1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Xujayraning kimyoviy tarkibi
Download 1.68 Mb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Anorganik va organiк moddalar.
5. Xujayraning kimyoviy tarkibi. Organik va noorganik dunyo atom va molekulalardan tashkil topib, tarkibi bo’yicha bir-biridan katta farq qilmaydi. Tiriklik o’z molekulalarini sintezlashda atomlarni noorganik dunyodan oladi. O’simlik va hayvonlar organizmlari tarkibida D.I.Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarning 70 tasi aniqlangan. Jadvaldagi elemetlardan kislorod, uglerod, vodorod, azot, kalьtsiy, fosfor, kaliy, oltingugurt, xlor, natriy, magniy, rux, temir, mis, yod, molibden, kobalьt va selenlar hujayra tarkibida har doim uchrab, ular ferment, gormon, vitaminlar sintezi uchun zarur hisoblanadi. Miqdoriy jihatdan kimyoviy elementlar turli xil organizmda turlicha bo’ladi.Jonzotlarda uchraydigan kimyoviy elementlarni asosan to’rt guruhga ajratish mumkin:1. Makrobiogenli elementlar: kislorod, uglerod, azot, vodorod; ularning miqdori organizmda 1% va undan ortiq bo’ladi.2. Oligobiogenli elementlar; ularning miqdori 0,1 dan 1% atrofida bo’lib, ularga kalьtsiy, xlor, fosfor, kaliy, oltingugurt, magniy, temirlar kiradi.3. Mikrobiogenli elementlar: ularning miqdori 0,01% dan kam bo’lib, ular tsink, marganets, kobalьt, mis, brom, yod, molibdenlardir.4. Ulьtramikrobiogenli elementlar: ularning organizmdagi miqdori 0,000001% dan oshmaydi; ularga litiy, kremniy, kadmiy, selin, titan, vanadiy, xrom, nikelь, kumush, oltinlar kiradi.
6. Anorganik va organiк moddalar. Anorganik moddalar, xususan ogir metallar – oltin, kumush, mis, temir, qo‘rg‘oshin, simob va qalay, metallmaslardan uglerod va oltingugurt qadim zamonlardan ma’lum. Milodning boshlarida kimyo Misrda taraqqiy etib, xlorid, sulfat, nitrat kislotalar, er-kin holda margimush, surma, fosfor, shuningdek bir qancha ishqor va tuzlar hosil qilingan. Organik birikmalar insonning Yer mavjud boʻlishi va uning amaliy faoliyatda oʻta muhim ahamiyatga ega. Tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha asosiy komponentlar — oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yogʻlar, vitaminlar, gormonlar va boshqa — organik birikmalardir. Deyarli barcha sintetik va tabiiy tolalar, plastmassalar, pestitsidlar, boʻyagichlar, dorilar va shahrik. ham organik birikmalarga taalluqli. Hozirgi vaqtda ajoyib xususiyatlarni oʻzida mujassamlashtirgan organik birikmalar yiliga 250 mingdan 300 minggacha sintez qilinadi, ularning umumiy soni esa 10 milliondan oshdi. Baʼzi organik moddalar insonga juda qadimdan maʼlum. Masalan, kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislota hosil qilishini bilardilar. Oʻsimlik moylari va hayvon yogʻlari oziq-ovqat sifatida qadimdan ishlatib kelinadi. Sovun va har xil boʻyoqlardan foydalanish qadim zamonlardan beri maʼlum.Sof holdagi organik moddalarni dastlab 900-yillarda arab alkimyogarlari hosil qildilar Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling