni ajratib olish va tahlil qilish usuli ularning xususiyatlariga bog`liq holda tanlab olinadi.Ajratib olinadigan moddalarning tuzilmalarini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash, uni miqdoriy jihatdan o`rganish uchun turli xil fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy tahlil usullari, shuningdek ajratilgan birikmaning elektron tuzilmasini kvant-mexanik hisoblaridan foydalaniladi. Bu usullarni qo`llash biologik moddalarning tabiiy strukturasini saqlab qolish imkonini berishi kerak Biologik materiallarni tekshirishda qo`yilgan maqsadga binoan lozim bo`lgan usullardan foydalaniladi. Eksperiment sharoitida biokimyoviy tadqiqot uchun har qanday biologik materialni osonlik bilan olish mumkin, klinikada esa bu imkoniyat nisbatan chegaralangan. Farmatsiyada esa biologik material sifatida hayvon to`qimalari va dori preparatlari ishlatiladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling